O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

deformatsiya moduli
ga, ya`ni kuchlanishni nisbiy deformatsiya nisbatiga qarab 
baho beriladi. Deformatsiya moduli qancha yuqori bo`lsa material shunchalik kam 
deformatsiyalanadigan bo`ladi.
Betonni siqilishish diagrammasi yoysimon bo`lgani bois uning deformatsiya 
moduli nisbiy kuchlanishga 

/R
bog`liq bo`ladi va kuchlanish ortgan sari kamayib 
boradi (1. 12 -rasm). Beton markasi qancha past bo`lsa deformatsiya moduli 
shuncha yuqori bo`ladi. Odatda 

/R
ni ma`lum qiymatida betonning boshlang`ich 
deformatsiya moduli yoki deformatsiya moduli aniqlanadi, masalan 

/R
pr
=0, 5
da.
Amalda deformatsiya modulining turli omillarga еmpirik bog`liqligi 
ishlatiladi. Temir-beton konstruktsiyalarni hisoblash uchun deformatsiya 
modulining beton mustahkamligiga bog`liqligi muhimdir.

/R
pr
=0, 5 
bo`lganda 
deformatsiya modulining o`rtacha ifodasini taqriban quyidagi formula bilan 
aniqlash mumkin 


R
b
/
3600
7
,
1
100000



.
Amalda deformatsiya moduli bu ifodadan ancha farq qilishi mumkin. 1. 4-
jadvalda ba`zi beton turlarining siqilishdagi deformatsiya moduli ko`rsatilgan.
Jadvaldan texnologik omillarning ta`siri katta еkanligini ko`rish mumkin.
Ba`zi beton turlari deformatsiya modulining o`rtacha ifodasi, MPa 
 1. 4 – jadval 
Beton 
Beton deformatsiyasi moduli, MPa, markalarda 
M 100 
M 300 
M 500 
Oddiy og`ir beton 
19 
34 
410 
Engil beton 
11 
19 

Mayda donali beton 
13 
23 
300 
Yuk ta`sirida konstruktsiyalarni hisoblash ularning holatini baholash 
betonning buzilishi boshlanadigan chegaraviy deformatsiya ayniqsa ahamiyatlidir.
Tajribalarda olingan ma`lumotlarga ko`ra betonning chegaraviy siqiluvchanligi 0, 
0015-0, 003 atrofida o`zgarib, beton mustahkamligi oshganda ko`tarilib boradi.


35 
Betonning chegaraviy siqiluvchanligi shuningdek deformativligi ko`proq bo`lgan 
komponentlar ishlatish va ularning tishlashishini etarli bo`lishini ta`minlash yo`li 
bilan ham oshirish mumkin. Betonning chegaraviy cho`ziluvchanligi 0, 0001-0, 
0015ni tashkil еtadi, ya`ni uning chegaraviy siqiluvchanligidan tahminan 15-20 
marta kam. Betonga plastiklashtiruvchi qushimchalar qo`shilishi, belitli sement 
ishlatilishi, to`ldiruvchi yirikligini kamaytirish yoki deformativ xususiyati yuqori 
bo`lgan to`ldiruvchilarni ishlatish uning chegaraviy cho`ziluvchanligini oshiradi.
Betonning siljuvchanligi deb uzoq muddat davom еtgan yuk ta`sirida uning 
deformatsiyalanishi tushuniladi. Siljuvchanlikning fizik tabiati hali etarli darajada 
aniqlanmagan. 
Biroq 
ko`pchilik 
tatqiqotchilar 
siljuvchanlikni 
plastik 
deformatsiyasi sement toshining plastik xususiyatlari va beton asosiy tarkibining 
o`zgarishi bilan bog`liq deb tushuntirishadi. Sijuvchanlik natijasidagi deformatsiya 
yuk tushganning birinchi davrida ko`proq kuzatilib so`ng asta-sekin kamayib 
boradi. Lekin ba`zan uni bir yildan oshiq yoshdagi betonda ham ko`rish mumkin.
To`la siljuvchanlik deformatsiyasi beton yuk ostiga quyilgandagi deformatsiyadan 
ko`p bo`lishi mumkin.
Betonning siljuvchanligi uning cho`kishidan boshqa bir qancha omillarga 
ham bog`liq bo`ladi. Ko`pchilik omillar siljuvchan deformatsiyaga cho`kish 
deformatsiyasi kabi ta`sir qiladi. Beton siljuvchanligiga sementning turi, suv 
sement nisbati, to`ldiruvchining turi va yirikligi, betonning zichlashtirish darajasi, 
yuk tushganda sementning gidratatsiyalanish darajasi, beton va atrof muhitning 
harorati va namligi, hamda namunaning o`lchami va betondagi nisbiy kuchlanish 
darajasi ham ta`sir qiladi. Sement miqdorining oshishi, suv sement nisbatining 
ortishi, to`ldiruvchi yirikligining kamayishi va uning deformativlik darajasini 
oshishi bilan masalan g`ovak to`ldiruvchilar ishlatilganda betonning siljuvchanligi 
ham oshadi.
Betonning siljuvchanligi bir marta yuk qo`yilgandagi S siljuvchanlik 
o`lchovi bilan o`lchanadi: 


/
tsd
Sil

,
bu erda 

tsd
– to`la siljuvchanlik deformatsiyasi.


36 
Siljuvchanlikning taqribiy o`lchovi quyidagi formula bilan o`lchanadi 


37 
5
4
3
2
1
0
n
n
n
п
п
t
S
S







(1. 13) 
 bu erda S
0
 – siljuchanlikning birlamchi o`lchovi bo`lib, qotishni tezlashtiruvchi vositalar 
qo`shilmagan oddiy portlandtsementli beton uchun 15, 2 · 10
-7 
va mustahkamligi yuqori beton 
uchun еsa 10, 2 · 10
-7
sm
2
/N ga teng deb olinadi; 

ni 
- yuk tushish vaqti, S/TS, sement sarfi, 
namuna kesmasining o`lchami va havo namligining ta`sirini hisobga oluvchi tuzatuvchi 
koеffitsiyentlar.
 
1. 13-rasmda 

n1 
tuzatuvchi koеffitsiyentlarning o`zgarish grafigi turli 
omillarning oddiy og`ir betonning siljuvchanlik deformatsiyasiga ta`siri 
ko`rsatilgan.
1. 14-rasm. 1:6 tarkibdagi beton αδ chiziqli kengayish harorat koеffitsiyentining 
to`ldiruvchi αt chiziqli kengayish koffitsiyentiga bog`liqligi 
ingichka chiziq - suvda qotish; qalin chiziq - havoda qotish.
 
Beton ham boshqa materiallar kabi issiqda kengayib sovuqda torayish 
xususiyatiga еga. O`rtacha olganda betonning chiziqli kengayish harorat 
koеffitsiyenti 

=10 · 10
-6
ni tashkil еtadi. Biroq real sharoitda bu ko`rsatkich 
betonning tarkibi, to`ldiruvchi va bog`lovchining hususiyatiga bog`liq bo`ladi. 
Sement toshi miqdori ko`payishi bilan 

koеffitsiyenti oshadi. To`ldiruvchining 
turi ham 

koеffitsiyentga ta`sir qiladi. Misol uchun granitli beton bilan tajriba 


38 
o`tkazilganda 

= 9, 8 · 10
-6
, keramzitda 

= 7, 4 · 10
-6
, oxaktoshli betonda еsa 


8, 6 · 10
-6
bo`lgan. Beton 

koеffitsiyentining to`ldiruvchi 

koеffitsiyentiga 
bog`liqligi 1. 14-rasmda ko`rsatilgan. Betonda fizik va kimyoviy o`zgarishlar 
bo`lmagan holatda haroratning 0 – 50 
0
S o`zgarishi quruq betonning 

koеffitsiyentiga kam ta`sir qiladi. Xo`l betonning harorati o`zgarganda harorat 
deformatsiyasi namli cho`kish yoki kengayish miqdoridan olinadi. Nam beton 
muzlaganda g`ovaklarida muz hosil bo`lib uning deformatsiyasiga jiddiy ta`sir 
qiladi. Ko`pincha beton 0
0
S darajadan past haroratda sovuganda hosil bo`layotgan 
muzning kengayishi natijasida kengayuvchi deformatsiya sodir bo`ladi.
Betonning harorat deformatsiyasi po`latning harorat deformatsiyasiga yaqin 
va shuning uchun ikkala material turli haroratda foydalaniladigan temir-beton 
buyumlarda birga ishlatiladi.

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin