O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53


O’ZBEKİTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA TALİM VAZİRLİGİ 
 
BERDAQ NOMİDAGİ QARAQOLPOQ DAVLAT
UNİVERSİTETİ 

 
 
 
 
MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI

(5540500 To’qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi sohasi buyicha talabalar 


uchun) fanidan
MARUZALAR MATNİ 
 
Худайназарова Г. 
NUKUS – 2007 


KİRİSh 
Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tub o’zgarishlar, boshqarishning mamuriy 
buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o’tishi kishilar hayoti o’zgarishiga sabab bo’ldi, 
shaxs erkinligi, tadbirkorlik, ijodchilik masalalarini ilgari surdi. 
Respublika demokratiyaning umuminsoniy tamoyillariga asoslanib, ularga muvofiq eng 
muhim qadriyat — inson, uning hayoti, erkinligi, izzati, qadr-qimmati va boshqa huquqlariga 
og’ishmay amal qilib kelmoqda. Jamiyatdagi, iqtisodiyotdagi o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun insonlarning ijtimoiy qarashlarini o’zgartirish, ular yangi bilimlarni o’zlashtirishi 
uchun imkoniyat yaratish lozim. Bu bilimlarning muhim qismi - menejment mahorati va ilmini 
egallash hisoblanadi. 
Tor manoda menejment (boshqarish) kishilarga vazifani bajarish, o’zga kishilarning 
mehnati, zakovati, fel atvori sabablaridan foydalangan holda qo’yilgan maqsadga erishish 
qobiliyati; shuningdek, ishlab chiqarishni uning samaradorligini oshirish va foyda olish maqsadida 
boshqarish usullari, vositalari va shakllaridir. Menejment inson bilimining biznesni qanday amalga 
oshirishni tushunishgagina emas, balki turli vaziyatlarda hatoga yo’l qo’ymaslikka erishishga imkon 
yaratuvchi sohani ifodalaydi. 
XXI asrda menejment yanada rivojlantiriladi, u global muammolarni hal qilishda o’zining 
ahamiyatini oshirib boradi, ayniqsa inson omilini rivojlantirishda fan amaliyotda katta o’rin 
egallaydi. 
Bozorning maqsadi - ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotni, samarali boshqarish tizimlarini 
shakllantirish, ishlab chiqarishni istemolchilar ehtiyojlariga javob berishga qaratish fuqarolarning 
iqtisodiy erkinligiga erishish mehnatsevarlik, ijodkorlik va tashabbuskorlik, yuqori samaradorlikni 
rag’batlantirish uchun sharoit yaratishdir. 
Bozor mexanizmi, bir tomondan, mehnat, moddiy, moliyaviy omillardan mutanosib 
foydalanish uchun imkon bersa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishning moslanuvchan, fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlarini tez o’zlashtiruvchi bo’lishini talab qiladi. 
Bozor jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida nima ishlab chiqarish, qanday ishlab 
chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish zarurligi masalalarini hal etishga qaratilgandir. 
Bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik mexanizmini chuqurroq tushunish va ishni ilmiy 
asosda tashkil etishga yordam beruvchi boshqarish ilmini egallash umumiy ehtiyojga aylanadi. 
Menejment asoslari va xo’jalik yuritish mexanizmini bilish har bir rahbar, muhandis, iqtisodchi, 
tadbirkor, sotsiolog va huquqshunos, yani iqtisodiyot uchun zarurdir. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin