Islom sug’urtasi Islamic insurance Takaful Vaqf Halal insurance Sug'urta arabchada ta'min



Yüklə 12,99 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü12,99 Kb.
#194039
  1   2   3   4   5
Islom sug`urtasi


Islom sug’urtasi
Islamic insurance
Takaful
Vaqf
Halal insurance
Sug'urta arabchada ta'min, deyiladi. Bu yangi arabiy istiloh bo'lib, uning inglizcha istilohdagi muqobili Insurance ya'ni, omonlikni ro'yobga chiqarishdir. Sekurity ajnabiy kalimasi ba'zi umumiy arab lahjalariga sukurta bo'lib kirib qolgan. (Ushbu kalimani buzib talaffuz qilish bilan bizning diyorlarga kelganda sug'urta deb ishlatila boshlangan). Ba'zi kitoblarning sarlavhalarida yoki ta'minga tegishli fatvolarda bugungi kunimizda ham sukurta kalimasi uchrab turadi.
Ta'min ya'ni sug'urta mol ehtimoliy talofatga uchrasa uni to'lab berish evaziga ma'lum mablag' yoki xizmat yoki boshqa bir moliyaviy to'lov to'lashni zimmasiga olib, sug'urta qildiruvchidan pul olib tuziladigan shartnomadir. Agar mol talofatga uchrasa, ushbu olgan bo'lakni muqobilida to'lanadi.
Ilmiy ibora bilan boshqacha qilib aytganda, ta'min jamoaviy reja bo'lib ta'kidi yo'q o'ringa ta'kidni qo'yishdir. Bunda xatarlar jamlanib ularni bir-biriga yeyishtirish chegaralash qonunlariga mutobiq holda bo'ladi.

Xayriya sug'urtasi

Xayriya sug'urtasi


Xayriya sug'urtasi: Buning timsoli zakot, sadaqotlar, yaqinlarga nafaqa berish, diyalarni to'lash, vasiyatlar, vaqflar, kaffarotlar va nazrlar kabi nizomlarda ko'rinadi.
Buning maqsadi faqirlarni faqirlikdan chiqarishdir. Musibatga uchragan kishini ehtiyojini qondirish bilan xayriya sug'urtasi o'z ishini yakunlaydi. Lekin o'zaro yordam yoki tijoriy sug'urtalarda esa halokatga uchragan boylikni avvalgi saviyasiga ko'tarish maqsadi oldinga qo'yiladi.
Xayriya sug'urtasi degan so'zni sug'urta ta'rifi orasiga qo'shish aslida to'g'ri emas. Chunki, bunda a'zolik badali, ishtirokchilar shartnomasi ya'ni ta'min evaziga muqobil turadigan hech narsa yo'q. Shundan kelib chiqib ba'zi fuqarolar, bizning islom shariatimizda o'zaro yordam yoki tijoriy sug'urtalar kabi kelgindi sug'urtalarning keragi yo'q, shariatimiz talofatga uchragan, qarzga botib qolgan kabi holatlarga azaldan xayriya ishlarini joriy qilgan, deyishadi.

Yüklə 12,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin