O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
O’rta bo’g’in rahbarlari (boshqaruv bosqichiga ko’ra quyi bo’g’in rahbarlarining 
faoliyatini uyg’unlashtiradi va nazorat qiladi). Keyingi davrlarda o’rta bo’g’in boshqaruvchilari soni 
va ahamiyati ortdi. O’rta bo’g’in raxbarlarining eng yorqin namoyondalari - bo’lim boshliqlari 
(biznesda), dekan, mintaqa bo’yicha savdo bo’limi boshqaruvchisi, shohobcha (tarmoq) direktori, 
tsex boshlig’i va h.k. Armiyada leytenantdan boshlab polkovnikkacha bo’lgan zobitlar o’z 
qismlarida o’rta bo’g’in rahbarlaridir. O’rta bo’g’in rahbarlarining faoliyati ham juda turli-tuman. 
Bazi tashkilotlarda o’rta bo’g’in rahbarlariga katta vakolatlar berilib, natijada ularning faoliyati 
muammolarni aniqlash, ijodiy tavsiyalar ishlash, boshqaruv qarorlari qabul qilish kabi vazifalarni 
hal etuvchi oliy bo’g’in rahbarlari faoliyatiga o’xshab ketadi. Masalan, sanoat korxonasidagi ishlab 
chiqarish bo’limi. Rahbar faoliyati quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtirish va 
boshqarish, maxsulot ishlab chiqarish to’g’risidagi malumotlarni tahlil etish, muhandis va boshqa 


yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi bo’linmalar rahbarlari bilan o’zaro aloqada bo’lishdan iboratdir. 
O’rta bo’g’in raxbarlari oliy va quyi bo’g’in rahbarlari o’rtasida vositachi sifatida amal 
qiladilar. Ular oliy bo’g’in rahbarlari boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun axborot 
tayyorlaydilar. o’rta bo’g’in rahbarlari ish vaqtining katta qismi barcha bo’g’in rahbarlari bilan 
muloqotda bo’lishga sarflanadi. 
Yuqori bo’g’in rahbarlari — oliy tashkiliy (institutsional) daraja vakillari. Ular uncha ko’p 
emas, hatto yirik korxonalarda ham bir necha kishidan iborat bo’ladi. Yuqori bo’g’in rahbarlari 
bo’lib, biznesda-direktorlar kengashining raisi, korporatsiya prezidenti, vitse-prezident, armiyada - 
general, davlat arboblaridan — vazir, oliy o’quv yurtida — rektor. 
İnstitutsional darajadagi rahbarlar faoliyati asosan uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarni 
ishlash, maqsadlarni belgilashdan iborat. Tashkilotni muhit o’zgarishga moslashtirish. Tashkilot va 
tashqi muxit, jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishdan iboratdir. Ular tashkilot uchun 
muhim qarorlarni qabul qilishda masuldirlar. Yuqori bo’g’indagi kuchli rahbarlar butun tashkilot 
faoliyatiga tasir etadi. Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi yuqori bo’g’in rahbarlari juda qadrlanadi 
va ular mehnatiga yuqori haq to’lanadi. Lekin ular lavozimning o’z qiyinchiliklari ham mavjud — 
yuqor bo’g’in rahbarlari kun davomida juda katta surat va hajmda ish bajaradilar, buning asosiy 
sababi - ular faoliyati aniq bir vaqt bilan chegaralanmaydi. Odatda bunday rahbarning ish haftasi 
60-80 soatga teng bo’ladi. 
Xulosa 
1. İshlab chiqarish jamoasi — ishlab chiqarish maqsadlari majmuini amalga oshirish uchun 
tashkil etilgan ishchilar guruhi. 
2. İshlab chiqarish jamoasining maqsadi jamoa talab va ehtiyojlaridan kelib chiqadi. 
3. İshlab chiqarish jamoasi rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. 
4. Boshqaruv - har qanday ishlab chiqarish jamoasi uchun muhim faoliyat. 
5. Jamoani boshqarish — boshqaruvni aniq amalga oshirish. 
Rahbar (boshqaruvchi)lar 3 ta toifaga bo’linadi: quyi bo’g’in, o’rta bo’g’in va yuqori 
bo’g’in. 
Savollar 
1. İshlab chiqarish jamoasi qaysi tamoyimar asosida tashkil etiladi? 
2. İshlab chiqarish jamoasi deganda nimani tushunasiz? 
3. İshlab chiqarish jamoasini boshqarish qaysi xususiyatlari 
bilan ajralib turadi? 
4. Boshqaruv tuzilmasini qaysi turi ishlab chiqarish jamoasini boshqarishga taalluqli? 
5. Boshqaruv ishining qaysi bo’g’in shakllari sizga malum ? 


3-mavzu: BOZOR İQTİSODİYOTİ ShAROİTİDA KORXONALAR FAOLİYaTİ 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin