Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining 
shakllanishi. 
Suveren O‘zbekiston tarixi hali nisbatan qisqa – respublika mustaqilligi 
1991-yil 31-avgustda eʼlon qilingan, biroq o‘tgan vaqt ichida mamlakatimiz 
xalqaro miqyosda eʼtirof etildi va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi.
O‘tmish ham, kelajak ham o‘z holicha mavjud bo‘lmasligini O‘zbekiston 
fuqarolari yaxshi tushunadilar. Ular tarix qirg‘oqlari oralig‘ida, bir oqimda 
suzadilar, ularni tarixiy harakatning yagona subʼyekti – inson birlashtiradi. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
mustaqil demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, 
qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida 
tenglik taʼminlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad 
sifatida belgilangan. 
Аgar nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-2000-yillarda mamlakatda fuqarolik 
jamiyati qurishning poydevori – huquqiy davlatga xos bo‘lgan qonunlar va boshqa 
huquqiy shart-sharoitlar shakllandi. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan 
boshlab O‘zbekistonda xalqning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini 
taʼminlashning siyosiy-huquqiy asoslarining yaratilishiga alohida eʼtibor qaratildi. 
O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros 
bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor 
yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda “fuqaro – jamiyat – davlat” tizimi 
qonuniy asosga qo‘yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega 
bo‘lgan jarayon. Chunki uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga 
oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini 


72 
boshqarish o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda insonning barcha huquqlari
xususan, davlat ishlarida qatnashish; eʼtiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar 
erkinligini amalda taʼminlash siyosiy voqelikka aylanadi. “Fuqaro” va “davlat” 
munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularning 
davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan masʼulligi hamda davlatning fuqarolar 
oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32-
moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali 
ishtirok etish huquqiga egadirlar, deb belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat 
jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan taʼminlanadi. 
Demokratik institutlar – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror 
topishiga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan 
ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan anʼanaviy, ijtimoiy-
siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OАV) hamda 
faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga
masalan, inson huquqlariga amal qilinishini taʼminlovchi turli nodavlat 
tuzilmalarga ajratish mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish 
va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul 
qilindi. Bular jumlasiga asosiy hujjatlar sifatida “O‘zbekiston Respublikasida 
jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991-y.), “Kasaba uyushmalari, ularning 
huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992-y.), “Nodavlat-notijorat 
tashkilotlari to‘g‘risida” (1999-y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida” (1999-y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996-y.), “Jamoat fondlari 
to‘g‘risida” (2003-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004-y.), 
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991-y.), “Nodavlat-notijorat 
tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007-y.), “Ommaviy axborot 
vositalari to‘g‘risida” (1997-y.), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy 
sherikchilik to‘g‘risida” (2014-y.) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini eʼtirof 
etish mumkin. Jamiyatda NNT tizimini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. 
Muhimi, “uchinchi sektor” deb ataluvchi NNT jamiyatning asosiy institutlari 
sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Jahon tajribasidan maʼlumki, aholi fuqarolik jamiyati institutlari, yaʼni 
jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, NNT, ayollar va yoshlar uyushmalari, 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ayniqsa, mahallalar, ommaviy-axborot vositalari 
kabi ijtimoiy tuzilmalar vositasida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok 
etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishi talab etiladi. O‘zbekistonda ham fuqarolik 
jamiyati institutlari o‘sib bordi: agar 1991-yilda respublikamizda 200 ta fuqarolik 
jamiyati institutlari – NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 2585 
taga, 2013-yilda esa 6000 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev 2020-yil 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda 
jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish 
o‘tkazdi. Shunda mamlaktimizda 10 mingdan ziyod nodavlat-notijorat tashkilotlari 
mavjudligi taʼkidlandi.


73 
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirishga oid konseptual 
va strategik hujjatlarning qabul qilinishi 2000-2016-yillarni o‘z ichiga oladi. Biroq 
2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini 
o‘rnatishga oid tashabbusi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy 
omili sifatida namoyon bo‘ldi. Prezident tashabbusi bilan 2017-yil esa “Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilindi. Аlbatta, xalq bilan doimiy 
muloqot – bu fuqarolik jamiyatining eng asosiy prinsipi edi. Lekin mamlakatda 
davlat hokimiyati organlari boshqaruvining ahvoli qandayligi, fuqarolarning bu 
haqda qanday fikrda ekanligini aniqlash lozim edi.
2016-yilning 28-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni eʼlon qilindi. Unga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining 
Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq 
qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi 
shaharlardan 
tashqari) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual 
qabulxonasi tuzildi. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni 
qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini 
joriy etishimiz darkor. Biz aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari 
faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga 
o‘tish haqida o‘ylayapmiz”.
Аlbatta, 2017-yildan boshlab fuqarolik jamiyati qurishga yangicha qarashlar, 
bu sohadagi tub o‘zgarishlar o‘z natijasini bera boshladi. 10 oy ichida – 2017-
yilning 21-iyuligacha Xalq qabulxonalariga bir millionta murojaat kelib tushdi. 
Hattoki, bu ko‘lamdagi xalq muammolariga doir axborotlar olib, ularni tahlil 
etadigan institutlar g‘arb davlatlari tarixida ham uchramaydi. Shu bilan birga 
murojaatlar ichida ularning bittasi ham davlat organlari eʼtiboridan chetda 
qolmaydigan mexanizm o‘z samarasini ko‘rsatdi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
“davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning 
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini 
isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, 
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari 
ko‘rsatishning samaradorligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash” 
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida 
mamlakatda fuqarolik jamiyati va uning institutlarini rivojlantirishga oid huquqiy 
asoslar takomillashtirildi va demokratlashtirildi. 2017-yil 15-avgustgacha 
Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha 


74 
sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi 
tizimini 
takomillashtirish 
sohasida 
zamonaviy 
talablar 
hamda 
ustuvor 
yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning 
tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi. 
Bu kabi saʼy-harakatlar tizimli ravishda olib borilmoqda. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin