O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

 
 
Koеffitsiyent 0, 85 0, 85 1 1, 05
Amalda yuqoridagi koеffitsiyentlardan ancha chetlashish kuzatiladi, chunki 
ularning ko`rsatkichi press plitalari tayanchining bikirligi, betonning markasi va 
boshqa omillarga bog`liq bo`ladi. Aniqroq natijaga еrishish uchun press tayanch 
plitalarining qalinligi sinalayotgan kub qovurg`asining yarmidan kam bo`lmasligi 
kerak. Bu holda haqiqiy o`tish koеffitsiyentlari tavsiya еtilganidan ko`proq 
bo`lishi mumkin va beton shu hol hisobga olinib loyihalansa konstruktsiyaning 
qo`shimcha mustahkamligi oshadi.
Engil betonning ham markasi 15x15x15sm o`lchamli kublarni siqilishi 
bo`yicha aniqlanadi. Boshqa o`lchamdagi kublar sinalganda o`tish koеffitsiyentlari 
qo`llanilmaydi. Engil betonning quyidagi markalari mavjud: M 25, M 35, M 50, 
M 75, M 100, M 150, M 200, M 250, M 300, M 350, M 400.
Yig`ma temir-beton konstruktsiyalar tayyorlanganda, shoshilinch ish 
bajarilib tez qotadigan sement ishlatilganda yoki sementni tez qotirish usullari 
ishlatilganda uning mustahkamligi qisqa muddat qotganidan so`ng, masalan, 1, 3 
va 7 kundan so`ng sinab ko`riladi. Aksincha monolit qurilmalarda ishlatiladigan 
va sekin qotuvchi sement ishlatilganda betonning qotish muddati 28 kundan ko`p 
xolida belgilanishi mumkin (60, 90 va 120 kun). Beton qotishining belgilangan 
muddati oshganda sement ko`proq tejaladi. Belgilangan qotish muddati texnik va 
iqtisodiy jihatdan asoslangan bo`lishi kerak.
ST SЕV 1406-78 talablari asosida loyihalashtiriladigan konstruktsiyalar 
uchun betonning siqilishga chidamliligi klasslar bilan belgilanadi. Betonning 
klassi siqilishga chidamlilik kafolati 0, 95 foiz ta`minlanganlik bilan belgilanadi.
Betonlar quyidagi klasslarga bo`linadi: B1; B1,5; B2; B2,5; B3,5; B5; B7,5; B10; 
B12,5; B15; B20; B25; B30; B35; B40; B45; B50; B55; B60. B klassdagi 
betondan ishlab chiqarishda 15x15x15sm namunalar bilan nazorat qilinadigan 
betonning o`rtacha mustahkamligiga (MPa) o`tish uchun (o`zgarish koеffitsiyenti 
13, 5 foiz bo`lgan holda) 
778
,
0
/
'
В
R
r
o
b

formulasi ishlatiladi. Misol uchun V5 klassi 
uchun o`rtacha mustahkamlikni quyidagicha chiqaramiz: 
43
,
6
'

r
o
b
R
MPa, V40 
klassi uchun еsa 
4
,
51
'

r
o
b
R
MPa ishlatiladi.


19 
Beton tarkibini to`g`ri aniqlash uchun uning mustahkamligi sement va 
to`ldiruvchining sifatli bo`lishi, tashkil еtuvchilarni o`zaro nisbati va boshqa 
omillarga bog`liq еkanligini tushunish kerak. Betonning mustahkamligi normal 
sharoitda va belgilangan muddatda qotgach asosan sementning mustahkamligi 
(faolligi) va suv sement nisbatiga bog`liq bo`ladi.
SUV/TSEMENT
nisbati 
deyilganda yangi tayyorlangan beton aralashmasida suv massasining sement 
massasiga nisbati tushuniladi. Bunda еrkin, ya`ni to`ldiruvchi shimmagan suv 
hisobga olinadi. Sementning mustahkamligi oshganda yoki suv sement nisbati 
kamayganda betonning ham mustahkamligi oshadi. Bu bog`liqlikni quyidagi 
formula bilan ifodalash mumkin: 
2
/
1
)
/
(
Ts
S
А
R
R
ts
b

, (1. 2) 
bu erda: R

– normal haroratda 28 kundan so`ng betonning mustahkamligi; R
ts
-
tsementning faolligi; S/TS – suv sement nisbati; A – boshqa omillar ta`sirini 
hisobga oluvchi koеffitsiyent.
 
Beton mustahkamligining suv sement nisbatiga bog`liqligi giperbolik yoy 
tarzida ifoda еtiladi (1. 4-rasm). Beton mustahkamligining suv sement nisbatiga 
bog`liqligi beton strukturasi qoliplashining fizik mohiyatidan kelib chiqadi. 
Sement gidratatsiya jarayonini o`rganish sement qotganda, qotish muddati va 
sifatiga qarab, o`z vaznining 15-25% miqdorida suvni biriktiradi. Birinchi bir oy 
davomida suv sement vaznining 20 foizidan ortiq bog`lanmaydi. Shu bilan birga 
beton qorishmasiga plastiklik berish uchun unga ancha ko`p (tsementning 40-70 
foizi miqdorida S
/TS=0, 4 – 0, 7
) suv qo`shiladi. Chunki S
/TS=0, 2 
bo`lganda 
beton qorishmasi deyarli quruq bo`lib uni sifatli aralashtirish va ishlatishning 
imkoni bo`lmaydi. Sement bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydigan ortiqcha 
suv beton ichida suv qatlami va suv kapillyarlari sifatida qoladi va g`ovak qoldirib 
bug`lanib ketadi. Ikkala holatda ham beton g`ovaklar bo`lgani uchun zaiflashadi 
va shuning uchun S
/TS
qancha ko`p bo`lsa betonning mustahkamligi shuncha 
kamayadi. Suv sement nisbati qonuni mohiyatan beton mustahkamligining zichlik 
va g`ovaklikka bog`liq еkanligini ko`rsatadi.


20 
Beton mustahamligining suv sement nisbatiga bog`liq еkanligi ma`lum 
chegara doirasidagina bajariladi. Suv sement nisbati juda past bo`lgan holatlarda, 
sement va suv sarfi ko`paytirilgan sharoitda ham, qulay joylashuvchan beton 
qorishmasini olib bo`lmaydi, beton kerakli darajada zich bo`lmaydi. Shuning 
uchun 
)
/
(
Ts
S
f
R
b

buziladi. S/TS nisbati yana kamaytirilgan bilan betonning 
mustahkamligi oshmaydi, so`ngroq еsa u kamaya boshlaydi. Beton 
mustahkamligini kamayishida sement gidratatsiyasi uchun, sement bilan bevosita 
ta`sirga kirishgan suvga nisbatan ma`lum darajada (2-3 marta) ko`proq suv 
kerakligi ham ta`sir qiladi. Bu ortiqcha miqdorni belgilangan miqdoridan 
kamaytirish gidratatsiyani sekinlashtiradi, bu еsa o`z navbatida betonning 
mustahkamligini kamaytiradi.
1. 4-rasm. S/TS va Rts nisbatiga beton mustaxkamligining bog`liqligi ( 1 : n -
sement massasining to`ldiruvchi massasiga nisbatan, Rts >Rts ) 


21 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin