Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Toksoplazmaning profilaktikasi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə17/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Toksoplazmaning profilaktikasi. Toksoplazmaning tarqalishi va uning oldini olishda yeng avval barcha toifadagi shifokorlar, yepidemiologlar, parazitologlar, biolog va veterinariya mutaxasislarning jalb qilinishi va faolligi talab qilinadi.
Toksoplazmozning tabiiy manbali kasallik yekanligini nazarda tutgan holda, uning yovvoyi hayvonlardan uy hayvonlariga yuqishi, ulardan yesa odamlar orasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Ayniqsa aholi yashaydigan joylarda daydi itlar va mushuklar asosiy manba bo’lib qolishini oldini olish maqsadida, ularni qirib tahlash kabi tadbirlarni qo’llash lozim bo’ladi. Iste’mol qilishga mo’jallangan go’sht va go’sht mahsulotlarini uy kemiruvchilari (sichqon va kalamush) dan himoyalash lozim bo’ladi.
Aholi orasida sanitar - gigiyenik va targ’ibot ishlarini olib borish, bolalarni mushuk va itlar bilan o’ynashini va yaqin munosabatda bo’lishini nazorat qilish,
bolalardan ovqatdan oldin qo’l yuvishga o’rgatish, homilali ayollarni barchasi tibbiy ko’rikdan o’tishini tashkil yetish kerak.


Rasm 9. Toksoplazmaning hayot sikli va xo’jayinlari


1 — mushuk xo’jayinining organizmida shizogoniya va jinsiy sikl bosqichlar o’tadi, 2, 3, 4 – oosistaning rivojlanish bosqichlari (har birida ikkita spora hosil bo’ladi, har bir sporada to’rtta sporozoitlari bor); 5 — sichqon xo’jayini organizmida qo’shimcha jinssiz ko’payish o’tadi (parazitning xo’jayin to’qimasidan ajratuvchi sistlar hosil bo’ladi). 7 – sinchqonlar homilasining zararlanishi

ISHNI BAJARISH:





  1. Yorug’lik mikroskopining x8, x40 raqamli obektivlarida koksidiya va toksoplazmadan tayyorlangan mikropreparatlarni ko’rish va tahlil qilish.

  2. Quyon koksidiyasi va toksoplazmaning hayot siklini ask yettiruvchi sxematik rasmni tahlil qilish hamda amaliyot daftariga chizish.




Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin