Mening oilam mening faxrim

Yüklə 16,27 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü16,27 Kb.
#131186
MENING OILAM MENING FAXRIM

MENING OILAM MENING FAXRIM
Oila.
Oila bu muqaddasdir, oila bu jamiyat.Agar oilamiz tinch bo’lsa jamiyatimiz ham tinch bo’ladi. Oila bu xursandchilik va hotirjamlik maskanidir.Dunyoda hech kim o'z oilasini tanlamaydi , chunki oila bu Olloh tomonidan berilgan ne'matdur. Oila tinch-totuvligi bu bizning qo'limizda, agar biz oilamizni asrab avaylamasak oilamizdagi hotirjamligimizni yo’qotib qo'yamiz. Oila bizning eng yaqinlarimiz, sirdoshlarimiz, mehribonlarimizdan iboratdir
Ota-onamiz, ukalarimiz,doda-buvilarimiz. Har bir olianing o’z boshi bo’ladi albatta bu adajonlarimiz. Oilaning saranjon, sarishtaligi, ahil inoqligi onalarimiz zimmasida. Biz farzandlar esa ularga chiroyli itoat va hurmat qilishimiz kerak. Oila mustahkamligi uchun inson sabrli, itoatli, mehr-muhabbat, fidoyilik va insof-diyonat kabi xislatlar bo’lishi lozim Oilamizni mustahkam bir daraxtga o’xshatsak,uning baquvvat ildizlari OTA-ONAMIZ va shoxlari biz farzandlarmiz. Ildizi mustahkam daraxt hech qachon sinmaydi va doimo baquvvat bo’ladi.

OILANING JAMIYATIMIZDAGI O’RNI.
Oila – Vatan ichra mo‘jaz Vatan. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan yuksak ma’naviy tuyg‘u, hayotiy tutumdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Davlatimiz rahbarining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida bu borada bajarilajak ezgu ishlar, muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan. Inson jamiyat bilan hamnafas yashashga ko‘nikkan. Yolg‘izlikda uning orzu umidlari, maqsad muddaolari ro‘yobga chiqishi amrimahol. Binobarin, u ko‘nglining oromi, naslining davomi uchun oila ko‘radi. Har bir inson oila muhitida kamolga yetar ekan, oilaning barqarorligi, mustahkamligi va farovonligi jamiyat taraqqiyotining eng asosiy shartlaridandir.
2012 yilga “Mustahkam oila yili” deb nom berilishi inson , oila va jamiyat ravnaqi yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Oilaning tayanch nuqta ekani konstitutsiyada belgilangan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega “. (14-bob,63-modda).Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili 15 may mamlakatimizda Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi.Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskani hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan jamiyatning o‘zagi bo‘lmish mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat, insoniylik, dahldorlik manbai ham oiladir. Qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi.
Shuning uchun dinimiz ham oilaga iymon, muhabbat, ta’lim-tarbiya va baxtli hayot sari yo‘llovchi maskan sifatida qarashni vojib qilgan. Oila - jamiyatning asosiy bo‘lagi, kichik vatan, ilk tarbiya o‘chog‘i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. O‘z oilasini mustahkamlash, farzandlarini vatanparvar, davlat va jamiyat uchun sidqidildan xizmat etuvchi shaxs sifatida tarbiyalash har bir fuqaroning burchidir. Oila kelajak avlodni voyaga yetkazadigan eng go‘zal maskan bo‘lgani sababli jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy muhitning sog‘lomligida muhim o‘rin egallaydi. Shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, oila boshliqlari bo‘lmish ota-onaning o‘z burch va mas’uliyatlariga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Oilada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun uning har bir a’zosi, o‘z mas’uliyatini to‘liq his qilishi va bajarishi lozim bo‘ladi.

oilDA FARZAND TARBIYASI
Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalash kerak.Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi. Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi.
Odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug` qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo`q. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig`idek asrab avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig` hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug`, yo`llarimizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng go`zal dostonlar, eng yaxshi qo`shiqlar, eng yoqimli kuylar ana shu ulug` zotlarga bag`ishlangani bejiz emas . Parvardigorimiz, yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishimizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)”. («Al-Isro» surasi, 23–24 oyatlar).

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin