O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
 
 
 


1-mavzu: KURSNİNG PREDMETİ, VAZİFALARİ VA MAZMUNİ. 
 
Reja: 
1. Menejmentning mohiyati va vazifalari 
2. Menejment fanining mazmuni va izlanish uslublari 
3. Kursning mazmuni va vazifalari 
Tayanch iboralar: Menejment, biznes, tashkilot, tadbirkor, rahbar, ishbilarmon, bozor 
munosabatlari, boshqarish tizimi, foyda, iqtisodiy qonun. 
Menejmentning mohiyati va vazifalari 
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki 
- tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan hodda o’rganish lozim. 
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq istemol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda 
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. İjtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-
texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun 
sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. İjtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning 
maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya 
qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni taminlash va aholining kam 
taminlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. 
Mamlakatimiz Prezidenti İ. A. Karimovning «o’zbekiston iqtisodiy islohatlarni 
chuqurlashtirish yo’lida» asarida kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun 
yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan iboratligi, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish 
erkinligiga bo’lgan kafolatli Huquqni qaror toptirish hamda aholining mehnat va ijtimoiy faolligini 
oshirishdan iboratligini alohida takidlanadi. 
Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, 
ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. İshlab chiqarish rivojlanishi va 
iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda 
ajralib chiqadi. Mulkchilikningturli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar 
o’rtasida raqobat vujudga kelib, u ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’shtirishga yo’naltiriladi. 
Menejmentning asosini obektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi 
huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon 
bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning 
strategiya va taktikasini belgilaydilar. 
Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag’batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs 
va jamoa manfaatlarini samarali bog’lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai 
nazardan ishlab chiqarish egalari bo’lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, 
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi 
kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g’oyasi mehnatkash 
kishining obro’sini ko’tarishdan, chunki, iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning asosi bo’lib vijdonan 
va masuliyat bilan mehnat qilishga xizmat qiladi, ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin 
oshirish, o’z qobiliyatini to’liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarining umumiy 
tizimiga qo’yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat 
qilgan holdagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs, 
yani jamiyatga bog’liq va uning tasiri ostida bo’lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga 
bog’liq holda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog’liq holda hulqi, harakatlari) har doim ham 
ijtimoiy manfaatlar bilan emas, balki o’z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilar 
o’rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari, mehnat 
intizomi, faolligiga bevosita tasir ko’rsatadi va ularning harakatlarini tartibga soladi. 
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro tasirini, davlat 


boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo’lishini taminlovchi 
takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl 
maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini quchli demokratik huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin