9
1. 1-rasm.
Betonning buzilish xarakteri
a - to`ldiruvchi buzilmagan xolda sement qorishmasi bo`ylab; b - to`ldiruvchi
donalarining yorilishi bilan ; v - aralash xolda buzilishi (buzilish yuzasi uziq chiziq
bilan ko`rsatilgan).
Betonning mustahkamligi integral xususiyat bo`lib u betonning komponentlari,
tarkibi, tayyorlanish sharoiti, qotishi, ishlatilishi va sinashga bog`liq bo`ladi. O`z
navbatida betonning mustahkamligi uning bir qancha omillari bilan ham
bog`liqdir.
Betoning mustahkamligi namunani yuk ta`sirida sinab ko`rish bilan
aniqlanadi. Sinovda betonning yukka chidamlilik darajasini o`rganib
mustahkamligini
bilish yagona maqsad еmas, asosiy maqsad - еskpluatatsiya
sharoitida betonga ta`sir еtuvchi kuchlar so`nggi qiymatiga etmasada uning ko`p
yil ishlashi, darz hosil bo`lishiga chidamliligi va boshqa xususiyatlarining etarli
еkanligini bilishdir.
Betonning yukni qanday qabul qilishi va buzilish xususiyatlarini ko`pchilik
olimlar tatqiq еtishgan. Buziluvchi yuzaning ikki hil bo`lishi aniqlangan (1. 1-
rasm).
Birinchi holatda, to`ldiruvchining cho`zilishdagi mustahkamligi qorishma
yoki sement toshi mustahkamligidan yuqori bo`lgandagi buzilish, to`ldiruvchi
donalarini chetlab o`tib qorishmaning o`zida hosil bo`ladi. Ikkinchi holatda,
to`ldiruvchining mustahkamligi qorishmaning mastahkamligidan kam bo`lganda
buzilish qorishma va to`ldiruvchi donalarida yuz beradi.
Aralash buzilish holatlari
ham bo`lishi mumkinki, bunda to`ldiruvchi donalari va qorishmaning
Dostları ilə paylaş: