Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə8/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

ISHNI BAJARISH:





  1. O’quv qo’llanmalari va jadvallardan foydalanib, tripanosoma va leyshmaniyalarning tuzilishi va hayot siklidagi morfologik shakllarini rasmini chizish va ifodalash kerak. Tayyor mikropreparatlarda tripanosoma va leyshmaniyalarni mikroskopning katta ko’rsatgichi (immersion obyektivida)da topib, tuzilishini o’rganish.

  2. Dars mavzusi bo’yicha xulosalarni daftarga yozib qo’yish kerak.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Tripanosoma va leyshmaniyani sistematik o’rnini (tip, sinf, kenja sinf, turkum) aniqlang?

    1. Soxtaoyoqxivchinlilar, xivchinlilar, hayvonsimon xivchinlilar, kinetoplastida.

V) Soxtaoyoqxivchinlilar, sarkodalilar, nurlilar, protomonadlar.
S) Mikrosporalilar, xivchinlilar, quyoshlilar, evglenasimonlar.
D) Sporalilar, koksidiyasimonlar, hayvonsimon xivchinlilar, kinetoplastida.

  1. Tripanosomalar odam va uy hayvonlarida qanday kasalliklarni qo’zg’atadi?

    1. kuydirgi, bezgak, tulyaremiya;

V) uyqu kasalligi, suv ovru, kuyikish;
S) koksidioz, piroplazmoz, teylyarioz;
D) balantidioz, amyobiaz, lyamblioz.

  1. «Uyqu kasalligi»ni qo’zg’atuvchi tripanosomalarni tabiiy manba holida saqlanishida hamda ushbu parazitni tarqatishida qaysi hayvonlarning roli bor?

    1. antilopalar, kemiruvchilar;

V) antilopalar, sese pashshasi;
S) kemiruvchilar, sut emizuvchilar;
D) sese pashshasi, iskaptoparlar.

  1. Teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini qo’zg’atuvchilari tabiatda qaysi hayvonlarda manba holida saqlanadi?

    1. qoramollar, yirtqich hayvonlar;

V) kemiruvchi hayvonlarning barchasi;
S) qumsichqonlar, yumronqoziqlar, daydi itlar, bo’ri, chiyabo’ri;
D) antilopalar, qumsichqonlar, tulkilar.

  1. Odamga leyshmanioz kasalligi qo’zg’atuvchilarini qaysi qon so’ruvchi hasharotlar yuqtiradi?

    1. qon so’ruvchi kandalalar;

V) burgalar, bitlar;
S) kanalar;
D) qon so’ruvchi iskaptoparlar.

  1. Ichki (visseral) leyshmanioz kasalligida odamning qaysi ichki organlarining funksiyalari bo’ziladi:

    1. jigar, taloq, limfa bezlari, qon tomirlari;

V) ko’mik endoteliysi, muskul tolalari, nerv hujayralari;
S) ovqat hazm qilish organlari;
D) qon aylanish sistemasi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin