7. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini taʼminlash va himoya qilish.
Istiqlol yillarida insonning ishonchli konstitutsion va yuridik huquqlarini,
ijtimoiy kafolatlarni va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydigan
qonunlarning qabul qilinishiga asosiy eʼtibor qaratildi. Shuningdek, sud tizimi
mustaqil va boshqa tarmoqlarga bog‘liq bo‘lmagan hokimiyat sifatida
shakllantirildi. Sud hokimiyatining yangi tuzilmalari vujudga keldi. Sudning huquq
doirasi kengaydi.
Jumladan, 1994-yili Jinoyat kodeksi qabul qilinganida 13 ta moddada jazo
chorasi sifatida o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan edi. 1998-yili bu jazo turi jinoyat
kodeksining 5 ta moddasidan olib tashlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
2005-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2008-yil 1-yanvaridan mamlakatimizda jinoiy
jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq
muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosining joriy etilishi butun dunyoda katta
aks-sado
berdi.
Bu
boradagi
islohotlar
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida eʼlon qilingan insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda
etib, jahon tendensiyalariga to‘la mos keladi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar
xususida so‘z yuritganda, O‘zbekistonda o‘tgan qisqa davr mobaynida yaxlit sud
hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi muvaffaqiyatli hal etilganiga
to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Sudlar ixtisoslashtirilib, aniqroq aytganda, fuqarolik,
jinoiy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha alohida sudlar tashkil etilib, sudlar sud
qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi.
Sudyalarning mustaqilligi va huquqiy kafolatlari tizimining huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa
qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda
“sudyalarning mustaqilligi” tushunchasi mustahkamlandi va yangi huquqiy
kategoriya – “sud hokimiyatining mustaqilligi” joriy etildi. Jumladan,
Konstitutsiyamizning 106-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida sud
hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy