Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


partiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023


partiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluvchi Konstitutsiyaviy normadir. 
Konstitutsiyada siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot 
vositalarining tuzilishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan. 
Sakkizinchi tamoyil – O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 
qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17-moddasida: 
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. 
Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch 
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal 
etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro 
huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”, deb 
belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini 
taʼminlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi 
hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi 
qonunlashtirilgan. 
To‘qqizinchi tamoyil – mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda 
o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy 
hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, 
ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 
99-104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va 
tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik 
jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105-moddada: “Shaharcha, qishloq va 
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular 
ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”, 
deb belgilab qo‘yilgan. 
O‘ninchi tamoyil – odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. 
Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106-116-moddalarida 
O‘zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada 
sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlarning aʼzosi 
bo‘la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud 
ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin. 
Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada 
sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va 


65 
tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib 
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari 
belgilab berilgan. 
Shuni tan olish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul 
qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda 
qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. 
Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq 
muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal 
qilinmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘yobga 
chiqardi. O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan 
siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o‘rnatildi va rivojlantirib 
borilmoqda. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin