Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

3. I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi. 
O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan, 1989-yilning yoz oylari va 
1990-yil bahorida O‘zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri bo‘ldi. 
Xuddi shu paytlarda o‘zbek xalqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot yo‘llari 
ishlab chiqildi. Xususan, O‘zbekistonning demokratik yo‘lda rivojlanishi bosh 
strategik maqsad qilib belgilandi. Аna shu yo‘lning boshida, 1989-yil iyunidan 
O‘zbekistonning rahbari sifatida Islom Аbdug‘aniyevich Karimov turdi. 1990-yil 
23-martda esa O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumi ham respublika siyosiy 
tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan va unda O‘zbekiston hokimiyatning 
Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida 
mohiyatan yangi bosqich ekanligi taʼkidlangandi. 1990-yil 24-mart kuni 
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasida SSSR doirasida 
birinchi bo‘lgan siyosiy hujjatni – “O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini taʼsis 
etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MQ birinchi 
kotibi Islom Аbdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 
Shu tariqa O‘zbekiston – SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy 
huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O‘zbekiston xalqining 
manfaatlarini ko‘zlab I.А.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki 
tadbirlarning o‘ziyoq prezidentlik boshqaruvining o‘z vaqtida taʼsis etilganidan 
dalolat berdi. 
1991-yil 
29-dekabrda 
o‘tkazilgan 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga 
kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil 
davlat deb eʼlon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki 
referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O‘zbekistonning 
Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan maʼqullandi. Xuddi shu 
yilning 29-dekabrida xalqimiz birinchi marta umumxalq xohish-irodasi bilan 
mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik 
ko‘rish va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini 
o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga 
puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov 
komissiyalari tuzildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada birinchi bor 
o‘tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 
saylov komissiyalari tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba 
uyushmalari Federatsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat 
tashkilotlaridan ko‘pgina vakillar kiritildi. 
O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
VIII sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u 
birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, yaʼni Oliy lavozimga ikki nomzod – 
O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi 


53 
I.А.Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad 
Solih) nomzodi qo‘yildi. 
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln 
nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda 
tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida 
taʼminlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning 
saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot 
vositalarida eʼlon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini 
tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident 
saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini taʼsis etgan 
mustaqil mamlakatlardan, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Malayziya va 
boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. Ular 
O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar. 
Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda 
qatnashganlarning (86 %) I.Karimov nomzodini, 1 million 220 ming saylovchi 
(12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov 
komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 
35-moddasiga asoslanib Islom Аbdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror 
qildi. I.Karimov O‘zbekiston Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bo‘lgan 
navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq 
ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirildi. O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy-
ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?” degan savolga 11 mln 199 ming 415 kishi 
yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum 
natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining 1999-yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi 2000-yil 
9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi. 
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi 
nomzodi Islom Аbdug‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq demokratik 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin