Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə1/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


HAKIMOV N.X., XAMIDOVA A.B.


PARAZITOLOGIYADAN AMALIY MASHG’ULOTLAR

(USLUBIY KO’LLANMA)

SAMARQAND – 2018


S O’ Z B O SH I


Parazitologiya fanining namunaviy o’quv dasturi evolyusiya jarayonida shakllangan obyekti «parazit-xo’jayin» tizimidagi organizmlarning o’zaro munosabatlari tahlil qilinar ekan ushbu bog’lanishda ikkala zvenolarning bir-biriga ta’sir etish darajasi hamda oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkinligini o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.


Parazitologiya fani dasturida yuqorida keltirilgan tizim haqida talabalarga nazariy bilimlarni berish bilan birga uning har bir bo’lim mavzulari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ham rejalashtirilgan. Ushbu mashg’ulot mavzulari fanning xususiy bo’limlari, jumladan zooparazitologiya (veterinariya parazitologiyasi), tibbiyot parazitologiyasi va qishloq xo’jaligi parazitologiyasi yoki agronomiya parazitologiyasi (fitogelmintologiya) fanlarining obyektlari bo’lmish va o’z xo’jayinlari orasida nisbatan keng tarqalgan parazitlarni bioekologik xususiyatlari, rivojlanishi, tarqalishi, yuqish yo’llari, zarari hamda ularning keltirib chiqargan kasalliklarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlari bo’yicha ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, bir xujayrali parazitlardan ichburug’ amyobasi, leyshmaniya va tripanosomalar, lyambliyalar, koksidiyalar, bezgak parazitlari, chorva hayvonlari va odamning turli ichki organlarida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar, madaniy o’simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar, shuningdek invazion va infeksion kasalliklarni qo’zg’atuvchilarini yuqtiruvchi qonso’rar bo’g’imoyoqlilar (kanalar, bitlar, burgalar, chivinlar, iskaptoparlar)ni qisqacha bioekologik xususiyatlari keltirilgan.
Uslubiy qo’llanma universitetlarning biologiya mutaxassisligi bo’yicha ta’lim oluvchi bakalavr va magistratura bosqichlari talabalariga tavsiya etiladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin