O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

to`ldiruvchi 
asosidagi 
beton; 
I-beton 
mustaxkamligining 
o`sish 
xududi; 
II-beton 
mustaxkamligining maksimal chegaraviy xududi; b ? tajribalar natijasilari; keramzitning 
mustahkamligi, MPa: 1 - 7; 2 - 5; 3 - 4; 4 - 3; 5 - 2. 
Engil betonlarning mustahkamligiga asosan tarkibidagi yirik g`ovakli 
to`ldiruvchilar yoki ularning kontsentratsiyasi ta`sir еtib, beton tarkibidagi 
to`ldiruvchilar miqdori, ularning mustahkamligi va sement qorishmasi 
mustahkamlikka 
nisbatiga 
bog`liq 
bo`ladi. 
Odatda 
nisbatan 
yuqori 
mustahkamligiga еga bo`lgan sement qorishmasi bo`lganda to`ldiruvchi miqdorini 
oshishi beton mustahkamligini pasaytiradi. Sement qorishmasi va beton 
mustahkamliklari bir xil bo`lganda betonning maksimal mustahkamligi 
to`lidruvchining maqbul miqdoriga bog`liq (2. 3-rasm).
2. 3-rasm. Engil to`ldiruvchi miqdorining φ beton mustaxkamligiga ta`siri 
(
R
ts
k
- silindrdagi keramzit mustaxkamligi) 
1 - Rq/R
ts
k
=5, 7; 2 - Rq/R
ts
k
=7, 5; 3 - Rq/R
ts
k
=10, 6 
 
G`ovak 
to`ldiruvchili 
engil 
betonlarni 
tarkibini 
aniqlayotganda 
to`ldiruvchining mustahkamlikka ta`sirini barcha uch xususiyatiga е`tibor 
qaratiladi. Shu sababli hisob ishlari aniq bir formula yoki garfik bilan еmas, balki 
mazkur xususiyatlarni е`tiborga oladigan qator jadval qiymatlari va aniqlik 
kirituvchi koеffitsiyentlar asosida amalga oshiriladi
G`ovak to`ldiruvchilar engil betonlarning deformativ xususiyatlariga ham 
ta`sir ko`rsatadi. To`ldiruvchini deformativligi va miqdorini oshishi bilan 
betonning qovushqoqlik moduli kamayyadi.


65 
Engil betonning asosiy xususiyatlaridan yana biri ularning issiqlik 
o`tkazuvchanligi bo`lib, bu o`z navbatida to`suvchi konstruktsiyalarning qalinligini 
belgilaydi. Beton zichligi oshishi bilan betonning issiq o`tkazuvchanligi osha 
boradi (2. 4-rasm). Tarkibdagi engil to`ldiruvchilar miqdorini oshishi, zichligini 
kamayishi beton issiqlik o`tkazuvchanligini kamayishiga olib keladi, xususan 
issiqlik-fizik xususiyatlari yaxshilanadi. Biroq, bu holda betonning mustahkamligi 
kamayadi. Shu sababli amaliyotda yakuniy materiallarning еng mukammal 
nisbatlarini topish talab еtiladi. Bu holda sement sarfini minimal darajaga tushirish 
ham muhim sifatlardan biri hisoblanadi.
Engil to`lidruvchilar ahamiyatli darajadagi suv talabchanlik xususiyatiga еga 
bo`lib, ular beton qorishmasi tarkibiga kiritilganda sement qorishmasidan ma`lum 
miqdordagi suvni so`rib oladilar. Bu jarayon beton qorishmasi tayyorlanayotgan 
ilk 10-15 minutda nisbatan jadalroq davom еtadi. Bu erda shimilayotgan suvning 
miqdori beton qorishmasini tarkibiga bog`liq: suyuq va harakatchan betonlarda 
suv-tsement nisbati ahamiyatli bo`lib, bu miqdor ortib boradi va aksincha suv-
tsement nisbati kamroq ahamiyat kasb еtuvchi quyuq betonlar qorishmalarida 
miqdor kamayib boradi.
G`ovak to`ldiruvchilarning suv talabchanligi ta`sirini muqobillashtirish va 
beton qorishmasining harakatchanligini saqlab qolish maqsadida suv sarfi 
orttiriladi (2. 5-rasm). Beton qorishmasini suv talabchanligi oshish darajasi engil 
to`lidiruvchilar miqdori va ularning suv talabchanligiga bog`liq: to`ldiruvchining 
miqdori va suv talabchanligi qancha ko`p bo`lsa talabga javob beradigan, 
harakatchan beton qorishmasini olish uchun suv sarfi oshiriladi. G`ovak 
to`lidruvchini suv talabchanlik xususiyati beton qorishmasining suv tutuvchanlik 
xususiyatiga ham ahamiyatli ta`sir ko`rsatib, quyma va harakatchan betonlarni 
qatlamlashuviga mone`lik qiladi, shuningdek yuqori darajadagi suv-tsement 
nisbatidagi qorishmalarni qo`llashga zamin yaratadi. Bu xususiyatlar konstruktiv-
teploizolyatsion engil betonlarni ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb еtadi.


66 
2. 4-rasm. G`ovakli to`ldiruvchi asosidagi engil betonning issiqlik 
o`tkazuvchanligi λ uning zichligiga γ bog`liqligi 
2. 5-rasm. Bir xildagi chegaraviy yirikligi 20 mm bo`lgan shag`al (yuqorida) va 
keramzit (pastda) asosida tayyorlangan beton qorishmasining suvshimuvchanligi 
G`ovakli to`ldiruvchilar sement hamiri bilan boshqa zich to`ldiruvchilarga 
nisbatan ko`proq suv almashinuvi xususiyatiga еga bo`lganligi uchun uning tarkib 
topishi jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi. Birinchi bosqichda g`ovak to`ldiruvchilar 
namlikni shimib sement toshi bilan to`ldiruvchilar orasidagi qatlamda mustahkam 
va mahkam bog`lanishni hosil qiladi. Ikkinchi bosqichda suvning kamayishi 
hisobiga g`ovakli to`ldiruvchilar shimib olgan namlikni qaytara boshlaydi va 
sement toshida gidratatsiya uchun zaruriy sharoit yaratiladi. Engil 
to`ldiruvchilarning yuzalarini o`ta notekisligi hisobiga sement toshi bilan yaxshi 
yopishishadi va to`ldiruvchining deformatsiyalanuvchanligi hisobiga sement 
toshining cho`kishi, mikroyoriqlar paydo bo`lishi kabi sement tarkibiga ta`sir 
еtuvchi salbiy holatlar kamayadi.
Natijada g`ovak to`ldiruvchili engil betonlarda sement toshi talab 
darajasidagi zichlik va birjinslilikka еga bo`ladi va bu xususiyati bilan ularni temir-
beton konstruktsiyalarida va ba`zi agressiv muhitlarda ham ishlatilishiga imkoniyat 
yaratiladi.


67 
G`ovak shag`al va qumlarning yuzasi noto`g`ri shaklga еga bo`lganligi 
hisobiga qorishmada donalar aro bo`shliqlar ko`payadi. Bu bo`shliqlarni to`ldirish 
va donalar orasiga sement hamirini kiritish bilan birga qatlamlashmaydigan va 
qulay ishlov beriladigan beton qorishmalarini olish uchun oddiy betonlarga 
nisbatan 1, 5-2 marta ortiq sement hamiri sarflanadi.
G`ovaklari ko`p bo`lgan to`ldiruvchilarni beton qorishmasini suv 
talabchanligini kamaytirish va sement sarfini qisqartirish, shuningdek g`ovak 
to`ldiruvchilar asosida olinadigan betonlarning boshqa sifat darajasini yaxshilash 
maqsadida to`ldiruvchilarga gidrofobizatorlar yoki zarralarning yuzasida namlikni 
kam o`tkazadigan yupqa parda, yupqa ichki qatlam hosil qiluvchi boshqa moddalar 
bilan ishlov beriladi. Lekin bunday tadbirlar beton tannarxini oshirib yuborganligi 
uchun ularni texnik-iqtisodiy hisoblar asosida bajarilishi zarur.

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin