Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Mustaqil o’zlashtirish savollari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə4/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Mustaqil o’zlashtirish savollari





  1. Odamning ovqat hazm qilish sistemasida ichburug’ amyobasi qanday shakllarda uchraydi. Ushbu shakllarning o’zaro farqlari nimalardan iborat?

  2. Ichburug’ amyobasi vegetativ shakllarining o’zgarib turishi qanday omillarga bog’liq?

  3. Amyobiaz kasalligida qayday belgilar namoyon bo’ladi?

  4. Amyobiazning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar nimalardan iborat?

  5. Odamning ovqat hazm qilish sisitemasida qanday turdagi amyobalar uchrashi mumkin?

  6. Ichburug’ amyobasi odam tanasidan tashqi muhitga qanday bosqichda chiqariladi va uning qanday belgi va xususiyatlari mavjud?

Mashg’ulot № 2




Mavzu: Tripanosomalar va leyshmaniyalar. Tuzilish xususiyatlari. Hayot sikllari.

Yuqishi, zarari va profilaktikasi Mashg’ulot rejasi


  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzuni so’rash va baholash.

  3. Parazit tripanosoma va leyshmaniyalarni tuzilishi hamda hayot sikllari xususiyatlarini tushuntirish.

  4. Tripanosoma va leyshmaniya avlodlariga mansub turlarning mikropreparatlarini ko’rsatish.

  5. Jadval va slaydlardan tripanosomoz va leyshmanioz kasalliklari demonstrasiyasi.

  6. Tripanosoma va leyshmaniyalarning hayot sikllaridagi morfologik tuzilishi va shakllarini rasmlarda ifodalash.

  7. Mavzu materiallarini savol-javob orqali mustahkamlash va topshiriq berish.



Ishning maqsadi. Tripanosomalar va leyshmaniyalar avlodlari turlarining odam va umurtqali hayvonlar orasida tarqalishi, ularni tuzilishi, xo’jayin organizmida yashash joylari, kasallik qo’zg’atishi hamda zarari bilan tanishish. Transmissiv kasalliklar haqida tushunchaga ega bo’lish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Mikroskoplar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tripanosoma va leyshmaniyalardan tayyorlangan mikropreparatlar, immersion obyektiv uchun kastor yog’i, tripanosoma va leyshmaniyalarni metamorfoz usulda rivojlanishini ifodalovchi jadvallar.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin