Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Mustaqillik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

5. Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Mustaqillik 
deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 
XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar 
suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan maʼmuriy buyruqbozlik tizimi 
o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol 
o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana 
boshladi. 
80-yillarning oxirlarida O‘zbekistonda tinch hayotni taʼminlagan holda 
davlatni boshqara oladigan, millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab bera oladigan 
rahbar respublika uchun zarur edi. 1989-yil 24-iyunda I.А.Karimov O‘zbekiston 
rahbari etib saylandi. U O‘zbekiston rahbari etib saylangan kundan boshlab 
O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga 
oshirishga qatʼiy kirishdi. 
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, biri-biriga 
qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha 
davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri 
baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib 
borayotganining oldini ololmay qoldi. 
1990-yil boshida O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi 
ko‘tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal 
qilish jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashish vositasi edi. Eng muhimi, Prezident 
muassasasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda 
mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi. 
Аlohida shuni taʼkidlash kerakki, o‘sha kezlari keng miqyosda tartib va 
intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro 
mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar 
huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham 
katta ahamiyat kasb etmoqda edi. 
Shu obʼyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Oliy 
Sovetining birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik 
lavozimini taʼsis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom 
Аbdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekistonning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida 
qaror qabul qildi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining taʼsis etilishi 
respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan 
dadil qadamlaridan ikkinchisi edi. 
O‘zbekistonning mustaqillika erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim 
qadam 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi 


42 
sessiyasida qo‘yildi. Sessiyada O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiya”si 
qabul qilindi va uning kirish qismida quyidagicha yozib qo‘yildi: “O‘zbekiston 
Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat 
qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning 
taqdirini o‘zi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqida
O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chuqur his etgan holda 
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya 
prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat 
mustaqilligini eʼlon qiladi”. Bu muhim hujjat O‘zbekistoning mustaqillikka 
erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti 
deputatlari faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni 
hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining 
ikkinchi 
sessiyasi 
(1990-yil 
18-iyunda) 
boshlanishidayoq 
mustaqillik 
Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu 
sessiyada uni qabul qilishni qatʼiy talab etdilar.
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati aʼzolari, komissiya raislari va 
muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish 
va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq 
deputat, 
doimiy 
komissiyalarning 
raislari, 
huquqshunoslar 
tayyorlagan 
Deklaratsiya matni batafsil ko‘rib chiqildi. Natijada bu masala 20-iyun kuni 
sessiyada kun tartibiga kiritildi.
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, 
bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, 
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta taʼkidlandi. Unda o‘zbek 
xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot 
borasidagi boy tarixiy tajribasi va anʼanalari hisobga olinishi uqtirildi.
Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy 
hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O‘zbekiston rahbariyati va 
xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo‘yaverdi. 
1991-yil 17-martda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendumda 
O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekistonni mustaqil respublika 
sifatida ko‘rish xohishi borligini namoyon qildi. 
O‘zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul 
qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq ittifoq 
qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek 
ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan 
ajralib tura boshladi.
1990-yillarning boshlariga kelib sobiq SSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat, ayniqsa, ko‘pchilik respublikalarning 
ittifoq tarkibidan chiqish, o‘z-o‘zini belgilash huquqini berish, markazning siyosiy-
iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko‘rish kabi talablarning 
haqli ravishda qo‘yilishida aksini topdi. Lekin markaziy rahbariyat xalqlar va 
ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi 


43 
bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo‘yi respublikalarning 
ittifoq tarkibidan chiqib ketishi, O‘zbekistonda, keyinchalik esa boshqa 
respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar 
tomonidan suverenitet to‘g‘risidagi Deklaratsiyalarning qabul qilinishiga tish-
tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatganligida ham ko‘rish mumkin. 
Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu 
sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq 
rahbariyati 
1990-yilning 
kuzida 
markaz 
va 
respublikalar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini 
boshlashga majbur bo‘ldi. 
Maʼlumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning taʼminoti, 
daromadi, yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam 
miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir bo‘lgan. 
Buning asosiy sababi – bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki 
rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini 
rekonstruktsiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo 
ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar 
bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy 
muammo – bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi.
Аna shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston 
rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil 
kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka daʼvat qildilar. Аyniqsa, Birinchi 
Prezident Islom Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani 
qanoatlantirdi, uning xalqqa suyangani, u bilan dardlashgani xalq bilan hukumat 
o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi. 
Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov 19-
avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda 
O‘zbekiston nuqtayi nazarini maʼlum qildi va Markazdan bildirilgan, qonunga 
xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan 
bajarilishini man etdi. 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va 
O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika 
rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga 
kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li 
o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik 
Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha 
kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat 
bilan chiqib, O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qatʼiy ekanligini yana 
bir bor alohida uqtirdi. 
Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash 
sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni 
talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat 
mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy 
Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 


44 
1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri 
boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish to‘g‘risida” Qaror 
qabul qildi, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal 
bo‘lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o‘z taqdirini o‘zi 
hal qiladigan bo‘ldi. 
O‘z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan 
yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch-qudratning to‘la huquqli 
egasiga aylandi. 
Buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-
odatlari va insonparvar anʼanalarining davomchisi, porloq kelajagining mustaqil 
ijodkori bo‘ldi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini eʼlon qilish 
to‘g‘risida”gi Qarorda “1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni 
deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb eʼlon 
qilinsin”, – deb qatʼiy belgilab qo‘yildi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin