9-Laboratoriya ishi Sementning mustahkamligini aniqlash. Asbob-uchkunalar



Yüklə 378,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü378,68 Kb.
#167576


9-Laboratoriya ishi 
Sementning mustahkamligini aniqlash. 
Asbob-uchkunalar: 
1.
Qolip 4x4x16 sm. 
2.
Titratgich stol. 
3.
Mexanik qorishtirgich. 
4.
Qozon, kurakcha. 
5.
O’lchov silindr(shishali). 
6.
Taroz toshi bilan. 
7.
Vanna namunani saqlash uchun 
8.
Pichoq. 
9.
Mashina moyi. 
10.
Sement. 
11.
Qum va suv. 
Sinash uchun prizma holatda 4x4x16 sm o’lchamli namunalar tayyorlanadi
buning uchun tarkibida sement bilan qumni 1:3 nisbatda bo’lgan qorishma 
tayyorlanadi. Qum zarrachalari 0,5-0,85 mm gacha bo’lishi kerak. Ishlatiladigan 
sementni, qumni, suvni harorati teng bo’lib 20 ± 2 
0
C orasida bo’lishi kerak. 
Ish bajarish tartibi. 
500 gr sement va 1500 
gr
oddiy qum tarozida tortiladi. Ular qozonda quruq 
xolda 1 minut arlashtiriladi. Keyin uning yuzasi tekislanadi va o’rtasi o’yilib 
taxminan 20 
gr
/suv quyiladi, qorishma suvni shimgandan keyin yana 1 daqiqa 
qorishtiriladi va qorishtirish mexanik aralashtirgichda solinadi. 
Rasm-7. Mexanik aralashtirgich. 1-qorishma soladigan ariqcha, 2-qorishmani 
ezuvchi g’ildirak. 
Mashina o’z o’qi atrofida 20 marta aylanib qorishmani qorishtirgandan keyin 
bunga 2,5 minut vaqt ketadi, uning quyuq va suyuqligini aniqlanadi. 


Buning uchun silkituvchi stolcha (8-rasm) o’rtasiga qo’yilgan kesik konusli 
idishga sement qorishma ikki bo’lib solinadi. Kesik konus zanglamaydigan 
po’latdan yasalgan bo’lib, uning diametri 100 mm, yuqorisiniki 70 mm, balandligi 
60 mm ga teng. 
Idishga solingan qorishiq shibbalovchi bilan zichlanadi. Qorishma birinchisi 15 
marta, ikkinchisi 10 marta zarb bilan shibbalanadi. Zichlash vaqtida kesik konus 
chap qo’l bilan stolga bosib turiladi. 
Rasm-8. Qorishmani yoyilish diametrini aniqlash asbobi. 1-silkituvchi stol, 2-kesik 
konusli halqa, 3-silkituvchi kesim, 4-shibbalash sterjeni. 
Shibbalash zichlashgan qorishmaning ortiqcha qismi ho’llangan pichoq bilan 
sidirilib tekislanadi, keyin qolib asta-ekin tekis holatda ko’tariladi. Konus shaklini 
olgan qorishma 30 marta 30 sekundda silkitiladi va natijada u dars ketib, sekin-asta 
buzilib yoyiladi. 
Qorishma diametri shtangentsirkul bilan ikki joyidan o’lchanadi. Shunda 
qorishmaning yoyilish diametrining o’rtacha qismi 105 mm kam bo’lsa, suv miqdori 
bir oz ko’paytirilib, qorishma yana tekshirib ko’riladi, aks holda, suv miqdori 
kamaytiriladi. Xullas, qorishmaning yoyilish diametri quyuqligi 105-110 mm 
bo’lishi kerak. Bu tsement hamirining o’rtacha quyuqligini aniqlang. 
Aniqlangan suv tsement nisbatiga ko’ra qorishma tayyorlanib, undan tomonlari 
40x40x160 mm li namuna olinadi. Namuna tomonlarining miqdori 0,02 mm 
aniqlikda bo’lishi kerak (rasm-10). Namuna tayyorlashda avval qolip ichki 
tomonlariga mashina moyi suritiladi. 


Rasm-9. Tayoqcha shakldagi namunalar tayyorlash uchun qolip. 
Qorishmani joylashda qulaylik tug’dirish uchun unga o’rnatilgan nasadkaga 
mashina moyi yoki solidol suriladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va 
nasadka titratgich vibratorga mahkam o’rnatiladi. Titratgich konstruktsiyasi har xil 
bo’lsada, ammo ularning tik yo’nalish bo’yicha amplitudasi 0,35 mm, titrash davri 
esa 3000 titr/min bo’lishi kerak. 
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko’zi 1 sm aniqlikda 
sement qorishmasi bilan to’lg’aziladi, keyin avvalgi 2 min davomida qorishma solib 
turiladi va qolip 3 min titratiladi. Qolip va unga o’rnatilgan nasadka titratgichdan 
olinadi va ho’llangan pichoq bilan namuna sirti qolip qirrasi bo’ylab tekislanadi, 
so’ng har bir namuna bo’yoq bilan nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda 
gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 24±2 soat saqlanadi. Sement 
namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan holda suvli vannaga 
oralari 10-15 mm masofada teriladi. Namuna suvda 27 sutka saqlanadi. Idishdagi 
suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta qo’p bo’lishi kerak. Bundan tashqari 
suvning harorati xona haroratidek bo’lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota 
bo’lmasligi kerak. Namuna suvda qotish muddati o’tgandan keyin ular quruq latta 
bilan artiladi va 10 minutdan so’ng sinaladi. 
Egilishga mustahkamlikni o’rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov 
ko’rsatgan 3 natijaning 2 ta ko’proq ko’rsatkichi olinadi. Namunaning egilishga 
sinagandan keyin 6 yarimtalik namuna olinadi, ular har biri alohida sinab 
sementning siqilishga mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik 
pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o’rnatilgan po’lat plastinka ustiga 
namuna qo’yiladi (rasm-10). 
Po’lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo’ladi. Namuna o’rnatilganda uning 
tekis qirralari plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch 
qorishmaning qolipga joylashish qatlami parallel bo’lishi lozim. Namuna berilgan 
kuchning tezligi sekundiga 20±5 kg/sm
2
sek oshmasligi kerak. Kuchning ortishi 
natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr ko’rsatgan bosim jadvalga 


yoziladi. Namuna buzuvchi kuch R ning qiymati manometrdagi ko’rsatkichni 
gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo’lib aniqlanadi. 
Siqilishga mustahkamlik chegarasi buzuvchi kuch-R plastinka yuzasi G’ ga bo’lib 
aniqlanadi. 
Rasm-10. Yarimtali tayoqcha namunani siqilishini sinash. 
1-gidravlik pressning yuqori tayanchi. 
2-yarimtali namuna. 
3-pressning quyi tayanchi. 
4-plastinkalar. 

Yüklə 378,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin