Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Mustaqil o’zlashtirish savollari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə14/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Mustaqil o’zlashtirish savollari





  1. Lyambliya va trixomonadalar taksonomik jihatdan qaysi tip, sinf, turkum va oilalarga mansub?

  2. Lyambliya va trixomonadalarni tuzilishi va hayot sikli xususiyatlarini ifodalang.

  3. Parazit ko’p xivchinlilar qanday ahamiyatga yega. Ularning zarari nimadan iborat?

  4. Qin trixomonadasi qanday tarqaladi. Uning salbiy faoliyati qanday jarayonlarda namoyon bo’ladi. Ular odamga qanday yuqadi?

  5. Lyamblioz va trixomoniaz kasalliklarining profilaktikasi qanday tadbirlardan iborat?

Mashg’ulot № 4


Mavzu: Koksidiya va toksoplazma. Tuzilishi va hayot sikllari. Rivojlanish xususiyatlari. Yuqishi, zarari va profilaktikasi.


Mashg’ulotning rejasi


  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mashg’ulot materialini so’rash va baholash.

  3. Koksidiya va toksoplazmaning tuzilishi va hayot sikllari.

  4. Jadval, slayd va animasiyalardan foydalanib, ularning tuzilishini namoyish qilish.

  5. Koksidiya va toksoplazmaning hayot sikllarini sxematik rasmlarini chizish va tahlil qilish.

  6. Mikroskopda mikropreparatlarni ko’rish.

  7. Mavzu materialini savol-javob orqali mustahkamlash va topshiriq berish.



Mashg’ulotning maqsadi. Koksidiyasimonlar sinfiga mansub koksidiyalar va toksoplazmalarning umurtqali hayvonlar va odamlar hayotida roli bo’yicha umumiy tushunchalarni o’zlashtirish.
Kerakli jihozlar va materiallar.Mikroskoplar, rangli jadvallar tayyor bo’yalgan mikropreparatlar , uslubiy qo’llanmalar, yelektron animasiyalar.


Umumiy tushunchalar. Koksidiyalar (Coccidida) Koksidiyasimonlar sinfiga 2500 ga yaqin turlar mansub bo’lib, ularning barchasi parazitlik bilan oziqlanishga moslashgan. Ushbu sinf vakillari ko’pgina umurtqasiz (halqali chuvalchanglar,
yumshoq tanlilar, bo’g’imoyoqlilar), ayrim umurtqali (baliqlar, qushlar, sut yemizuvchilar) hayvonlarda va odamda parazitlik qilib, ancha og’ir kechuvchi invazion kasalliklarni keltirib chiqaradi. Koksidiyasimonlarning hayot sikli xo’jayinlarini almashtirib turish, jinssiz, jinsiy va sporogoniya yo’li bilan ko’payishni amalga oshirish kabi ancha murakkab xususiyatlarni paydo qilgan. Jinssiz ko’payishda merozoitlarni, jinsiy ko’payishda gametalarni, sporogoniya yo’li bilan sporalar (sporozoitlar)ni hosil qiladi. Ushbu jarayonlarni quyonlar ichagida parazitlik qiluvchi quyon koksidiyasi (Eimeria magna)ning hayot sikli misolida ko’rib o’tish mumkin. Quyonlarda koksidiyalar turkumining 8 ta turi parazitlik qilishi aniqlangan. Shulardan biri Ye. magnaning ham hayot sikli uch bosqichdan, ya’ni shizogoniya (jinssiz ko’payish), gametogoniya (jinsiy ko’payish) va sporogoniya (spora hosil qilish)dan iborat. Shizogoniya va gametogoniya bosqichlaridagi jarayonlar quyonning ovqat hazm qilish sistemasida (ichak hujayralarida) o’tsa, sporogoniya jarayoni tashqi (kislorodli) muhitda o’tadi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin