1 topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang



Yüklə 22,61 Kb.
tarix30.06.2022
ölçüsü22,61 Kb.
#62533
Botanika ON



1 – TOPSHIRIQ. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.
1.Gul qismlarining joylashishi, gul formulasi va diagrammasi.
2.Urug’ kurtakning tuzilishi
3.Oddiy tо‘pgullar haqida ma’lumot bering.
4. Sinkarp mevaning tuzilishi
5.Bir yillik o’simliklarning ontogenezi haqida ma’lumot bering
1. Gul – shakli о‘zgargan – metamorfozlashgan, qisqargan novda
bо‘lib, odatda novdaning apikal (о‘q uchida) va yon novda qamda
shoxchalarning meristema hujayralaridag‘ yuzaga keladi. Gul
ixtisoslashgan generativ organ hisoblanadi. Gulda jinsiy jarayon –
sporogenez va gametogenez sodir bо‘ladi.
Gul qismlarining joylashishi. Yopiq urug‘li о‘simliklarning guli
besh yoki tо‘rt doirali gul hisoblanadi. Besh doirali gul pentatsiklli
(yunon. penta – besh) va tо‘rt doirali tetratsiklli (yunon. tetra – tо‘rt)
gul deb ataladi. Pentatsiklli gullar piyozdoshlar, loladoshlar,
chinniguldoshlar, geranguldoshlar, bereyekdoshlar va boshqa oilalarda
uchraydi. Tetratsiklli gullarga savsardoshlar, labguldoshlar,
gavzabondoshlar, ituzumdoshlar va boshqa oilalarning guli misol
bо‘ladi. Gul qismlari gul о‘rnida har xil bо‘lishi mumkin. Masalan,
birpallali о‘simliklarda kо‘pincha uch a’zoli, kamdan kam ikki va tо‘rt
a’zoli gullar – butguldoshlar, kо‘knoridoshlar oilalarida uchraydi.
Kо‘pmevali о‘simliklardan magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlarning
hamma gul qismlari bir-biriga juda zich taqaladi va gul о‘rnida halqa
(doira) shaklida yoki navbatlashib joylashadi. . Bunday gullarda,
gulqо‘rg‘onning changchilari va urug‘chilari noaniq, ba’zan juda kо‘p
bо‘ladi. Shuning uchun ham bunday gullar atsiklik – spiral va
gemitsiklik (yarim doira) gullar deb ataladi. Gulqо‘rg‘on qismlari
(kosacha va tojlari) halqasimon (doira) changchi va urug‘chilari
spiralsimon yoki yarim doira shaklida joylashgan gullar gemitsiklik
gullar deb ataladi. Bunday gullarni ayiqtovondoshlarda
kо‘rish mumkin.
Siklik (yunon. siklos – aylana) gullarda masalan, na’matakda
kosachalar spiral (navbatlashib), gulning qolgan qismlari aylana
shaklida о‘rnashadi. Siklik gullarda har bir aylana ma’lum bir qoida
asosida gallanadi. Agar changchilar ikki aylanadan iborat bо‘lsa, u
vaqtda tashqi aylana kosachalarga, ichki aylana gultojlarga nisbatan
qarshi emas, balki ularning oralig‘idan joy oladi. Ba’zi о‘simliklarda
gul о‘rni androtsey bilan genitsey orasida о‘sib, ularni tutib turuvchi
ginofor (yunon. gins – urg‘ochi, foros – tutqich, ustuncha) poyacha
hosil qiladi . Agar gul о‘rni gulqо‘rg‘on bilan
androtsey о‘rtasidan о‘sgan bо‘lsa, changchi bilan urug‘chi
androginofor (yunon. andros – erkak) deb ataladi.
Gulning formulasi va diagrammasi. Gullarni qisqacha
xarakterlash uchun formulasi yoziladi. Bu vaqtda asosan gulning
simmetriyaligiga, qatorlar soniga, qismlarning soniga ahamiyat
beriladi:
Сa (Calyx) – gulkosa, Сo (Corolla)–gultoj, R (Perigonium) – oddiy
gulqо‘rg‘on, A (Androeceum) – androsey (changchilar),
G (Gynoeceum) – genesiy, urug‘chi, G(2) – ustki tugunchali va G(2) –
ostki tugunchali gul bо‘ladi, ♀ –ayrim jinsli (bir jinsli) urg‘ochi gul,
♂–ayrim jinsli (bir jinsli) erkak gul, *– aktinomorf gul, ↑↓– zigomorf
gul, ( ) – gulning qismlari birikib о‘sganda, ∞ –gulning qismlarn 10
tadan kо‘p bо‘lganda, cheksizlik belgisi qо‘yiladi (126-128 rasmlar).
Gul formulasi:
*Сa5 Co5 A∞ G∞ (ayiqtavon); Ca2+2 Co4 A2+4 G(2) (surepka)
Gulning diagrammalari (yunon. diagramma – tasvirlash, aniqlash)
uni grafik shaklda ifodalashdan iboratdir. Shuning uchun ham
diagramma, formulaga nisbatan ancha aniq qо‘rgazmali qurol
hisoblanadi. Qoplag‘ich barg esa pastda kо‘rsatiladi .
Kosachabarglar burchakli qavs, tojbarglar yumaloq qavs bilan
belgilanadi. Changchilar ochilmagan changdondan о‘tgan kо‘ndalang
kesim orqali yumaloq shaklda kо‘rsatiladi . Bulardan
tashqari diagrammada organlarning birikkanligi, nektarlar gul ostidagi
yalpoq gardish kо‘rsatiladi.
Gulqо‘rg‘on gulning naslsiz qismi bо‘lib, uning nozik a’zolarini
(changchi va urug‘chilarni) himoya qilish va qо‘shimcha fotosintez
organi vazifasini bajaradi. Ular oddiy va murakkab shaklda bо‘ladi.
Oddiy gulqо‘rg‘onda gulbarglar kosacha va tojga
differensiyalashmagan bо‘lib, kо‘rimsizdir. Kosachaga о‘xshab
ketgan yashil rangli oddiy gulqо‘rg‘on kosachasimon gulqо‘rg‘on
deb ataladi (lavlagi, shо‘ra, qichitqi tikan, nasha, otquloq va boshqa
gullar). Gultojga о‘xshab, rangi ochiq gulqо‘rg‘on tojsimon
gulqо‘rg‘on deb ataladi (lola, piyozgul, giatsint, marvarid- gul va
boshqalar) Gulqо‘rg‘oni mutlaqo bо‘lmagan va faqat changchilar (androtsey)
va urug‘chilar (ginetsey) dan hosil bо‘lgan gullar ochiq yoki
qoplag‘ichsiz gullar deb ataladi, bunga shumtol, tol, qoqiо‘t va boshqa
o‘simliklar kiradi.
2. Uruģkurtakning tuzilishi.
Urug‘murtak yosh urug‘chi barglarining chetlarida kichkina
dо‘mboqchalar shaklida hosil bо‘ladi va hujayraning mitoz bо‘linishi
natijasida tez о‘sadi. Keyinchalik uning yuqori tomonidan
urug‘murtakning markaziy qismi nutsellus, pastki qismidan urug‘band
rivojlanadi. Nutsellus hujayralari parenxima tо‘qimalariga о‘xshash
bо‘lib, uning hujayralarida oziq moddalaridan: polisaxarid, lipid,
oqsil, aminokislota, nuklein kislota, geteroauksin, vitamin, mineral
tuzlar uchraydi. Nutsellusning yon devorlaridan dо‘mboqchalar о‘sib,
qoplag‘ich tо‘qima – intigument (lot. intigumentum – qoplama)ga
aylanadi. Yopiqurug‘li о‘simliklarda bir yoki ikkita intigument
taraqqiy etadi. Ularning shu xususiyatiga qarab urug‘murtak bir yoki
ikki qoplag‘ichli guruhga ajratiladi. Intigument pastdan yuqoriga qarab о‘sib nutsellusni о‘rab oladi,
lekin uchi birlashmasdan ochiq qoladi, bunga chang yо‘li, yoki mikropile deyiladi. Mikropile urug‘murtak va embrion xaltasi bilan
tutashgan. Yopiqurug‘li о‘simliklarning ba’zi oilalarida intigument
birlashib bitta qoplag‘ichga aylanadi. Urug‘murtakning tagi,
urug‘band (funikulus) bilan tutashgan, uning osti xalaza deb ataladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda tuguncha ichidagi urug‘murtakning shakli
besh xil bо‘ladi.1. Ortotrop yoki tо‘g‘ri urug‘murtak. Bu xildagi urug‘murtak
torondoshlar, qalampirdoshlar, kuchalaguldoshlar oilasiga xos belgi
bо‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomidir.
2. Anatrop yoki teskari urug‘murtak. Urug‘murtakning notekis
о‘sishi vaqtida uning uchi va uchidagi teshikcha (urug‘ yо‘li) teskari
(ostki) tomonga aylangan bо‘ladi. Bu xildagi urug‘murtak
yopiqurug‘li о‘simliklarda eng kо‘p uchraydi.
3. Gemitrop yoki yarim qayrilgan urug‘murtak. Nutsellus bilan
intigument о‘sish davrida platsentaga nisbatan 90° qayrilgan
(sigirquyruqdoshlar, primuladoshlarda uchraydi).
4. Kampilotrop yoki bir tomonlama qayrilgan urug‘murtak. Bunday
urug‘murtakda nusellus bilan intigumentlarning bir tomoni bukilgan
bо‘lib, chang yо‘li xalaza yoniga borib qoladi. Bu xildagi urug‘murtak
kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda
uchraydi.
5.Amfitrop yoki egma urug‘murtak. Bunda nusellus bukilib
taqasimon shaklga kiradi (kapalakdoshlarni ayrim vakillarida
uchraydi).Evolyutsiya jarayonida yopiqurug‘li о‘simliklar nusellusining qalin
devorlari yupqalashib boradi. Tojbarglari birlashmagan о‘simliklarda
urug‘murtak krassinuselyat (lot. kraus. – qalin), tojbarglari birlashgan
о‘simliklarda esa tenuinuselyat (lot. tyeniuis – yupqa) rivojlangan.
Tenuinuselyat urug‘murtakning ichki intigument hujayralaridan
tapetum taraqqiy etadi. Tapetum sitoplazmasi uglevodlar, oqsillar,
vitaminlarga boy. Bu moddalar amilaza, proteaza fermentlari
yordamida parchalangandan sо‘ng о‘tkazuvchi tо‘qima orqali
murtakka о‘tib oziq bо‘ladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklar urug‘murtagining xalaza ustidagi
hujayralari takomillashib gipostaza (yunon. xipostazis – tirgak, ayri)
deb ataladigan tо‘qimaga aylanadi. Bu tо‘qimalarning xususiyati
haligacha aniq emas. Ba’zilar gipostaza embrion xaltasining
urug‘murtak tomon о‘smasligiga ta’sir etadi deyishsa, boshqa birovla
gipostaza embrion xaltasining fermentlar yoki bо‘lmasa oziq
moddalar bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi, deb taxmin qiladilar.
Ba’zi yopiqurug‘li о‘simlik vakillarida urug‘band yoki
intigumentlardan obturator deb ataladigan maxsus tо‘qima hosil
bо‘ladi va chang naychasining о‘sib embrion xaltasiga yetishiga
sababchi bо‘ladi. Bu tо‘qima urug‘murtak rivojlanishining dastlabki
davrida paydo bо‘lib, urug‘lanish sodir bо‘lgandan sо‘ng yemiriladi.
3. Tо‘pgullar haqida umumiy tushuncha. Yopiq urug‘li
о‘simliklarning gullar hosil qilishi natijasida shakli о‘zgargan
novdalar tizimining ayrim tiplariga tо‘pgullar deyiladi. Tо‘pgullar
tuzilishi jihatidan о‘simliklarning vegetativ qismidan bir qancha farq
qiladi. Novdalarning gullash davriga о‘tishi, uning kuchli о‘sishi va
yangi shaklning paydo bо‘lishi bilan birga boradi. Bu vaqtda uchki
meristema, boshlang‘ich gulni hosil qilish bilan birga shaklini
о‘zgartiradi, kuchli о‘sadi va qismlarga bо‘linadi. Kо‘p о‘simliklarda
tо‘p gullar kurtaklarning ichida shakllanadi (marjon daraxti, siren)
Tо‘p gullar kurtaklarning harakatga kelib yozila boshlaganidan
keyin yanada yaxshiroq kо‘rina boshlaydi. Kо‘pchilik novdalarning
tо‘p gullarini apikal meristemasi gulga aylanadi, bunday novdalar
bо‘yiga о‘sishdan tо‘xtaydi. Gullab meva hosil qilib bо‘lgandan keyin
novdaning shu qismi qurib, uzilib tushadi. Tо‘pgullar hosil bо‘lgan
joylardagi barglar turlicha bо‘ladi.
Tо‘pgullarning kuchli rivojlanib kо‘p sonli yon shoxlarning hosil
qilishi, gullarining turli vaqtda ochilishi chetdan changlanishiga
yordam beradi. Tо‘pgullarning tipi, tо‘p mevalarning tiplari, meva va urug‘larning
tarqalishi bilan bog‘liq. Tо‘pgullar shoxlanishiga qarab oddiy va
bо‘ladi.
Oddiy tо‘pgullarning asosiy о‘qida gullar yakka-yakka joylashib
shoxlanish ikkinchi tartibdan oshmaydi (zubturm va boshqalar).
Oddiy tо‘pgullar monopodial о‘sib, barcha gullar asosiy о‘qqa
birikkan bо‘ladi
1) Boshoq tо‘pgullarda asosiy о‘q kuchli rivojlangan bо‘lib, gullar
о‘q bо‘ylab bandsiz yoki juda qisqa band bilan birikadi (zubturli).
2) Shingil tо‘pgullarda asosiy о‘q uzun bо‘lib, unda gullar bir xil
uzunlikdagi band bilan ketma-ket spiralsimon joylashadi (oq akasiya,
burchoq va boshqalar).
3) Sotada tо‘pgullarda asosiy о‘q ser etli bо‘lib, gullar bandsiz
joylashadi (makkajо‘xori).
4) Kuchala tо‘pgullarning asosiy о‘qi osilib turib egilgan shingilni
hosil qiladi (yong‘oq, tol).
5) Soyabon tо‘pgullarda asosiy о‘q qisqargan bо‘lib, gullarning
yaxshi rivojlangan bir xil uzunlikdagi gulbandlari bir joydan chiqadi
(piyoz, olcha).
6) Boshcha tо‘pgullarda asosiy о‘q juda qisqarib ketgan bо‘lib,
unda gullari bandsiz yoki yaxshi rivojlanmagan band bilan zich
joylashgan (beda, skabioza).
7) Savatcha tо‘pgullarda asosiy о‘q yassi yoki konussimon
kengaygan bо‘lib, gullari bandsiz joylashgan (kungaboqar, butakо‘z).
Gullar akropetal holatda ochiladi avval chetki gullar, sо‘ngra о‘rta
qismdagi gullar.
4. Meva – yopiq urug‘li о‘simliklarning eng asosiy hosil organlaridan
biri hisoblanadi. Meva urug‘lanishdan keyin, gulda rо‘y beradigan
о‘zgarishlardan sо‘ng paydo bо‘ladi.
Sinkarp mevalar (yunon. si n – birgalikda; karpos – meva) – eng
kо‘p uchraydigan mevalar guruhidir. Morfologik jihatdan sinkarp
mevalar kо‘sak yoki chanoq va qо‘zoqcha, qanotli, rezavor yoki
yumshoq meva va boshqa kо‘pgina xillardan iborat.
Kо‘sak yoki chanoq – kо‘p urug‘li meva. Ular ikkita va undan kо‘p
meva bargchalardan tashkil topadi. Bir uyli yoki kо‘p uyli bо‘ladi.
Bunday mevalar loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar,
zubturumdoshlar, chinniguldoshlar, toldoshlar, binafshadoshlar,
kо‘knordoshlar, qо‘ng‘iroqdoshlar, pashmakdoshlar va boshqa bir
necha oilalarda uchraydi. Ularning ochilishi xususiyati har xil bо‘ladi.
Chunonchi, qopqoqchalar (mingdevona, semizо‘t, zubturum va
boshqalarda), teshikchalar (kо‘knor, qо‘ng‘iroqgulda), tepatishchalar
(chinnigul, navrо‘zgullarda), ustki uchidan pastki uchigacha uzunasiga
о‘tadigan yoriqchalar (mingdevona, orxisdoshlar, binafsha,
piyozdoshlar va boshqalarda) vositasi bilan ochiladi (160-rasm).
Bо‘linadigan mevalar. merikarpiy (yunon. meris – bо‘lakcha,
parcha; karpos – meva) – ikki yoki kо‘p uyli pastki va о‘rta
tugunchadan hosil bо‘ladi, yetilgandan keyin ikki yoki bir necha
bо‘laklarga bо‘linadi. Masalan, tugmachagul, gulxayri,
soyabonguldoshlar, labguldoshlar va boshqalarda bо‘ladi.
5. Bir yillik òsimliklarning ontogenezini baliqkòz òsimligi misolida òrganamiz.
O‘simlik ontogenezi – urug‘dan murtakni shakllanishdan boshlab to
vegetatsiya davrini о‘tab, urug‘ hosil qilishi va o‘simlikning nobud
bо‘lishi tushuniladi.
Jukova L.А o‘simliklarning ontogenezini ya’ni hayotiy
siklni 4 ta davr 8 ta bosqichga bo‘lgan . I. latent davri –
o‘simlik urug‘larining tinim davri hisoblanadi. II. Virginil davri 4
bosqichdan iborat bo‘lib: maysa, yuvenil, immatur va virginil (etuk
vegetativ)larga bo‘linadi. III. Generativ davri 3 bosqichdan iborat
bo‘lib: yosh generativ, o‘rta yoshdagi generativ va qari generativlarga
bo‘linadi. IV. Senil davri 2 bosqichdan iborat bo‘lib, subsenil va
senillarga bo‘linadi.
Latent (lat. latens – yashirin) urug‘ning tinim davridagi holati kiradi.
Virginil davrining (lat. Virginitas – qizlik vaqti) barcha bosqichlarida о‘simliklar morfologik jihatdan urug‘pallabarg,
chinbarg, ildiz hosil qilib, ma’lum darajada shoxlanib, o‘simlikda
gullashning boshlanishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Generativ davrda о‘simliklarning reproduktiv (kо‘payish) organlari
yetilib, gullash jarayoni boshlanadi, generativ novdalarning soniga,
о‘lchamlariga, ildiz sistemasining qurigan va tirik qismlariga qarab
yosh generativ, о‘rta yoshdagi generativ va qari generativ
о‘simliklarga bòlinadi.
Senil davrida o'simliklarning nobud bo'lishi kuzatiladi.
Latent davri. Climacoptera turlarining mevalari bir urug‘li,
lizikarp, urug‘simon perigonial qobiqli bо‘lib, о‘lchami va shakli turli
bо‘lgan 5 ta gulqо‘rg‘ondan iborat
Mevaning diametri 12,7 mm dan 16,6 mm gacha, absolyut vazni 7,4
g dan 17,4 g gacha. C. aralensis va C. ferganica turlarining mevalari
yirikroq va og‘irroq, C. transoxana turiniki – mayda. Disseminatsiya
usullari – gemianemoxor va qisman xionoxor (Levina tasnifi bо‘yicha,
1987). Gulqо‘rg‘on perigonial qobiqni hosil qiladi, qobiq turli nisbatli
parenxima va sklerenxima hujayralaridan iborat bо‘lib, u asosan
murtakni himoya qiladi. C. aralensis (Ustyurt) turining qobig‘i kuchli
sklerifikatsiyalashgan bо‘lib, u gemianemoxor disseminatsiya usuli
bilan korrelyativ bog‘liq.
Gulqо‘rg‘onning о‘rta qismidagi keng va ingichka qanotlar taraqqiy
etgan bо‘lib, parenximasimon bо‘shliqlarga ega, C. ferganica turi
tarkibida jigarrang pigmentli idioblast va oksalat kalsiy tuzlari mavjud
Virginil davri. Eugalofitlar urug‘larini tuzlarning toza eritmasida
va turli konsentratsiyali aralashmalarida undirish asosida yuqori
unuvchanlik aniqlandi, bu esa ularni xuddi distillangan suvda hamda
5% gacha tuzli eritmalardagi kabi unuvchanlikning yuqoriligini
kо‘rsatdi.
Climacoptera turlarining maysalari ob-havo sharoitiga bog‘liq
holda turli muddatlarda (kuzda, qishda, erta bahorda) unib chiqadi.
Buning natijasida о‘simlikning tashqi kо‘rinishi, о‘sish jarayoni va
organogenez о‘zgaradi (о‘sish akkomodatsiyasi, Seversov bо‘yicha,
1987).
Yuvenil bosqichdagi poyani I-chi tartibli novdalarining о‘sishi I-chi
tartibli novdalar birinchi bо‘g‘imining qisqarganligi hisobiga
tupbargliligi bilan xarakterlanadi. О‘sishning tupbargli shakli –
qadimiy bо‘lib, hozirgi yashash sharoiti uchun yuqori darajada
moslashganlik hisoblanadi.
Ontogenezning immatur bosqichi aprel-may oylarida boshlanadi.
Poyalar baziton va mezabaziton tipda joylashgan. C. longistylosa
turining (Mirzacho‘l) virginil davri generativ davrning kech
boshlanishi hisobiga ancha davomiydir. Ehtimol, bu holat generativ
jarayonni sekinlashtiruvchi tuzlarning ta’siri va yuqori harorat bilan
bog‘liqdir.
Generativ davr. О‘rganilgan turlarda mazkur davr iyun oyidan
boshlanadi, C. longistylosa turida esa kechroq – avgust-sentabrda
boshlanadi. Gullash davrida C. affinis va C. aralensis turlari I-chi
tartibli novdaning jadal о‘sishi (bо‘g‘im oralig‘ining uzunligi) va
organogenezi (metamerlar ortiqligi) kuzatildi.
Climacoptera turlarida virginil bosqich va senil davri kuzatilmaydi.
Ontogenezni rivojlanishida 3 ta davr (latent, virginil va generativ) va
3 ta yosh holat (nihol, yuvenil va immatur) kuzatildi.
Climacoptera turlarida birinchi 2–3 juft barglari qarama-qarshi,
keyingi bо‘g‘im oraliqlari qisqa va uzun bо‘lib, navbatma-navbat
joylashgan.
2 – TOPSHIRIQ. Quyidagi rasmni izohlang va izohlaringizni yozma tarzda tayyorlang.
Rasmda òsimliklar changlanishining suv orqali – gidrofiliya va qushlar orqali – ornitofiliya
Tasvirlangan. Man rasmni joylashtirolmaganim sababli rasmi kòrsatilmadi .
Changlanish. Changning urug‘chi tumshug‘iga borib tushishiga
changlanish deyiladi. Changlanish bir necha xil: о‘z-о‘zidan
changlanish yoki avtogamiya (yunon. avto – о‘zi, gamyeto –
qо‘shilish) va chetdan changlanish yoki allogamiya (yunon. allos –
boshqacha) bо‘ladi.
Agar bir guldagi changchi, о‘sha guldagi urug‘chini changlantirsa
о‘z-о‘zidan changlanish sodir bо‘ladi. О‘z-о‘zidan changlanish
vaqtida kо‘pincha urug‘ hosil bо‘lmaydi yoki u puch bо‘lib qoladi.
Ba’zan о‘z-о‘zidan changlanish vaqtida hosil bо‘ladigan urug‘larda
nasl belgilari sof holda saqlanib qoladi. Bu xil changlanishdan
seleksiyada sof individ liniyani ajratib olishda qо‘llaniladi.
Changlanish omillari. Gulli о‘simliklarning kо‘pchiligi chetdan
changlanishga moslashgan. Chetdan changlanish biologik va abiotik
changlanishdan iborat. Biologik changlanish hayvonlar vositasi bilan
abiotik changlanish esa tabiiy omillar (shamol, suv) yordamida sodir
bо‘ladi. Biologik changlanishning eng muhim vositalaridan biri
hasharotlar va qushlar hisoblanadi.
Ornitofiliya. Afrika va Janubiy Amerika tropik о‘rmonlarida
о‘sadigan (yuqa, banan, kana va boshqa) о‘simliklarning gullari
mayda kushchalar (kolibra, asalsо‘rar) yordamida changlanadi.
Kо‘pchilik ornitofil gullar och qizil rangda bо‘ladi. Qushlar shu rangni
yaxshi ajratib, guldagi nektarni sо‘rish vaqtida changlarni о‘ziga
yuqtiradi va boshqa gulga borib nektarni olish vaqtida gulni
changlantiradi.
Gidrofiliya. Kо‘l va daryo atrofida talaygina о‘simliklar suv
sharoitida о‘sishga moslashgan (masalan, dengiz о‘ti (zostera), dengiz
nayadasi, elodeya, vallisneriya va boshqalar). Bu о‘simliklarning guli
suv yordamida bilan changlanadi. Bunday changlanishga gidrofiliya
deb ataladi. Masalan, vallisneriyaning urug‘chi guli spiral singari
buralgan bandi suv ostida joylashadi. Urug‘chi yetilgandan sо‘ng
suvning betiga chiqadi, ayni vaqtda changchi gul uzilib, suv oqimi
yordamida spiral bandga joylashgan urug‘chiga borib, uni
changlantiradi. Shundan keyin urug‘langan gulning bandi tortilib,
urug‘chi gul suv tagiga tushadi, u yerda rivojlanadi.
3 – TOPSHIRIQ.
1. Gulqo’rg’onning bo’lish, bo’lmasligiga qarab gullarning turlari
A). Gomoxlamid, geteroxlamid, axlamid, monoxlamid
B). Monoxaziy, dixaziy, pleyoxaziy
C). Plagiotrog, anizatrop, ortotrop
D). Gaploxlamid, artotrop, geteroxlamid
2. Gulqo’rg’oni gulkosachabarg va gultojbargdan tashkil topgan bo’lsa nima deyiladi?
A). Murakkabgulqo’rg’on
B). Oddiy gulqo’rg’on
C). Monoxlamid
D). Oddiy va murakkab gulqo’rg’on
3. Meva tiplarini ko’rsating?
A). Apokarp, lizikarp, sinkarp, parakarp
B). Sinkarp, lizikarp, parakarp, mezokarp
C). Apokarp, tsenokarp, ekzokarp, mezokarp
D). Senokarp, parakarp, endokarp, ekzokarp
4. Urug’ kurtak qismlari berilgan qatorni ko’rsating?
A). Integument, nutsellus, murtak xalta
B). Integument, nutsellus, mikrosporangiya
C). Nutsellus, sinergidlar, mikrosporafill
D). Funikulus, integument, mikrosporalar
5. Ortotrop urug’ kurtak nima?
A). Mikropil, urug’ kertimi va funikulyus bilan bitta o’qda joylashgan
B). Urug’kurtak 180º ga qayrilgan
C). Urug’kurtak 90 º ga qayrilgan
D). Urug’kurtak taqa shaklida
6. Anatrop urug’kurtak qanday joylashgan?
A). Mikropil, urug` kertimi bilan qator joylashgan, urug’kurtak 180 º ga qayrilgan
B). Urug’kurtak mikropil bilan bir o’qda joylashgan
C). Nutsellus intigument bilan 90 º ga qayrilgan
D). Urug’kurtak taqa shaklida
7. Gemitrop urug’kurtakning tuzilishi qanday?
A). Nutsellus integument bilan 180 º ga qayrilgan
B). Nutsellus integument bilan funikulyusga qarab 90 º ga qayrilgan
C). Mikropil urug’ kertimi va funikulyus bilan bitta o’qda joylashgan
D). Nutsellus integument bilan taka shaklida
8. Kampilatrop urug’kurtak qanday joylashgan?
A). Nutsellus va integument bilan bir tomonga qarab rivojlangan.
B). Urug’kurtak 180 º ga qayrilgan
C). Nutsellus taqa shaklida
D). Nutsellus va integument 90 º ga qayrilgan
9. Amfitrop urug’kurtakning tuzilishi?
A). Nutsellus taqa shaklida joylashgan
B). Urug’kurtak 90 º ga qayrilgan
C). Urug’kurtak 180 º ga qayrilgan, mikropil va urug’ kertimi bilan yonma-yon joylashgan
D). Nutsellus va intigument bilan bir tomonga qarab rivojlangan
10. Yuksak o’simliklar urug’larining tarkibidagi endosperm qanday hosil bo’ladi?
A). Spermiyning markaziy hujayra bilan qo’shilishidan
B). Spermiylarning sinergidlar bilan qo’shilishidan
C). 1 ta spermiyning tuxum hujayrasi bilan qo’shilishidan
D). Changchining markaziy hujayra bilan qo’shilishidan
4 – TOPSHIRIQ. Atamalarga izoh bering.

  1. Androtsey – yunon. “andros” – erkak, “oykos”– uy ya’ni changchi

  2. Genitsey – uruģchi guldagi bir yoki bir necha urug‘chibarglar (megasporofillar)ning

yig‘indisi bir yoki bir necha ginetsey (ginye – ayol, urug‘chi)ni hosil qiladi. 3.Ornitofiliya − yunon. «ornis» – qush, «fileo» – sevaman. Afrika va Janubiy Amerika tropik о‘rmonlarida
о‘sadigan (yuqa, banan, kana va boshqa) о‘simliklarning gullari
mayda kushchalar (kolibra, asalsо‘rar) yordamida changlanadi.
Kо‘pchilik ornitofil gullar och qizil rangda bо‘ladi. Qushlar shu rangni
yaxshi ajratib, guldagi nektarni sо‘rish vaqtida changlarni о‘ziga yuqtiradi va boshqa gulga borib nektarni olish vaqtida gulni
changlantiradi.
4. Ontogenez − yunon. «ontos» – mavjud, yashab kelayotgan,
«genezis» – hosil bо‘lish
5. Sinkarp − yunon. «sin» – birgalikda, «karpos» – meva
5 – TOPSHIRIQ. Mikrosporogenez haqida ma’lumot tayyorlang
Mikrosporalarning ona hujayralardan hosil bо‘lish jarayoniga
mikrosporogenez (mikrospora –chang; yunon. genezis – hosil bо‘lish)
deb ataladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda changchilar mikrosporofill hisoblanadi.
Changchilar mikrosporangiy-changdon va uning uyalarida rivojlanadi.
Changdon changchi ipining ustki qismida joylashgan asosan ikki
palladan iborat. U xilma-xil: masalan, silkinmaydigan yoki
silkinuvchi, tebranuvchi (g‘allasimonlar, liliya va boshqalarda)
bо‘lishi mumkin.
Ontogenezining dastlabki davrida changdon hujayralari bir xil
bо‘lib, keyinchalik subepidermik hujayralar takomillashib
tashqi va ichki qavatga bо‘linadi. Ichki qavatdan changchini hosil
qiluvchi arxespor tо‘qimasi, tashqi qavati – (pariyetal – lot. pariyetalis
– devor) esa changdon devori, shuningdek changchining oziqlanishiga
sarf bо‘ladigan hujayralarga aylanadi.
Pariyetal qavatni hosil qiluvchi boshlang‘ich tо‘qima markazga
intiluvchi yо‘nalishda periklinal yoki tangental (uzunasiga, bо‘yiga)
va antiklinal (egilish, bukilish) bо‘linib, uch-tо‘rt hujayra qavati
yuzaga keladi. Bu, о‘z navbatida, vertikal va gorizontal bо‘linadi.
Natijada uch qavatdan tashkil topgan (tо‘rt uyali, chanoqli) changdon
hosil bо‘ladi. Changdonning usti epidermis, uning osti endotetsiy
(fibroz) va ichki tapetum (yunon. ichki parda) hujayra qavatlaridan
iborat.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda tapetum hujayrasining yadrosi mitoz
bо‘linib, tukchali va amebond hujayralar hosil qiladi. Tapetum
hujayralari quyuq sitoplazmadan iborat. Bu hujayralar ona mikrospora
tо‘qimalariga oziq moddalarni о‘tkazishda muhim fiziologik
ahamiyatga ega.
Endotsetsiy – mikrosporangi (changdon)ning eng tashqi qavatini
tashkil etadi. Uning ichki qatlam hujayralaridan kо‘p miqdorda fibroz
(tolalar) hosil bо‘ladi. Changdon yetilgan paytda fibroz qavatining
protoplazmatik suyukligi tez quriydi va changdonning ikkala
pallasining yorilishiga sabab bо‘ladi. Endotetsiy ostida 1–3 qator
mayda hujayralardan tashkil topgan о‘rta qavat joylashgan.
Mikrosporalar hosil bо‘lish vaqtida о‘rta qatlam hujayralari yemirilib
mikrosporaga oziq bо‘ladi.
Changdonning ichki tapetum qoplovchi qatlami muhim fiziologik
ahamiyatga ega, chunki spora hosil qiluvchi tо‘qimaga oziq moddalar
shu qatlam orqali о‘tadi. Tapetum hujayralari quyuq va mо‘l
protoplazma suyuqligiga ega. Chang tashkil topa boshlagan paytda
ularning protoplazmasi bir necha bor bо‘linib, natijada arxesporiy
protoplazma suyuqligi bilan о‘raladi. Arxesporiy hujayralari bо‘linib,
mikrosporalarning ona hujayralarini hosil qilish paytida tapetum
eriydi, ba’zan ayrim oilalarda tapetumning faqat pо‘sti erib,
protoplazma quyuqlashadi va mikrospora uchun oziq bо‘ladi.



Yüklə 22,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin