2 soat Kerakli materiallar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#107714
  1   2   3
5-sistematika


5-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Qarag‘aytoifa (Pinophyta, Gymnospermae) o‘simliklar bo‘limi.
Oddiy qarag‘ay, ginkgo biloba, qizilchaning tuzilishini o‘rganish
(2 soat)

Kerakli materiallar: Eldar qarag‘ayi, Tuyya, Biota, archa va kiparisning qubbali novdalari, gerbariylari. Turlarning yosh changchi va urug‘chi qubbalarining spirtdagi fiksirlangan namunalari. Turli doimiy mikropreparatlar.


UMUMIY TUSHUNCHA:
Ochiq urug‘li o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlari - urug‘ kurtakchaga ega bo‘lishi va undan urug‘ hosil bo‘lishidir. Urug‘ mevabargda ochiq holatda bo‘ladi, shuning uchun ham ular ochiq urug‘li o‘simliklar deb ataladi. Urug‘chi gametofit endosperm va 2 ta arxegoniydan iborat.
Bo‘lim bir nechta sinflarga bo‘linib, bular ichida ignabargsimonlar yoki qubbadorsimonlar sinfi vakillari nihoyatda keng tarqalgan.
Sinfning qarag‘aydoshlar (Pinaceae) oilasiga mansub bo‘lgan oddiy qarag‘ay (Pinus silvestris) va sarvdoshlar (Cupressaceae) oilasi vakili hisoblangan archalar (Juniperus) turkumining tuzilishi va taraqqiyot sikllari bilan tanishamiz. Sarvdoshlar oilasi vakillarining barglari qarama-qarshi yoki xalqalanib joylashgan daraxt va butalardan iborat. Barglari ko‘pincha tangachasimon, ba’zan esa ignasimon, bir uyli yoki ikki uyli o‘simliklardir. Urug‘chi qubbalarning urug‘ tangachasi qoplovchi tangacha bilan qo‘shilib qubbasimon qobiq hosil qiladi, uning ichida 1-3 dona urug‘kurtak bo‘ladi. Mikrosporafillari qisqa ipdan va 3-6 ta mikrosporangiy bo‘lgan kengaygan qismdan iborat. Archa qubbalari rezovarsimon bo‘lib, sharga o‘xshash, ichida 1 dan 10 tagacha urug‘ bo‘lib, ikkinchi yoki uchinchi yili etiladi.
TOPSHIRIQLAR:
1. Erkak va urg‘ochi qubbalarga ega bo‘lgan novda bilan tanishiladi, qubbalar tuzilishi va qismlari o‘rganiladi va chizib olinadi (eldor qarag‘ayi misolida).
2. Eldor qarag‘ayi va archa qubbalaridagi farqlar va o‘xshash belgilarini o‘rganing.
3. Qubbadorsimonlar sinfi vakillarining barg tuzilishi va poyaga joylashishi asosida farq qila bilish.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin