78
maqsadi sifatida – tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq
faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish,
ularning istiqbolini ham
nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami
manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini taʼminlash ekani qayd etiladi.
O‘zLidepning aʼzolari soni 700 ming nafarni tashkil etadi. Partiya siyosiy kengashi
raisi – Аktam Xaitov. Matbuot organi – “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi – dastlab harakat ko‘rinishida faoliyat olib
borgan bo‘lsada 2018-yildan siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 2019-yildagi
ilk saylovlarda ishtirok etdi. Uning markaziy kengash raisi – Narzulla
Oblomurodovdir. Partiya
toza ekologik muhit yaratish, tabiatni asrash va uning
sofligini taʼminlashni maqsad qiladi.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va
faoliyati samaradorligini oshirish borasida yetarlicha huquqiy asoslar yaratildi
deyishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy
partiyalar
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi,
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi,
“Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi, “Davlat boshqaruvini
yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya
qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini alohida ta’kidlash lozim.
Bundan tashqari 2018-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
“Saylov
jarayoniga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, respublikada
Saylovchilarning
yagona
elektron ro‘yxatini
shakllantirish hamda barcha darajadagi saylovlar tizimiga Saylov jarayonini
boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish vazifalari belgilab berildi.
Chunki siyosiy partiyalar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun
saylovlarda munosib ishtirok etishi lozim.
Siyosiy partiyalar va saylov tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq, bir-birini
taqozo qiladigan tushunchalardir. Chunki siyosiy partiyalar aynan saylovlar orqali
o‘z tarafdorlarini aniqlaydi, kim unga ovoz beryapti, kim uning g‘oya va
dasturlarini qo‘llab-quvvatlayapti bularning barchasini amalda ko‘rishga muvaffaq
bo‘ladi. Siyosiy partiyalarning fuqarolarni o‘z dasturiy g‘oyalariga ishontira
olgani, kimning
manfaatlarini ifoda qilgani, shu bilan birga, kimning ularga
ergashayotgani, kimlar ishonch bildirgani faqat saylov natijalariga ko‘ra ayon
bo‘ladi. Аynan saylov paytida siyosiy partiyalar o‘zlarining asosiy va ustuvor
qarashlari, islohotlarni qanday amalga oshirish borasidagi g‘oyalarini ilgari
suradilar.
Saylovlar partiyalar uchun sinov vazifasini o‘taydi, partiya g‘oya va
maqsadlarining
yashovchanligi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, mamlakatni
isloh etishdagi ishtiroki aynan saylovlar jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shunday ekan, siyosiy partiyalar faoliyati va davlat qurilishida muhim
bo‘lgan saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish, saylovchilar tanlovi uchun
79
bir necha nomzodlar kurashini taqozo qiladi. Saylovchilarga, yaʼni xalqqa ushbu
nomzodlardan tanlab olish huquqi beriladi.
Chunki siyosiy partiya va saylov jarayonlari yonma-yon keladi.
Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.А.Karimov saylov va siyosiy
Dostları ilə paylaş: