O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

ko`pikli 
kulbeton
yoki 
gazli kulbeton
deb ataladi.
Avtoklavsiz qotirilgan serg`ovak betonlar uchun asosan markasi 400 dan kam 
bo`lmagan sement ishlatiladi. Qotish tezligining sekinligi bilan farqlanadigan 
puntstsolan portlantsement va shlakli portlandtsementlarni tajribaviy sinovsiz 
ishlatish tavsiya еtilmaydi.
Avtoklavli serg`ovak betonlar uchun portlandtsementni qaynama-oxak bilan 
og`irliklarini 1:1 nisbatda olib ishlatish maqsadga muvofiq. Avtoklavli serg`ovak 
betonlarni tayyorlash uchun tarkibida 70% dan kam bo`lmagan faol CaO va 5% 
dan ortiq bo`lmagan MgO ohak ishlatiladi. Yuqori еkzotermik so`nish harorati 85
o
bo`ladi. Maydalangan oxak zarralarining nisbiy yuzasi bilan harakterlanadigan 
zarrachalarining maydalanish darajasi 3500-4000 sm
2
/g dan kam bo`lmasligi 
kerak.
Kremniyli tarkibiy qism sifatida tarkibida 90% dan kam bo`lmagan kremniy, 
5% oshmagan loy va 0, 5% slyudali toza kvarts qumi qo`llaniladi. Qumning nisbiy 
yuzasi serg`ovak betonlarning zichligiga qarab 1200-2000 sm
2
/g bo`lishi kerak.
Maydalangan qum o`rniga ishlatiladigan chiqindi-kul o`zining kimyoviy-
mineral tarkibining birjinsli еmasligi bilan ajralib turadi. Kul yuqori g`ovakli va 
dispers moddadir. Kulning bu xususiyatlari betonning yuqori namlik tutib turish 
va betonni asta namlik berish xususiyatlarini oshiradi hamda darz ketishga 
mustahkamligini kamaytiradi. Kulning afzalligi sifatida uni oldindan maydalash 
zaruratining yo`qligi deb aytish mumkin. Bu xususiyatlar kvarts qumli betonlardan 


69 
tayyorlanganga nisbatan zichligi kamroq bo`lgan maxsulotlarni olish imkonini 
yaratadi. Chiqindi-kul tarkibida kremnezem 40% dan kam bo`lmasligi, kuydirish 
natijasidagi og`irligini pasayish darajasi 8% dan oshmasligi, nisbiy yuzasi 2000-
3000 sm
2
/g bo`lishi kerak.
Betonda g`ovaksimon tarkib hosil bo`lishi uchun ko`pik va gaz hosil qiluvchi 
to`ldiruvchilar ishlatiladi. Ko`pik hosil qiluvchi sifatida bir necha sirt-faol turg`un 
ko`pik hosil qiluvchi moddalardan foydalaniladi. Ularga suyakdan ajratib 
olinadigan elim asosida tayyorlanadigan konifol-elim, kanifol va ishqoriy 
natriyning suvdagi aralashmasini keltirish mumkin. Bu ko`pik hosil qiluvchi 
еmul’siyani uzoq muddat ko`pirtirilganda turg`un ko`pik beradi.
Smolosaponinli ko`pik hosil qiluvchi moddani sovun asosi va suvdan 
tayyorlaydilar. Uning tarkibiga suyuq shishaning me`yorlashtiruvchi sifatida 
kiritilishi ko`pikning turg`unligini oshiradi. Bu ko`pik hosil qiluvchi o`z 
xususiyatlarini havoning normal harorati va namligida bir oygacha saqlaydi.
Alyumosul’fonaftenli 
ko`pik 
hosil 
qiluvchini 
glinozem 
kerosin, 
oltingugurt(giltuproq) sul’fati va ishqoriy natriydan olinadi. U ijobiy haroratda 
xususiyatlarini 6 oygacha saqlaydi.
GK ko`pik hosil qiluvchini gidrolizatsiyalangan PO-6 rusumli qushxona 
qonidan va temir sul’fatidan olinadi. Uni qotish jarayonini jadallashtiruvchi 
qo`shimchalar bilan birga ishlatish mumkin. Bu modda ham o`z xususiyatlarini 6 
oygacha saqlaydi.
Ko`pik hosil qiluvchi to`ldiruvchilar suv massasidan % hisobida: kanifol-
elimli 8-12, smolosaponinli 12-16, alyumosul’fonaftenli 16-20 ko`pik hosil 
qiluvchi va GK 4-6 foizga suv miqdori nisbatida olinadi.
Gazbeton va gaz silikat betonlarda gaz hosil qiluvchi modda sifatida 4 xil 
rusumda chiqariladigan (GOST – 5494-71) alyumin kukuni ishlatiladi. Gazbeton 
ishlab chiqarishda tarkibida 82% faol allyuminiy bo`lgan va mayinlik darajasi 
5000-6000 sm
2
/g bo`lgan PAK-3 yoki PAK-4 gaz hosil qiluvchilar ishlatiladi.
Alyumin kukunini miqdori gaz betonlarning zichligiga bog`liq bo`lib 0, 25-0, 6 
kg/m
3
ni tashkil qiladi.


70 
G`ovak betonlarning tarkibini aniqlashda bog`lovchi modda hamda ko`pik 
tashkil еtuvchining sarfini еng kam miqdorida olish bilan uning berilgan zichligi va 
mustahkamligini ta`minlash zarur.
G`ovak betonlarning zichliklari va g`ovaklilik darajalari ular tarkibidagi 
ko`pik hosil qiluvchilar miqdoriga va ko`pik hosil qilish xususiyatlariga bog`liq.
Ayrim paytlarda ularga beton qorishmasi harorati va ular tarkibidagi suv/qattiq 
moddalar S/Q (%) nisbatiga ham bog`liq bo`lishi mumkin. S/Q nisbatini oshirish 
bilan qorishmani suyultirish va ularda g`ovak hosil bo`lishi uchun yaxshi sharoit 
yaratiladi.
2. 6-rasm. Katakchali beton mustahkamligini R
b
uning zichligiga bog`liqligi 
2. 6-rasmda g`ovak beton mustahkamligini uning zichligiga bog`liqlik 
nisbatlari ko`rsatilgan. Serg`ovak betonlar zichliklari ulardagi g`ovaklar 
harakteriga, ularning o`lchamlari va g`ovak strukturasiga hamda g`ovak orasidagi 
qobiqlar mustahkamligiga ham bog`liq. S/Q miqdorini maqbul oshirish bilan, 
beton qorishmasini tarkibiy o`zgarishlari yaxshilanadi va serg`ovak betonlarning 
mustahkamligi oshadi.
G`ovak qobig`ining mustahkamligi еsa bog`lovchi va kremnezem 
komponentini nisbatiga, S/Q va issiqlik-namlik ishloviga bog`liq.

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin