49
birikmaga aylantirib CaO yuvilishini kamaytiradi. Bundan tashqari yuqoridagi
qo`shimchalar betonning suv o`tkazish xususiyatini ham kamaytiradi. Putstsolon
portlandtsement suv bilan sovuqning birga ta`siri istisno qilingandagina I tur
korroziyasiga chidamli bo`lishini ham aytib o`tish zarur.
Betonning I tur korroziyasiga chidamliligini oshirish uchun quyidagilar
ishlatiladi: a) zichligi yuqori beton; b) beton yuzasini tabiiy yoki sun`iy
karbonizatsiyalash; v) maxsus, xususan, putstsolan sement; g) beton yuzasini
gidroizolyatsiyalash; d) betonni qoplash yoki maxsus vositalarni shimdirish.
Korroziyaning II turida beton ketma-ket emirilmaydi. Betonning tashqi
muhitga ochiq yuzasida gidratlangan sement toshi struktura еlementlari, ba`zan еsa
sement klinkerining gidratlanmagan zarrasi buziladi. Yangi hosil bo`lgan
moddalarda agressiv muhitning kirishiga qarshi turadigan bog`lovchi xususiyat
ham etarli zichlik ham bo`lmaydi. Ular yuvilib yoki еrib betonning ichki
qatlamlari ochilib qoladi.
Tabiiy suvda korroziyaning korbonat angidritli suv ta`siri bilan bo`ladigan
turi ko`proq uchraydi. Karbonat angidrit H
2
CO
3
hamma suvda bo`ladi. Suvning
o`zi va tuproqda bo`ladigan jarayonlar suvda karbonat angidritni hosil qiladi.
Karbonat angidritda dissotsiatsiya ikki bosqich bilan bo`ladi:
Dostları ilə paylaş: