Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Rasm 1. Ichburug’ amyobasi hayot siklining sxemasi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə3/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 1. Ichburug’ amyobasi hayot siklining sxemasi:


  1. hazm yo’liga tushgan sista; 2-amyobaning sistadan chiqishi; 3-4-ichak bo’shlig’idagi mayda vegetativ shakli; 5-yirik vegetativ shakli; 6-ichakdagi sistalar: 7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash chiqindilarda uchraydigan shakli.



ISHNI BAJARISH:





    1. Tayyor rangli mikropreparatlarda ichburug’ amyobasining sistalari, kichik va yirik vegetativ shakllarini mikroskopning 40-raqamli va immersion (90-raqamli) obyektivlarida tuzilishini ko’rish va ushbu shakllarning bir-biridan farqlarini aniqlash.

    2. Uslubiy (o’quv) qo’llanmalar va rangli jadvallardan foydalanib, ichburug’ amyobasining hayot siklini sxematik rasmini chizish. Rasmlarda ichburug’ amyobasining katta va kichik vegetativ shakllari, shuningdek sistaning tuzilish xususiyatlarini aniqlang va daftarga yozib qo’ying.

    3. Amyobalarning boshqa turlarni nomlarini ham yozib qo’ying.



Mavzu bo’yicha tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Ichburug’ amyobasining sistematik o’rni (sinf, kenja sinf, turkum)ni aniqlang

    1. Soxtaoyoqlilar,ildizoyoqlilar, chig’anoqli amyobalar;

V) Xivchinlilar, ildizoyoqlilar, amyobalar;
S) Soxtaoyoqlilar, ildizoyoqlilar, amyobalar;
D) Xivchinlilar, hayvonsimon xivchinlilar, protomonadalar.

  1. Ichburug’ amyobasining yirik vegetativ shakli (Ent. histolytica forma magna) o’zidan qanday birikma (modda)lar ajratadi va uning xususiyati nimadan iborat:

    1. ichak va qon tomirlar devorini yemiruvchi proteolitik (oqsilli) fermentlar;

V) xlorid kislotali moddalar;
S) sulfatli moddalar;
D) uglevodli birikmalar.

  1. Yer yuzi aholisining qancha miqdori ichburug’ amyobasi bilan zararlangan bo’ladi va bunday odam qanday zveno bo’lib hisoblanadi?

    1. Yer yuzi aholisining 5% ni va ular kasallikni tashuvchi manba bo’lib xizmat qiladi;

V) Yer yuzi aholisining 15% parazit bilan zararlangan va ular tashuvchi manba hisoblanadi;
S) Yer yuzi aholisining 25% va parazitni tarqatmaydi;
D) Yer yuzi aholisining 10% ni va ular parazitni tarqatuvchi manba bo’lib hisoblanadi.

  1. Ichburug’ amyobasining yirik va kichik vegetativ shakllarning oziqlanishida qanday farq mavjud?

    1. Yirik vegetativ shakli tirik to’qima va kichik vegetativ shakli mikroorganizmlar bilan oziqlanadi;

V) Ikkala vegetativ shakllari ham tirik to’qima bilan oziqlanadi;
S) Ikkala vegetativ shakllari ham qon bilan oziqlanadi;
D) Yirik vegetativ shakli – eritrositlar, kichik vegetativ shakli – bakteriyalar bilan oziqlanadi.

  1. Ichburug’ amyobasining yirik vegetativ shakli odamning ichki organlariga o’tib, qanday ko’rinishdagi kasallikni paydo qiladi?

    1. Odam muskul tolalari orasiga joylashib, yiringli yaralarni hosil qiladi;

V) Suyaklar ichiga kirib, uni yemirilishiga sabab bo’ladi;
S) Ko’zlarning ko’rish qobiliyatini pasaytiradi.
D) Jigarga o’tib, unda yiringli yaralar (absses)ni hosil qiladi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin