Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə6/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 2. Qoramollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei ning bo’linish

davri:


1-yadro, 2-bazal tanacha, 3-to’lqinlanuvchi membrana, 4-xivchin.

Tripanosomalarning bir qancha turlari uy hayvonlarida ham parazitlik qiladi. O’rta Osiyo va Qozoqistonda tuyalar, otlar va eshaklarda “suv ovru” kasalligini Trypanasoma evansi, Janubiy Osiyo davlatlarida qoramollarda T. brucei, otlarda esa kuyikish kasalligini qo’zg’atuvchisi T. eguiperdum kabilar taraqalgan. Uy hayvonlarida parazitlik qiluvchi tripanasomalarning birinchi ikki turini so’nalar tarqatsa, 3-nchi turi esa xo’jayinlarning jinsiy qo’shilishi vaqtida biridan ikkinchisiga yuqadi.


Leyshmaniyalar. Leyshmaniyalar ham tripanasomalar kabi odamda va bir qator umurtqalilarda og’ir kasalliklarni paydo qiladi. Odamda ikki turi ya’ni visseral leyshmaniozni keltirib chiqaruvchi Leishmania donovani va teri leyshmaniozini keltirib chiqaruvchi L. tropica lar parazitlik qiladi. Leyshmaniyalarning kattaligi 3-5 mkm, ovalsimon bo’lib, tanasining o’rta qismida yadro, uning yonida kinetoplast joylashgan. Xivchini bo’lmaydi. Odamning ichki organlaridan jigar, taloq, limfa bezlari, qon tomirlari va ko’mik endoteliysining hujayralari ichida yashaydi. Hujayra ichida ikkiga bo’linib ko’payadi. Ba’zan bitta xujayraning ichida 200 tacha parazit hosil bo’lishi mumkin. Zararlangan hujayra halok bo’lgandan keyin, leyshmaniyalar qon yoki limfaga o’tib, yangi sog’lom hujayralarni zararlaydi. Visseral leshmanioz bilan kasallangan odamning tana xarorati keskin ko’tariladi, darmoni quriydi, ishtahasi bo’ziladi, jigar va talog’i katta bulib ketadi, tana juda ozib ketadi. Davolanmasa kasallik o’lim bilan to’gaydi. Ushbu kasallikka ko’p xollarda yosh bolalar chalinadi. Kasallik quzg’atuvchilar tabiiy manba sifatida daydi itlarda, bo’ri va chiyabo’rida bo’ladi. Ular ham ushbu kasallik bilan og’riydi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin