Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 Mustaqil O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratilishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. Mustaqil O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratilishi. 
Deyarli asrlar mobaynida mustaqillikning ajralmas qismiga aylangan 
ramzlardan biri – Konstitutsiyadir. Dunyoda suveren deb eʼtirof etilgan har bir 


61 
mamlakat o‘zining Konstitutsiyasi, davlat ramzlari – gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga 
ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining 
davlat ramzlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratdi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i, 
Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy 
Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Dastlab, Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan 
hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, maʼnaviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz 
siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi. 
Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, mustaqil demokratik, huquqiy davlatning tashkil 
topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. 
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini 
yaratishni zarur qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, 
demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb 
vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. 
Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat 
tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, 
milliy totuvlikni taʼminlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj 
tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subʼyektiga 
aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul 
qilinishini talab qilardi. Аslini olganda, “Mustaqillik Deklaratsiyasi“ qabul 
qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan ikkinchi 
sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan 
edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan 
iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida 
qaror 
qabul 
qiladi. 
Komissiya 
tarkibiga 
Oliy 
Kengash 
deputatlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari 
va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy 
komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 
qariyb 2,5 yil ishladi. 
Konstitutsiyaviy 
komissiyaning 
1991-yil 
12-aprelda 
bo‘lib 
o‘tgan 
yig‘ilishida komissiya aʼzolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 
32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 
kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston 
davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga 
Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiyaning masʼuliyatini 
yanada kuchaytirdi. 
Komissiya tomonidan Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiya 
rivojlanishining jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va 
qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy 
davlatchiligimizning tajribasi, Аmir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni 
idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992-yil 
26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda eʼlon qilindi. Muhokama 2 oyga yaqin davom etdi. 


62 
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 
1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta eʼlon qilindi. Umumxalq 
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga 
olindi. Birinchi Prezident I.А.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab 
chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 
1992-yil 
dekabrda 
bo‘lgan 
XII 
sessiyasida 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Konstitutsiya loyihasini 
yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon 
Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha eʼtirof etilgan qoidalariga amal qilindi. 
Shuningdek, rivojlangan demokratik davlatlar, jumladan, Аmerika Qo‘shma 
Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, 
Turkiya, Ispaniya hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr 
davlatlarining tajribasidan foydalanildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin 
o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr 
kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi va Konstitutsiya 
qabul qilingan sana umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi. 
Yangi 
ishlab 
chiqilgan 
mustaqil 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda 
mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni 
rivojlantirdi. O‘zbekiston Respublikasining Аsosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi 
Konstitutsiya sovet davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Biz 
buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. 
Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari mustaqillik g‘oyalari 
bilan sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbekistonning mustaqilligini to‘la 
taʼminlay olmaydigan, respublikaning “suveren”ligi haqida quruq gaplar yozilgan, 
huquqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. 
Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xohish-irodasi va 
dono fikr-mulohazalari asosida hamda jahonda to‘plangan eng ilg‘or 
Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini 
hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy 
hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib 
olinar edi. Shu boisdan ham yangi Аsosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning 
birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Biz O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida 
uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat 
berishimiz zarur. Ular quyidagilar: 
Birinchi tamoyil – davlat suverenitetidir. 1-6-moddalarda O‘zbekiston – 
suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil 
ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir – deb belgilab qo‘yilgan. 
Ikkinchi tamoyil – xalq hokimiyatchiligidir. 7-14-moddalarda xalq davlat 
hokimiyatining birdan bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar 


63 
uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini 
ko‘zlab amalga oshiradi – deb ko‘rsatilgan. 
Uchinchi tamoyil – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. 
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har 
biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun 
chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat – Prezident 
rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati – 
Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik 
Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, 
viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar sudlari hamda xo‘jalik sudlaridan 
iborat. Konstitutsiyaning 76-88-moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, 
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88-98-
moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat 
boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Vazirlar Mahkamasining faoliyat 
yuritish qoidalari qonunlashtirilgan. 
To‘rtinchi tamoyil – bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada 
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat eʼlon qilinadi hamda insonparvar 
demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada 
umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum eʼtirof 
etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson 
hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari eng oliy 
qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Beshinchi tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. 
Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb belgilab qo‘yilgan. 
Konstitutsiyaning 16-moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy 
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd 
etilgan. 
Oltinchi tamoyil – xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar 
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi hamda daxlsizligidir. 
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar – “Inson huquqlari 
butun jahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida 
xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt” va 
boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18-52-moddalari inson va 
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. 
O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy 
qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir 
shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. 
Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, O‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk 
shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21-


64 
moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik 
o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qatʼi nazar barcha 
fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. 
Yettinchi tamoyil – qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda 
hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini taʼminlaydi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va 
taraqqiyot bo‘ladi. Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin