3. 2. Yuqori haroratlarda betonning qotishi va qotish jarayonini tezlashtirish Temir-beton konstruktsiyalarini ishlab chiqarishda betonning tez qotishi
uchun turli usullardan foydalaniladi: mexanik – sementning solishtirma ustki
qismini oshirish yoki beton qorishmasining faollashuvi; kimyoviy – qotishuvni
tezlashtiruvchi to`ldiruvchi vositalarni kiritish (CaC1
2
, NNK va b. ); issqlik –
qaynatish va еlektr bilan qizdirish. Betonning qotish muddatini 10-20 marta
kamaytiruvchi issiqlik usullari yig`ma temir-beton zavodlarda keng tarqalgan.
Ma`lumki, isitish kimyoviy reaktsiyani tezlashtiradi. Beton haroratining
ortishi suv va sementning o`zaro ta`sirlashuvini faollashtiradi va betonning
qotishini tezlashtiradi. Bunda sement gidratatsiyasi mahsulotlarning turli
haroratlarda qotuvchi boshlang`ich tarkibi qariyb bir xil bo`ladi. Isitish jarayonida
beton mustahkamligining ortishi, normal haroratdagi kabi logarifmik bog`liqda
bo`lishi mumkin, biroq u o`z koеffitsiyenlari bilan farqlanadi. Temir-betonning
VNII ma`lumotlariga muvofiq:
R = A (lg t- lg t 0 ) (3. 2)
Bu erda A – sementning tekshiruvning qabul qilingan sharoitlarida qaynatilishidagi holatini ifodalovchi qiymat. MPa; t – istish vaqti, u t 1 izotermik chidash davrini va qizish va sovush davrining bir qismini qamrab oladi, bunda namunalarning harorati 60 darajadan oshadi; O`rtacha t=t 1 +3; t 0 - qotishning induktsion davri (mustahkam strukturaning qoliplash davrining boshlanishidan oldingi davr). 3. 2-formula turli mineralogik tarkibdagi sementlardan maxsus tayyorlangan
beton uchun kiritilgan bo`lib, mazkur beton 3+
t 1 +2 soat rejimda 2 soat oldindan
qizdirilgan va bug`lash kamerasidan olinib 6 soatdan so`ng sinalgan. Tajribalar A
va
t 0 qiymatlarini aniqlash ikonini berib (bog`liqlikning grafik tuzilishida; 3. 1-
79
rasm) va shu yo`l bilan
s
ementning minerologik tarkibini bug`lash jarayonida
beton chidmliligiga ta`sirini aniqlash imkonini beradi (3. 2 jadval).
Har xil mineralogik tarkibli sementlar uchun A va t
0
qiymatlari