1 – Maruza «Uy ro‘zg‘or asoslari» faniga kirish. Reja: «Uy ro‘zg‘or asoslari»



Yüklə 33,29 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü33,29 Kb.
#120800
1 – Maruza «Uy ro‘zg‘or asoslari» faniga kirish


1 – Maruza «Uy ro‘zg‘or asoslari» faniga kirish.
Reja:

  1. «Uy ro‘zg‘or asoslari» fanining maqsadi va vazifalari.

  2. Uy ro‘zg‘or asoslari tushunchasi va mazmuni.

  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fanida “Uy ro‘zg‘or asoslari” bo‘limining mazmuni.

Ur-ro‘zg‘or ishlari deganda biz nimani nazarda tutamiz? Uy-ro‘zg‘or ishlari eng avvalo o‘z-o‘ziga xizmat qilish, uy-joy xo‘ja-lik anjomlariga qarash, ularni tozalash, ozoda tutish va shu kabil ar tushuniladi. Bu ishlarning hammasi uy bekasi zimmasida ekani haqida ham gapirdik. Ularning ishini nisbatan yengillash-tiradigan maishiy texnika (changso‘rgich, kir yuvish mashinasi) hozir qariyb hamma xonadonda bor. Lekin hamon uy ishi ayollar-ning ko‘p vaqtini ham, quvvatini ham o‘g‘irlaydi.


Ingliz olimlarining hisobiga ko‘ra, kir yuvish va ularni yoyish uchun traktorda ishlashga nisbatan, oynalarni yuvish uchun esa avtomashina haydashga nisbatan ko‘p energiya sarf bo‘lar ekan. Bir soat ichida kiyim-kechaklarga dazmol urish uchun sarf bo‘lgan energiya g‘isht teruvchi sarflagan energiyaga teng ekan. Bir kunning o‘zida ham uy ko‘tarib, ham kir yuvib, ham oyna artib yana dazmol-lab olgan vaqtlarimiz oz bo‘lganmi? Dam olish kunlari bu ishlar asosiy dasturimiz-ku, deguvchilar ham topiladi. Davlat ishida erkaklar bilan teng xizmat qilsak ham uy ishida ulardan ancha ko‘p mehnat sarf qilishimiz ham rost.
Ana shu mehnat ortida aksariyat bir xilligi bilan zerikarli tuyiladigan ovqat pishirish, uy yig‘ishtirish, kir yuvish, turli pishiriqlar tayyorlash, non yopish, sigir sog‘ish, gullarni parva-rishlash, yana farzandlar tarbiyasi, ularni oq yuvib, oq tarash, mehmon kutish kabilar turadi.
Ayollar erkaklarga qaraganda ikki barobar, ya’ni ishda ham, uyda ham mehnat qiladilar. Ayniqsa qishloq sharoitida yashayotgan ayollarga juda qiyin. Ular dalada ishlab kelib uyida ham dam olol-maydilar. Umuman ayollar ish ko‘pligidan o‘zlariga qaray olmaydi-lar. Ularning dam olishga bo‘sh vaqtlari bo‘lmaydi. Doimo uy tash-vishlari bilan band bo‘ladilar. Bora-bora asablari taranglashadi, serjahl bo‘lib qoladilar. Ko‘pincha bo‘sh vaqtlari yetishmagani tufayli hayot quvonchlaridan ham bahramand bo‘la olmaydilar. Ayni shunday sharoitda yana «Baxtlimisiz?» degan savolga ular:
— Ha, baxtliman, chunki oilam bor, farzandlarim bor, uyim-da men sevganlar va meni suyganlar bor! — deb javob beradilar. Bu baxtning to‘liqligi va boqiyligini ular avvalo erlari-ning ularga, oilaga munosabatida ko‘radilar. Agar er xotinini hurmat qilsa, u albatta, uy ishlarida xotiniga yordam berishga harakat qiladi.
Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida «Yaxshi xotin — oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam, osoyishtaligi undan. Husnli bo‘lsa — ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa — ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar pokiza va sarishta turadi. Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, oshkor va pinhoniy dard-alamda hamnafas va mahoratga ega bo‘la­di»^ deb ayolning hayotdagi o‘rniga munosib baho bergan.
O‘z juftini ayagan erkak uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlarini badastir, bekami-ko‘st bo‘lishini o‘z zimmasiga oladi. Bozor-o‘char, savdo-sotiq ishlari bilan asosan o‘zi shug‘ul-lanadi. O‘g‘illarni ham yoshlikdan shunga odatlantirgan ma’qul. Uy-ro‘zg‘ordagi barcha og‘ir yumush — ekin-tikin ishlari, mol-holni parvarishlash, o‘tin yorish, uzoqdan suv yo biron buyum keltirish (sharoitga qarab), uylarni oqlash, eshik-derazalarni bo‘yash, farzandlarni, ayniqsa o‘g‘il bolalarni ishga sola bilish, ularga kasb-hunar va xarid ishlarini o‘rgatish erkak — otaning vazifasi. Ayniqsa, dam olish kunlari erkaklar pazandalikni o‘z zimmalariga olsalar — bu ayolga rohat, huzur bag‘ishlaydi. Ayolning sog‘lig‘iga, kayfiyatiga erkak ziyrak qarasa, bu uzoq umr garovidir. Ayolga og‘ir yuk ko‘tartirmaslik, ro‘zg‘orni uning zimmasiga tashlab qo‘ymaslik, ayolga yaxshi muomalada bo‘lish — erning vazifasi. Payg‘ambar alayhissalom «Xulqi yaxshi mo‘min iymoni komil mo‘mindir. Xotinlariga yaxshi bo‘lganlar sizlar-ning yaxshilaringizdir», degan edi.1
Ro‘zg‘ordagi ko‘pgina yumushlarni qizlar bajaradilar. Qiz bola onaning birinchi yordamchisi hisoblanadi. Oilada yaxshi tarbiya-langan qiz bola ro‘zg‘ordagi barcha yumushlarni onasiga tashlab qo‘ymasdan unga ko‘maklashadi. Qizlar uy tozalash, hovli supurish, kir yuvish, ovqat pishi-rish, xamir yoyish, turli-tuman pishiriklar pishirish, sigir so-g‘ish, ukalari va singillariga qarash, bichish-tikish, kiyimlarni dazmollashni ancha erta o‘rganadilar va onaning og‘irini yengil qiladilar. Agarda onalari ishdan, dala ishlaridan uylariga char-chab kelsalar, uylarida hammayoq saranjom-sarishta, ovqat pishi-rilgan, kir yuvilgan bo‘lsa, ular qizlaridan minnatdor bo‘lishla-ri tabiiy. Qiz bolalar ota-onasiga ko‘proq mehribon bo‘ladi. Ota-onalari qarigan chog‘ida ham ulardan tez-tez xabar olib turadilar.
Uy-ro‘zg‘or ishlarini bilish ham o‘ziga yarasha san’atdir. Agar qizlar bu san’atni puxta egallasalar, ular kelajakda turmush qurib, boshqa xonadonga kelin bo‘lib borganlarida ham uyro‘zg‘or ishlarini bajarishda qiynalmaydilar. Yaxshi tarbiya kurgan qiz o‘z uyida ham, kelin bo‘lib tushgan joyida ham izzatda, hurmatda yashaydi, o‘z obro‘siga ega bo‘ladi. Axir xalqimiz yaxshi qiz — uy obrusi deb bejiz aytmaganku. Ro‘zg‘orda o‘g‘il bolalarning ham o‘z o‘rni, ular bajaradigan yumush-lar ham bor. Uy tozalash va kir yuvishda o‘g‘il bolalar qizlarga, onaga, kelinoyisiga yordam berishi kerak. Aksariyat oilalarda o‘g‘il bolalar sabzi to‘g‘rash, osh damlash, norin go‘shtini to‘g‘rash, sho‘rva, jarkob pishirishni yoshliqsan o‘rganib boradilar. O‘g‘il bolalar — tabiatan nozik qizlarning suyangan tog‘i, shuning uchun ham qizlar­ga har qadamda yordam berib, ularning sog‘lom kelajagini muhofaza qilib borishlari ham qarz, ham farz.
O‘g‘il bola duradgorlik, g‘isht terishni, uy-ro‘zg‘or ishidan suv yo‘llari, elektr asboblarini tuzatish, ekin-tikinga qarashni, uy-ro‘zg‘orga kerakli buyumlar, oziq-ovqatlarni xarid qilishni yoshlikdan o‘rgangani ma’qul. U kelajakda ro‘zg‘or tebratuvchi, oila boshlig‘i bo‘lishi kerakligini his qilib turishi kerak.
O‘g‘il bola bir so‘zli, qat’iyatli, irodali, mard, dono, aqlli bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topib ketadi. O‘g‘il bola o‘zini ozoda tutishi, o‘z ichki kiyimlarini o‘zi yuvib, ustki kiyimlarini tez-tez tozalab, dazmollab kiyishi, doim ziyrak va a’lo kayfiyatda yurishi kerak. O‘g‘il bola — kelajakda Vatan posboni, el-yurtning ishongan tog‘i ekanligini unutmasligi lozim.
Xalqimiz uy — mo‘jaz vatan deb bejiz aytmagan. Ana shu vatan ichi ayollarga topshirilgan. Unda bajariladigan ishlar o‘ziga xos san’at bo‘lib, uni egallagan ayolning qadri oshib, o‘zligini namoyon qiladi. Yana uy tutish, ro‘zg‘or yuritish bekalarni o‘ylab, chamalab, hisob-kitob bilan, eng asosiysi — yaratish ishtiyoqi bilan ishlashga o‘rgatadigan o‘ziga xos fan hamdir. Negaki ayol kishi, ya’ni beka taomlar qanday hozirlanishini, dasturxon qanday tuzalishini, bir uyning kerakli narsalari nimalardan iboratligini, iste’mol qili-nadigan masalliqlar bahosi qanchaligini, oila a’zolarining ham- masiga qancha ovqat kerakligini bilishi kerak. Chetdan olinganda qimmatga tushadigan narsalarni ozroq pulga masalliq olib o‘zi pishirsa arzon tushsa, tadbirkor bekalar uni o‘rganishdan erinmaydilar. Uy deganda hammamiz dilimiz halovat topadigan, ko‘nglimiz yaqinlarimiz qurshovida oroyish oladigan maskanni tushunamiz. Ana shu maskanni qanday tutish to‘laligicha ayol — beka qo‘lida. Garchi ular tutgan maskan biri-biriga o‘xshamasa-da aksariyat be-kalarga qo‘yiladigan talab bir xildir. Bekalar o‘z uylarida muay-yan mutanosiblik va uyg‘unlikni saklamoqlari, uylari go‘zal va ozoda, saranjomu sarishta, unda istiqomat qiladiganlar uchun qulay bo‘lishi kerak. Beka didli, farosatli, uquvli va rasta bo‘lsa, hatto kichik va hashamsiz xonalarini ham avvalo shu xona-don a’zolariga, qolaversa boshqalar ko‘ziga ham go‘zal va oroyish-li ko‘rsata oladi. 2



1 Настольная книга по домоводству. 1000 практических советов на все случаи жизни / Сост. Маричева Ю.С., Потапкин С.В.: Центрполиграф; Москва; 2011

2 G`M.Abduqodirov Kasb ta`limi praktikumi. Toshkent «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadoklik kompaniyasi bosh tahriyati. 2012



Yüklə 33,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin