O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti


Menejment fanining mazmuni va izlanish uslublari



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Menejment fanining mazmuni va izlanish uslublari 
Har qanday fan o’z mazmuni, nazariyasi va uslubiga egadir. Mazmun fan nima bilan 
shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan 
jarayon va hodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. 
İzlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday 
amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va 
o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim. 
Menejment mohiyati xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari 
(qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy
mehnat, ruhiy va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi 
xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro tasirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment
avvalo, kishilarni boshqarishdir. 
İqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv obekti mehnat jamoalari va alohida 
xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy 
unsurlari, yani mehnat qurollari va predmetlariga tasir etiladi. 
Boshqaruvning asosiy bilish uslubi - dialektik uslub. U menejmentga o’rganilayotgan 
ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi. 
Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqelik hodisalarini o’rganishga 
aniqtarixiy yondashuv; xo’jalik yuritish barcha elementlarini bir vaqtning o’zida tahlil qilish va 
to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil
iktisodiy tajriba va boshqalar. 
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri qo’llash, har bir aniq 
vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishdan iboratdir. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin