O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Kursning mazmuni va vazifalari 
Menejment kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni 
tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va 
texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv 
faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga tasir usullarini 
shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini 
umumlashtiradi. İqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Boshqaruv 
nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va 
mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi. 
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor 
munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy 
himoyasini kuchaytirishga, kishilar manaviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir. 
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarining o’zini emas, balki ularni 
boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, yani ulardan muayyan ko’rinishlaridan aniq vaziyatda 
foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. İqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, 
tamoyillar va uslublardan foydalanish namunalarini ishlab chiqarish uning boshqarish nazariyasidan 
farqidir. 
Menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obektiv qonunlari talablarini 
hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida iqtisodiyotni 
samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo’naltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab 
chiqishdan iborat. 


Xulosa 
1. Jamiyatdagi tub iqtisodiy islohotlar insonlar taffakurining o’zgarishini talab qiladi. 
2. Marketing, menejment, iqtisodiy nazariya asoslari kabi yangi bilimlarni o’rganish 
zaruriyati tug’iladi. 
3. Aniq maqsadga yo’naltirilgan boshqaruv nazariyasini ishlab chiqish iqtisodiyotni 
samarali boshqarish demakdir. 
4. Menejment fani mazmuni - xo’jalik yuritishning barcha bo’g’inlarida boshqarishni tashkil 
etish mantig’i, shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat. 
5. Mehnatga qiziqish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o’ziga ishonish, yangi 
bilim va ko’nikmalarni egallashga ongli chorlash insonlarni boshqarish demakdir. 
 
Savollar: 
1. Menejmentga qanday bilimlar zarur ? 
2. Menejment nima? 
3. Menejer va tadbirkor qanday xususiyatlari bilan 
farqlanadi? 
4. Menejmentning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
5. Menejmentning amaliy qismi nimani o’rganadi ? 
6. Boshqaruv munosabatlari deganda nimani tushunasiz? 
7. Menejment fanining qanday usullarini bilasiz? 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin