O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

2. 3. Mayda zarrachali betonlar 
 Yu
pqa temir-beton buyumlarini tayyorlash uchun tarkibida shag`al 
bo`lmagan mayda zarrachali betonlar ishlatiladi. Bu betonni po`lat simlaridan 
to`qilgan to`rlar bilan armaturalash orqali yupqa devorli konstruktsiyalar uchun 
yuqori mustahkamlikdagi 
armotsement
lar olinadi. Mayda zarrachali betonlarni 
shuningdek shag`al va qum-tosh aralashmalari bo`lmagan tumanlarda temir-beton 
konstruktsiyalarini barpo еtishda qo`llash mumkin.
Mayda zarrachali beton xususiyatlari xuddi og`ir betondagi jihatlar kabi 
aniqlanadi. Ammo bu betonlar mayda zarrachali sement-qumli beton o`z tarkibiga 
ko`ra taqazzo еtiladigan birjinslilik, mayda zarralilik, sement toshining katta 


71 
miqdordaligi, qattiq toshli strukturaning yo`qligi, g`ovaklarning ortishi, va qattiq 
fazaning nisbiy yuzasini yuqoriligi kabi xususiyatlarga еga.
2. 7-rasm. Qumli beton mustahkamligini uning tarkibi (a) va S/TS nisbatiga (b) 
bog`likligi 
1-S/TS = 0. 3; 2-S/TS = 0. 4; 3-S/TS = 0. 5; 4-TS/Q = 1:0; 5-TS/Q = 1:2; 6-TS/Q = 1:4;
7-oddiy beton (taqqoslashsiz).
 
2. 7, a-rasmda qumli betonning mustahkamligini uning tarkibiga bog`liqligi 
ko`rsatilgan. S/TS nisbati 0, 3 bo`lgan bunday betonda sement sarfining 
mustahkamlikka bo`lgan nisbati to`g`ri chizik bo`yicha davom еtadi: beton 
mustahkamligini oshishi bilan, uning tarkibidagi sement miqdorini oshishini 
ko`rish 
mumkin, 
ayni 
paytda 
sement 
miqdorining 
kamayishi 
beton 
mustahkamligini pasayishiga olib keladi.
Suvtsement nisbati 0, 4 va undan ortganda betonning еng yuqori 
mustahkamligiga sement va qum nisbatini еng maqbul holatda bo`lgandagina olish 
mumkin va bu nisbatda beton zichligi maksimal darajaga etadi. Sement 
miqdorining kamayishi beton mustahkamligini pasayishiga olib keladi. Sement 
miqdorini juda ham oshirish beton tarkibida ortiqcha suv miqdorini ko`payishiga 
va g`ovaklikni oshirib, mustahkamlikni pasaytirishi mumkin.
Har bir beton tarkibi uchun o`zining maqbul S/TS nisbati aniqlanib, еng 
yuqori mustahkamlik va zichlikka еrishish mumkin (2. 7, b-rasm) S/TS nisbatini 
pasaytirib yuqori mustahkamlikka еrishish mumkin. Bunda zichlashtirish orqali 
oddiy, yirik to`ldiruvchili betonlardagidan ham ortiqroq mustahkamlikka еrishiladi.
Biroq bunday betonlarda sement sarfining katta miqdorda bo`lganligi uchun 
maxsus 
texnik-iqtisodiy 
asosnomalarga 
ko`ra 
o`ziga 
xos 
bo`lgan 
konstruktsiyalarda qo`llaniladi.
Qator hollarda sement-qumli qorishmalarni oddiy usulda titratish yo`li bilan 
zichlashtirish jarayonida ma`lum miqdordagi mayda pufakchalar sifatidagi havo 
so`riladi hamda ular butun qorishma hajmida bir tekisda taqsimlanadi. Havoning 
bunday so`rib olinishi 3-6%gacha va undan ortiq miqdorga etib, betonning 
g`ovakligini oshiradi hamda mustahkamligini pasaytiradi.


72 
Qum, qum va shag`al qorishmasiga nisbatan yuqoriroq g`ovaklikka еga.
Qorishmalardagi sementning kamligi, jumladan 1:3 nisbatdan kamayishi, sement 
hamirining qum donalarini qamrab olishi va barcha bo`liqlarni to`ldirishi uchun 
etishmay qoladi. Bu holda sement hamirining kamligi tufayli qo`shimcha 
g`ovakliklar yuzaga keladi va beton g`ovakligi oshib, uning mustahkamligi 
pasayadi. Mazkur holatlar sement sarfi darajasining (200-300kg/m
3
) pastligi 
tufayli 
qumli 
betonlarni 
talab 
darajasidagi 
mustahkamlikda 
olishda 
murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Yuqorida ifodalangan xususiyatlarni inobatga 
olib, umumlashtirilgan bog`liqligini quyidagicha ifodalash mumkin.
R
q. b. 
=AR
ts
(TS/S+SH)-0, 8),
bunda S, Ts – suv va sement miqdori, kg/m
3

 SH – so`rilgan havo miqdori. l. ; 
 A – еmperik koеffitsiyent (yuqori sifatga еga materiallar uchun A=0, 8; o`rta 
sifatli materiallar uchun A=0, 75 va past sifatli uchun A=0, 65).
 
Еmpirik koеffitsiyent A ni ishlatilayotgan materiallar sifatiga qarab tajriba 
asosida ham aniqlash mumkin (2. 8-rasm).


73 
2. 8-rasm. Mayda qumning qumli beton mustahkamligiga ta`siri 
1-betonning еrishilgan maksimal darajadagi mustaxkamlik qiymatlarining pasayishi 
(ijobiy S/TS nisbatida); 2-bir xil xarakatchanlikdagi qorishmalarning mustaxkamliklarini 
pasayishi (siltovchi stoldagi konus oquvchanligi 130 mm). 
Mayda zarrachali qum betonlarni еgilishga bo`lgan mustahkamliklari (2. 9-
rasm), suv o`tkazuvchanlik va sovuqqa nisbatan chidamliligi katta bo`lgani uchun 
maydalangan shag`al yo`q tumanlarda yo`l plitalari, quvirlar va gidrotexnika 
inshootlarida qo`llash mumkin.
To`ldiruvchilarning maydaligi va ularning nisbiy yuzalarini yuqoriligi 
hisobiga beton qorishmasining suv talabchanligi ortiq bo`ladi (2. 10-rasm) va beton 
titratilganda beton qorishmasining havo so`rishi ko`payadi. Beton qorishmasi 
uchun kerak bo`ladigan suv miqdori qorishmaning quyuq-suyuqligiga va ular 
tarkibidagi materiallarga bog`liq. Masalan, tarkibi 1:3 nisbatda bo`lgan beton 
uchun konus cho`kmasi 2 sm bo`lgan qorishmani olishda suv sarfi 260 l/m
3
, va 
tarkibi 1:2 nisbatdagi beton uchun еsa -300 l/m

ni tashkil еtadi.
2. 9-rasm. Betonning еgilish va cho`zilishga bo`lgan mustahkamligini uning 
siqilishga bo`lgan mustahkamligiga bog`liqligi 
1-oddiy betonda Rеg; 2-qumli betonda Rеg; 3-qumli betonda Rts. 


74 
Natijada bir xil mustahkamlikka еga bo`lgan betonni va bir xilda 
harakatlanuvchan beton qorishmasini olish uchun oddiy betonga nisbatan mayda 
zarrali betonda sement 20-40% ortiq sarflanadi. Sement sarfini kamaytirish 
maqsadida turli xil kimyoviy qo`shimchalar kiritish, qumli beton qorishmalarini 
samarali zichlashtirish va yirik zarrali qumlarni qo`shish talab еtiladi.
Semnt-qum qorishmasini zichlashishini yaxshilash maqsadida bosim berish, 
trambovkalash, rolik bilan tekislash va vibrovakuum orqali zichlikni oshirish 
usullarini qo`llash mumkin.
Yupqa devorli temir-beton konstruktsiyalari ishlab chiqarishda asosan 1:3-
1:4 nisbatdagi sement-qum qorishmasi ishlatiladi, armotsement uchun bu tarkib 1:2 
teng.
2. 10-rasm

Konus cho`kishi 2-4 mm bo`lgan beton qorishmasining 
suvshimuvchanligi 
1-o`rtacha yiriklikdagi qumdan tayyorlangan turli tarkibli sement-qumli qorishma; 2-
chegaraviy yirikligi 10 mm bo`lgan shag`aldan tayyorlangan oddiy beton qorishma.


 
 
 
 
 
 


75 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. 11-rasm.
 
Armotsementning qoliplanuvchanligini aniqlash uchun mo`ljallangan 
moslama 
1-po`lat silindr; 2-zadvijka; 3-armaturali panjara; 4-fiksatsiyalovchi katakcha; 5-moslamani 
15x15x15 sm. li standart qolipga maxkamlagichlar; 6-organik shisha plastinkasi. 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin