3-§. Davlat suverenitetining e’lon qilinishI



Yüklə 40,5 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#130215
3-§. Davlat suverenitetining e’lon qilinishI


3-§. DAVLAT SUVERENITETINING E’LON QILINIShI

80- tarafdorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalari, SSSR xalq deputatlari syezdi va Oliy


1991-yil 19—21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rildi. «Favqulotda Holat Davlat Komiteti» tuzilib, SSSR Prezidenti M.Gorbachev zo‘ravonlik bilan o‘z vazifasidan chetlashtirildi. Fitnachilar Prezident vakolatlari vitse-prezident G.Yanayevga o‘tkazilganligini e’lon qildilar.

Fitnachilarning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.


Butun mamlakat uchun fojiali bo‘lgan o‘sha kunlarda O‘zbekiston rahbariyati, partiya, sovet tashkilotlari, korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari xalq saylagan deputatlar, barcha sofdil kishilar, xalqni sabr-toqat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ular barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar.
Faollar bilan uchrashuvlarda, respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiyasiga va konstitutsion tuzum qoidalariga rioya qilinajagi aytildi. Xalqqa Markazdan har qanday ko‘rsatmalar, turli va’dalar berilishi, dag‘dag‘alar qilinishiga qaramay, respublika o‘z siyosiy yo‘lidan qaytmasligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Hindiston safaridan qaytgan hamonoq — 19-avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni bajarishni man etdi. 20-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Bayonotda respublikada vaziyat barqaror ekanligi va favqulotda holat joriy etishga xojat yo‘qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi.
Shu kuni O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligi yana bir bor alohida uqtirildi.
Shuningdek, Murojaatda turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo, harbiy kuch ishlatishni ochiq-oydin qoralandi. Prezident xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.

1991-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan «Favqulodda Holat Davlat Komiteti»ning O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.


Islom Karimov «Favqulodda Holat Davlat Komiteti» faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida Bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byurosi va Markaziy Nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.


O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo‘mitasi qonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.


Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosa-batlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni taklif qildi.


Respublika Oliy Kengashi Rayosati 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Partiya nazorat komissiyasining 1991-yil 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MK bilan aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlardagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.


Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.


O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi. U o‘z nutqida 1991-yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19—21-avgust kunlari Moskvada «Favqulodda Holat Davlat Komiteti» a’zolarining odamlar boshiga azob-uqubatlar solishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini xalqqa ro‘yi-rost bildirdi. Alg‘ov-dalg‘ovli kunlarda ham O‘zbekistonning o‘z yo‘li va maqsadi borligi, bu xalq manfaatiga mos yo‘l ekanligi, qanday qilib bo‘lmasin, undan qaytmasligi aytildi. Prezident Oliy Kengashga O‘zbekistonning mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etdi.

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi (2-ilova). O‘zbekiston SSRning nomi «O‘zbekiston Respublikasi» deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi (3-ilova)


17 moddadan iborat bu Qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik uchun kurashning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida eng muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabrda bo‘lib o‘tgan yettinchi sessiyasida Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi shu munosabat bilan 1991-yil 18-noyabrda Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qarorda quyidagilar belgilangan edi:
1. 1991-yil 29-dekabr yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin.
21991-yil 29-dekabrda o‘tkazilgan umumxalq referendumiga 10 millionga yaqin kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94 foizi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat deb e’lon qilinishini yoqlab 9,7 million kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98 foizi ovoz berdi.

Referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.


O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini 4 oy mobaynida 60 dan ortiq davlat tan oldi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan 170 dan ortiq mamlakat diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.


O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish g‘oyasi Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida ilgari surilgan. Sessiyada Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar, xo‘jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g‘oyaviy mag‘zi, ya’ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada, 1992-yil bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 ta moddadan iborat yangi varianti ishlab chiqildi va u 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to‘qqizinchi sessiyasida 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8-dekabr mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.

1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.


1992-yil 2-iyulda Oliy Kengashning o‘ninchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritildi.
4-§. ISLOM KARIMOV — MUSTAQIL
O‘ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI
1991-yil oxirida O‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi sakkizinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikki nomzod — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Islom Abdug‘aniyevich Karimov hamda «Erk» Demokratik partiyasidan Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8,5 milliondan ortiq kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1,2 million saylovchi (12,3 foiz) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.

Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.


1992-yil 4-yanvarda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov quyidagicha qasamyod
keng miqyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 26-martda Prezident I.Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.

1995-yil 26-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumida O‘zbekiston xalqi mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishni yoqlab ovoz berdi.


Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilgan qarori va shu qaror asosida 1995-yil 26-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumi katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Bu kun mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o‘z xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 12,7 million saylovchidan 12,1 millioni ishtirok etdi. Bu esa ro‘yxatga olingan saylovchilar umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Islom Karimov uchun saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovga 4,2 foiz saylovchi ovoz berdi.

2000-yil 9-yanvarda o‘tkazilgan Prezidentlikka saylov yakuniga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq Islom Abudug‘aniyevich Karimov yana 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.


2002-yil 27-yanvar kuni «Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgartirilishiga rozimisiz?»,— mavzuida umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgartirildi. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti vakolati muddatini 2007-yilgacha cho‘zishga qaror qilindi.
Albatta, mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo‘lgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qilardi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda tanlandi
Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin