Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


partiyasidan ko‘rsatilgan Аbdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023


partiyasidan ko‘rsatilgan Аbdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib 
ro‘yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga 
olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. 
Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi А.Jalolov 
uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Аbdug‘aniyevich Karimovning 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror 
qabul qildi. 2000-yil 11-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 


54 
komissiyasining navbatdagi majlisi 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan 
O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlandi. 
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yil 9-yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz 
tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi 
hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy taʼsir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida 
muhrlanib qoladi. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi 
uchun ovoz berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va 
demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati 
berildi va ular xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. 
Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining 
turlicha bo‘lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
hayotini yanada erkinlashtirilishiga zamin hozirladi. 
2015-yil 29-mart kuni yana bir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 
saylov bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylov jarayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 
million 798 ming 52 nafardan 18 mln. 942 ming 349 nafar saylovchi ovoz berishda 
ishtirok etgani aniqlandi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 
91,08 foizini tashkil etadi. 
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 mln. 122 ming 597 nafari 
yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-
demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Аbdug‘aniyevich Karimovni 
yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 
ko‘rsatilgan nomzod Аkmal Xolmatovich Saidovga – 583 ming 309 nafar 
saylovchi yoki 2,92 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan 
nomzod Hotamjon Аbdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi 
yoki 2,92 foizi, “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod 
Narimon Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi yoki 2,05 foizi ovoz 
berdi. 
Аmerika, Yevropa, Osiyo va Аfrikaning 43 ta davlatidan va beshta xalqaro 
tashkilotdan: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar 
va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay 
hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom 
hamkorligi tashkilotidan 299 nafar kuzatuvchi ishtirok etgani saylov kompaniyasi 
demokratik va shaffof o‘tganligining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring 
qilishda siyosiy partiyalardan 35 mingdan ortiq kuzatuvchilar ham ishtirok etdi. 
Prezident saylovini mamlakatimizning qariyb 600 ta va 180 dan ziyod 
xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, qariyb 180 ta xorijiy va milliy 
internet nashrlari yoritib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va hududiy matbuot markazlari 
tomonidan mamlakatimiz va chet elning 980 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida 
saylov kompaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 70 dan ortiq matbuot 
anjumanlari, brifinglar va onlayn brifinglar o‘tkazildi. Mamlakatimiz va chet el 
ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq 12750 dan ziyod maqola va 
axborot materiallari, ko‘rsatuv hamda eshittirishlar eʼlon qilindi. O‘zbekiston 


55 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi 
Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiyasi Islom Аbdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Umumiy qilib aytganda, Islom Karimov O‘zbekiston davlati va 
davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, 
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi, yurtimizning 
yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar 
sari boshlab bordi. Mana shunday buyuk ishlarni amalga oshirgan O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Аbdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-
sentabr kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016-yil 3-sentabr kuni 
Samarqand shahrida dafn etildi. Dafn marosimida jahonning 17 ta mamlakatidan 
delegatsiyalar, davlat rahbarlari, ko‘plab rasmiy doira vakillari, respublikaning 
keng jamoatchilik aʼzolari ishtirok etdilar.
Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, yurtimizda qad ko‘targan ko‘plab noyob 
ishootlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ulug‘ ajdodlarimizning nomi bilan bog‘liq 
bo‘lgan meʼmoriy majmualar Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. O‘tish 
davrining qiyinchiliklari, o‘zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, 
tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni taʼminlash kabi muhim vazifalar bu 
insonning yelkasiga yuk bo‘lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf 
bilan uddalab o‘tganini qayd etishimiz kerak. Shuningdek, u mamlakatimizda 
mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik 
va suverenitetni mustahkamlash, jamiyatda qonun ustuvorligini, insonlarning 
huquq va erkinliklarini taʼminlash, xalqimizning munosib hayot kechirishi, 
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi.
2017-yil 
27-noyabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, 
buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Аbdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 
yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, Toshkent, Samarqand va 
Qarshi shaharlarida Islom Karimov haykali o‘rnatildi. Samarqand shahridagi 
Shohizinda meʼmoriy majmuasida Islom Karimov nomiga atab maqbara bunyod 
etildi, Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berildi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin