4-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA
TARQQIYOT YO‘LI.
Reja:
1. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning
“o‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Mustaqil O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasining yaratilishi.
3. Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
1.
O‘zbekistonning
o‘ziga
xos
taraqqiyot
yo‘lini
tanlashi.
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Davlatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan Vatanimiz hayotida
tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda
mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab
chiqish kabi dolzarb va masʼuliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki
kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat,
qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang
turardi.
Barchamizga maʼlumki, 1990-yillarning boshlarida mustaqillikka erishgan
ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor
munosabatlari dasturini eʼlon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda
rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha
paytdayoq O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bunday shov-
shuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib
chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z
o‘rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va
yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini taʼkidlagan edi. Eng muhimi, yangi
ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun
maʼlum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va
taʼminlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi.
Dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma
mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi
mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot
yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi.
O‘zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga
xos yo‘lni ishlab chiqish zarur masala edi.
Vatan, millat taqdiri hal bo‘layotgan mustaqillikning dastlabki murakkab,
masʼuliyatli pallasida Birinchi Prezident Islom Karimov o‘zining hayotiy tajribasi,
har bir voqeaga ilmiy asosda yondashishi, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyatiga
tayanib O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishga rahbarlik
qildi. Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992-yil 4-yanvarda)
so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992-yil avgust oyida nashr etilgan
58
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonning
taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi.
O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi?
O‘zbekiston yo‘li, birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan
davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot
yo‘lini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti
jarayonida to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan
barcha ijobiy va maqbul tajribalardan foydalanish, degan maʼnoni bildiradi.
Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion
yo‘l bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish – tanlab olingan yo‘lning asosiy
mazmuni va mohiyatidir.
Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari,
davlatchilik tajribasi, maʼnaviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik,
ijtimoiy hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos
ravishda belgilandi.
To‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda islom dini, uning jamiyat maʼnaviy
hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi
ahamiyati hisobga olindi.
Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi,
mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy
resurslari asos qilib olindi.
Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat
resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi.
Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham eʼtiborga olindi.
Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon
ishlasa ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorgarlik, mulkka nisbatan
bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur
edi, albatta.
Mustaqilligimizning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbekistonni
barpo etish, har qanday “izm”lardan holi xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh
maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari
ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi. Jumladan, O‘zbekiston
Birinchi Prezidenti I.А.Karimov – O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li
asarida “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy
davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli,
siyosiy eʼtiqodlaridan qatʼi nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini
taʼminlab boradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning
xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi” degan edi.
Buyuk kelajakka ega O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jamiyatning
erkinligini, fuqarolarning farovon turmushini taʼminlashga qaratilgan.
Yurtboshimiz o‘zining mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini
insonga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini
kafolatlaydigan darajada isloh etish, tubdan yangilash vazifalarini belgilab berdi.
Siyosiy sohada bu quyidagilarni anglatadi:
59
– xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror
toptirishni, xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga
oshirishda to‘liq imkoniyatga ega bo‘lishini;
– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish
asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat
idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy
hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni
vujudga keltirishni;
– barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning
ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy
davlatni barpo etishni;
– O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat
qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va eʼtiqodidan qatʼi nazar
respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir, degan insonparvarlik
qoidasini ro‘yobga chiqarishni;
– ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish,
ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va anʼanalari saqlanishi hamda
rivojlanishini kafolatli taʼminlashni;
– bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish,
siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
– chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida
ko‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada:
– milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini
munosib taʼminlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi
iqtisodiyotni barpo etishni;
– ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich
shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni;
– mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini taʼminlash
va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
– iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham
berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning
xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
– mehnat qilish, dam olish, taʼtilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda
ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni;
– tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik
vaziyatga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi.
Ijtimoiy va maʼnaviy sohada:
– umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson,
uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash
huquqini, inson huquqlariga doir xalqaro meʼyorlarni qaror toptirishni;
– maʼnaviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his-
tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va taʼmirlashni;
60
– o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga
chiqarishni;
– hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni;
– ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor
qatlamlari, yaʼni keksalar, nogironlar, yetimlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-
yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini
taʼminlashni;
– hamma uchun maʼqul sifatli tibbiy xizmatni taʼminlash, onalik va bolalikni
muhofaza qilishni;
– yangi demokratik taʼlim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish,
umumiy taʼlim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikdan o‘tishni erkin
tanlashda barchaga baravar huquq berishni;
– ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning isteʼdod va
qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, maʼnaviy mulkni
himoya qilishni bildiradi. Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy
tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuvlikni
taʼminlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir.
Islom Karimovning keyingi asarlari maʼruza va nutqlarida O‘zbekistonning
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li yangi maʼno-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib
borildi. 1993-yilda nashr etilgan “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning
o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh
tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi,
o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning
qonunga bo‘ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish,
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Demak, shu tarzda O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va
amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” bundan
oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda
o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l
xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “o‘zbek modeli”
deb qabul qilindi.
Faqatgina O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy
jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Tanlangan
yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar,
iqtisodchi olimlar eʼtirof etdilar.
Dostları ilə paylaş: |