O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

 
 2. 2. Serg`ovak betonlar 
 
Tarkibida katta miqdorda o`lchamlari 1-1, 5 mm gacha bo`lgan mayda va 
o`rtacha kattalikdagi havoli g`ovaklari bo`lgan (betonning umumiy hajmidan 85% 
gacha) o`ta engil betonlar 
serg`ovak betonlar
deb ataladi. Serg`ovak betonlarning 
g`ovaklari asosan mexanik yoki kimyoviy yo`llar bilan olinadi. Birinchi holda 
bog`lovchi va suvdan tashkil topgan hamirga mayin qum va oldindan tayyorlangan 
ko`pik qo`shilib mexanik usulda aralashtiriladi.
Qotish natijasida g`ovaksimon 
ko`pikbeton
deb ataluvchi material olinadi.
Ikkinchi holda bog`lovchi material tarkibiga gaz hosil qiluvchi qo`shimchalar 
qo`shiladi va hamirda gaz paydo bo`luvchi reaktsiya ketishi natijasida ko`pchib, 
g`ovakli bo`lib qoladi. Qotgandan so`ng bu material 
gazobeton
deb ataladi.
Serg`ovak betonlar ishlatilish joylariga qarab zichligi 300-600 kg/m
3
va 
mustahkamligi 0, 4-1, 2 MPa bo`lgan issiqlik izolyatsilovchi va zichliklari 600-
1200 kg/m
3
va mustahkamligi 2, 5-15 MPa bo`lgan konstruktiv betonlarga 
farqlanadi.
Mamlakatimizda avtoklav yordamida olinadigan g`ovakli betonlar ishlatilishi 
keng tarqalmoqda, jumladan bunda beton 0, 8-1 MPa bosimdagi bug` 


68 
avtoklavlarida qotadi. Avtoklav serg`ovak betonlar quyidagi tarkibdagi 
qorishmalar orqali tayyorlanadi: 
а)
Sement va kvarts qumi qorishmasi bilan, bu holda qumning bir qismi 
maydalanadi; 
б)
maydalangan so`nmagan ohak va qisman maydalangan kvarts qumi; bu 
qorishmadan tayyorlangan betonlar ko`piksilikat yoki gazosilikat 
betonlar deb ataladi; 
в)
Sement, oxak va qumlarni har xil nisbatda qorishtirib olinadi.
Ba`zan qumni kul bilan almashtirilishi mumkin. Unda bu betonlarni 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin