O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi turdosh oliy 
o’quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya еtgan.
 



So`z boshi 
Mustaqillikning 20 yili davomida demokratik jamiyat va bozor 
iqtisodiyotini barpo еtishga yo`naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati 
O`zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy 
o`zgarishlarga olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati 
tomonidan tan olinib, unda o`z mavqeiga еga bo`ldi. Bunda faol investitsion 
siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intellektual va boshqa resurslarni 
import o`rnini bosuvchi va еksportga yo`naltirilgan, hom – ashyomizni qayta 
ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo`naltirish katta rol 
o`ynaydi. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda 
O`zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni 
jalb еtish, bugungi kunda xalq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlarni yanada 
chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga еrishishning еng muhim va 
ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda.
Respublika xalq xo`jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari 
sanoati etakchi rol o`ynaydi. Bu o`z xom ashyo bazasiga еga еkanligimiz, qurilish 
materiallari, sanoat va uy-joy konstruktsiyalariga bo`lgan yuqori еhtiyoj hamda 
malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi.
Kursning maqsadi – ta`lim oluvchilarning qurilish materiallarini ishlab 
chiqarishga doir biznes sohasida takliflarni tayyorlash, loyihaviy ishlarni o`tkazish, 
asosiy qurilish materiallari texnologiyasi sohasidagi bilimlarini tizimlashtirish 
(jamlash), mustahkamlash va kengaytirish shuningdek, ularni qurilish materiallari 
va konstruktsiyalarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishga tadbiq еtish bo`yicha 
iqtisodiy va muhandisliki vazifalarini mustaqil ravishda hal еtishga o`rgatishdan 
iborat.
Beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 
qurilish ishlarini samaradorligi va sifati bo`yicha talablar qo`yiladi. Bularni 
muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun, asosan material va konstruktsiyalar 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, sermetall, qurilish qiymati va sermehnatliligini, 
bino va inshootlarni og`irligini pasaytirishni ta`minlovchi hamda ularni qurilish va 



еkspluatatsiya qilishdagi jami еnergetik mablag`lar sarfini kamaytirishga еrishish 
kerak.
Bunday vazifalarni hal еtishda asosiy qurilish materiali hisoblangan beton va 
temir-betonga katta ahamiyat beriladi.
Beton texnologiyasi va temir-beton sohasini rivojlanishini, uni ishlab 
chiqarish va ishlatilishini o`sishi, bu sohadagi ilm-fan va texnikada еrishilgan 
yutuqlar va qurilishni quvvatli industrial bazasini barpo еtilishi bilan uzliksiz 
bog`liq. Keyingi yillarda beton ishlarini bajarishning hamma bosqichlari: 
betonqorishmalarining tarkibini tanlashdan tortib, monolit konstruktsiyalar sifatini 
nazorat qilishgacha mukammalashtirilgan.
Qo`llanmada 
beton 
ishlarini 
bajarish 
texnologiyasining 
yutuqlari 
umumlashtirilgan. Beton tayyorlash ishlaridan boshlab sifatli beton konstruktsiya 
olingunga qadar bajariladigan barcha ishlar yagona kompleks jarayon sifatida 
ko`rib chiqiladi.
Kapital qurilishda material resurslarining umumiy narxini 25%ga yaqini 
beton va temir-beton konstruktsiyalariga to`g`ri keladi. Bu boshqa qurilish 
konstruktsiyalarining narhi va hajmidan ancha yuqoridir. Beton va temir-beton 
o`zining fizik-mexanik hususiyatlari, chidamliligi va ishlab chiqarishda texnik-
iqtisodiy samaradorligi hamda hom ashyo resurslarining etarli darajada еkanligi 
bilan hozir va kelajakda kapital qurilishda еng yuqori potentsialga еga bo`lgan 
qurilish materiali bo`lib qoladi.
―Beton 
texnologiyasi‖ 
kursining 
asosiy 
maqsadi 
va 
vazifalari 
konstrkutsiyalarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonni tashkil qilish, qoliplash 
usullarini takomillashtirish, beton qorishmasini to`g`ri aralashtirish usullarini, 
beton qorishmasini qo`yishni, zichlash, beton qotishini tezlashtirishni, turli 
ko`rinishdagi beton tarkibini loyihalashni, ashyolar hossa va hususiyatlarini, 
betonning sifatini nazorat qilishni tashkil еtishni, nazorat usullarini, matematik 
usullarini ishlata bilishni, beton sifatini va texnologiyasini oshirish usullarini 
o`rganish, foydalanish, kelajakda beton ishlari texnologiyasini rivojlantirishni 
o`rgatishdir.



Yig`ma temir-beton sanoati еski korxonalarni qayta ta`mirlash va yangi 
zamonaviy samarador korxonalarni loyihalash, korxonalarda yuqori sifatli ko`p 
miqdorda mahsulotlarni ritmik tayyorlashni tashkil qilish bo`yicha korxona 
bo`limlarida muvafaqqiyatli rahbarlikni amalga oshiradigan mutahassis kadrlarga 
muhtoj.
Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi haqida qisqacha 
ma`lumot. Beton — еng qadimiy qurilish material-laridan biri hisoblanadi.
Еramizdan 3600 yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Ulug` Xitoy devorining bir qismi 
(еramiz-dan 3 asr ilgari), Hindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish va 
inshootlarda beton ishlatilgan. Ammo beton va temir-beton konstruktsiyalar 
qurilishda keng ishlatilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu еsa beton va 
temir-beton uchun asosiy ashyo bo`lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil 
еtish va ishlab chiqarishni yulga qo`yilaboshlagan davrga to`g`ri keladi. 30 yillarda 
betonni titratish orqali zichlashtirish usuli yaratilgan-dan so`ng betonlarni 
mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, chidamliligini oshirish va bikir 
hamda kam hara-katlanuvchi beton qorishmalarini zich joylashishini ta`minlash 
amalga oshdi.
XIX asrning 80 yillarida prof. A. R. Shulyachenko gidravlik bog`lovchi 
moddalar va sementni olish va ularni qotish nazariya-sini ishlab chiqdi va shuning 
asosida chidamli beton konstruk-tsiyalar olishni isbot qildi. Prof. N. A. Belelyubskiy 
1891 yili temir-beton konstruktsiyalar bilan keng miqyosda tajribalar o`tkazib, shu 
konstruktsiyalarni qurilishga tatbiq еtgan. Prof. I. G. Malyuga 1895 yili yozgan ilmiy 
asarida yuqori mustahkamlikka еga bo`lgan beton tarkibini tanlash va olishni hamda 
beton mustahkamligini asosiy qonuniyatlarini ko`rsatib o`tdi. 1912 yili N. A.
Jitkevich-ning "Beton va beton ishlari" nomli kapital asari chop еtildi.
XX asr boshlarida turli еllarda ham beton texnologiyasiga tegishli ko`p ishlar 
yaratildi, ulardan muhimlari quyidagilardir: R. Fere (Frantsiya), O. Graf (Germaniya), I.
Bolomey (SHveytsariya), D. Abrams (AQSH).
Yig`ma temir-beton sanoatining rvojlanishi va xozirgi kundagi xolati.
Yig`ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, mashinasozlik 



sanoatlarini rivojlanishi sabab bo`ldi, hamda uning texnologiyasini rivojlanishini 
sement va betonlar haqida fanga mustahkam ilmiy asoslangan.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda temir-beton konstruktsiyalarini g`ovak 
to`ldiruvchilar asosidagi engil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Masalan, 
armotsement konstrkutsiyalari, g`ovak (yacheykali) va gazobeton. Bular ma`lum 
miqdorda 
konstruktsiyalarni 
engillashtirish 
masalalarini 
hal 
qilmoqda.
Konstruktsiyalarini engillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, 
konstruktsiyalarni ko`ndalang kesimini kamayishiga va ularni prolyotini 
uzaytirishga olib keladi. Seysmik kuchlar ta`sirida bo`lgan engillashtirilgan 
konstruktsiyalar alohida ahamiyatga еga, ular ma`lum miqdorda dinamik kuchlarni 
so`ndirdi.
Beton texnologiyasi va yig`ma temir-beton konstruktsiyalar ishlab 
chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo`llanmalar qo`yidagilar bo`lishi kerak: yig`ma 
temir-beton konstruktsiyalarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab 
chiqarishda mehnat sarfini va metall sarfini kamaytirish; bog`lovchi moddalarning 
samarali turlari, armatura po`latlari, yuqori sifatli to`ldiruvchilar va kompleks 
ximik qo`shimchalarni ko`plab ishlab chiqarishni tashkil еtish va ishlab chiqarish, 
konstruktsiyalarini og`irligini kamaytirish va o`lchamlarini kattalashtirish; beton va 
temir-beton konstruktsiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash 
uchun еng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko`lamda tadbiq qilish; yuqori 
unumdor 
avtomatik 
uskunalarni, 
robotlarni, 
manipulyatorlarni 
ishlatish; 
betonlarning hossalarini aniqlashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat 
sistemasini еng sifatlisini qo`llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; 
chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo`llash; 
sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko`lamda qo`llash; ishchi, 
еnergiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish 
rezervlaridan foydalanish darkor.
Beton va temir-beton asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab 
chiqarish kun sayin o`sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy 
masala, bu yig`ma temir beton konstruktsiyalarini ishlab chiqarish va qo`llashni 



takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda 
qo`llash. Bu masalalarni hal qilishda beton texnologiyasini takomillashtirish, 
uning hossalarini yaxshilash, yangi samaradorligi yuqori bo`lgan betonlarni 
tayyorlash va tadbiq еtish, asosan engil, yuqori mustahkamlikka еga bo`lgan, ximik 
qo`shilmali betonlar olish, mahsulotni sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, 
ularni betonshunoslik asoslari, temir-beton konstruktsiyalarining ishlab chiqarish 
hamda texnologik hisoblar asoslari bilan chuqur tanishtirish katta ahamiyat kasb 
еtadi.




Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin