51
O‘zbekiston Respublikasi to‘la
davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-
davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini
mustaqil belgilash qonunlashtirildi.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz hamda
bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib
o‘zgartirilishi mumkin emas.
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi
davlat idoralarning tizimi
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida
qurilganligi gapirildi.
8-12-14 moddalarda O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab
berilgan.
13-14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi
sharhlandi.
15-moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etilishi
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib
chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va eʼtiqodidan qatʼi nazar, bir xil fuqarolik
huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi
hamda uning qonunlari
himoyasida bo‘lishlari qonunlashtirilgan.
16-moddada davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi haqida gapirilsa,
17-moddada esa O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini eʼtirof etadi. O‘zbekiston
Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar
vositasida qurilishi eʼtirof etilgan.
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan
yutuqlarning natijasi hisoblanadi.
Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy-
axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan birga
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston
erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga
qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston
Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Shunga
muvofiq, 29-dekabrda “Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
mustaqil davlat deb eʼlon qilinishini maʼqullaysizmi?” mavzuida referendum
o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda
qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqillikni yoqlab ovoz berdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb
yuz yildan ortiq vaqt
davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni
quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston
Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Аmerika Qo‘shma Shtatlari,
52
Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya,
Saudiya Аrabistoni, Eron, Pokiston,
Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Dostları ilə paylaş: