69
tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va
muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining
sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan –
kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi;
huquqiy asosi – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat
qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikning taʼminlanishi
va ularga huquq
hamda erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi;
maʼnaviy asos – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy
qadriyatlari himoyasida tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha
oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish, yagona
mafkura, dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy
jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi.
O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi
turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi
turli darajada va
davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki fuqarolik jamiyatining bu progressiv
jihatlari (tamoyillari va belgilari) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z
boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda eʼtiborga
olishga imkon beradi.
Аslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda
alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinida jamiyatning
muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini
shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning
rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro
bog‘liqdir.
Maʼlumki, yetuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy
demokratik davlat qurish
mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona
shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ
va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa,
davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish,
erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar
yaratishdan iborat.
Bu haqda so‘z borar ekan, aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki
kunlaridan boshlab O‘zbekiston demokratiyani o‘z taraqqiyotining bosh yo‘li
sifatida tanladi. Demakki, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni
qurish davlat va jamiyat oldida muhim vazifa bo‘lgan.
Fuqarolik jamiyati tushunchasini quyidagi jihatlarda ham ko‘rishimiz
mumkin. Yaʼni u:
– davlat hokimiyati tizimining ijtimoiy negizi;
– jamiyat aʼzolari ijtimoiy faolligini shakllantirish, taʼminlash makoni;
– jamiyatni demokratlashtirishning ijtimoiy zamini;
– davlat hokimiyati idoralari tizimi vakolatlari taʼsiri
doirasini oqilona
chegaralash va uning ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish vositasi;
70
– kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy munosabatlarning
siyosiylashmagan tomonlari;
– siyosiy tizim, davlat hokimiyati shakllanishining dastlabki negizi kabilarni
ham tushunish mumkin.
Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatidirki, u huquq
normalariga binoan va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor
qilish yoki cheklashga jurʼat etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining
uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini eʼtirof etadi.
Fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi inson huquqlari va fuqaro
huquqlarining farqlanishini belgilab berdi.
Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqlarini – davlat
taʼminlaydi. Ikkala holatda ham shaxs huquqlari to‘g‘risida so‘z
yuritiladi, biroq
birinchi holatda ayrim inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik huquqlari
nazarda tutilsa, ikkinchi holatda – uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi.
Inson huquqlari va fuqaro huquqlari o‘rtasidagi farq muayyan asoslarga ega
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1) inson huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilgani va qonun yo‘li bilan
mustahkamlanganidan, ularning egasi – inson u yoki bu davlatga mansubligidan
qatʼi nazar mavjud bo‘lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa mazkur shaxs qarashli
bo‘lgan davlat tomonidan himoya qilinadi;
2) dunyoda hali anchagina odamlar umuman fuqarolik maqomiga ega emas
(fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular rasmiy darajada fuqaro
huquqlariga emas, balki inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik jamiyatining
vazifasi ijtimoiy hayotning rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Shu sababli, uning
asosiy tarkibiy qismlarining vazifalari qatoriga bu jarayon normal kechishi uchun
shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar faoliyati tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs,
erkinlik,
huquq, maʼnaviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi. Bunda hammani va majburiy
tartibda mulkdorlarga aylantirish nazarda tutilmaydi – ularning ko‘pchiligi buni
xohlamaydi, biroq bunday imkoniyat har kim uchun saqlanishi lozim. Mulk har
doim shaxs va butun jamiyat erkinligining bosh omili sifatida amal qiladi. Mulkka
nisbatan hurmat mavjud bo‘lmagan joyda shaxsga nisbatan hurmat ham mavjud
bo‘lmaydi.
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari “yuqoridan” turib emas, balki “quyidan”,
fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning
manfaatlari, qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi
davlat tuzilmalariga qaram emaslikda, ichki qoidalar
bilan nazarda tutilgan
vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon
bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:
– erkin individlar uyushmasi;
– o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;
– murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuralistik tizim;
– o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
71
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:
1)
iqtisodiy
erkinlik,
mulk
shakllarining
rang-barangligi,
bozor
munosabatlari;
2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz eʼtirof etish va himoya
qilish;
3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
4) qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik
jihatdan ishonchli himoyalanganligi;
5) hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi
prinsipiga asoslangan huquqiy davlat;
6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;
7) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro
majburiyatlari va burchlari;
9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;
10) odamlarning munosib turmush darajasini taʼminlovchi samarali ijtimoiy
siyosat kabilardir.
Shunday ekan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniyat yo‘nalishlaridagi masalalarni hal etish
mumkin bo‘ladi. Unda ko‘pchilikning ishtirokini taʼminlash imkoniyati yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: