Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə1/18
tarix20.11.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#165750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Metallarresiklingi5-bob


5-BOB. TEMIR QOTISHMALARINI ISHLAB CHIQARISH VA XOM ASHYOGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
TURLI ERITISH AGREGATLARIDA METALL CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH
5.1. Metall chiqihdilaridan temir qotishmalarini olish
Bizga ma’lumki temir er qobig‘ida tarqalishi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni (4,7 %) egallaydi. Temirni keng tarqalganligi, yirik konlardagi yuqori konsentratsiyasi, temir qotishmalarini turli xil yuqori fizika-kimyoviy xususiyati, uni keng iste’mol qilinadigan metallar safiga qo‘shdi.
Temir insoniyatga eramizdan olti ming yil oldin, dastlab tarkibida 90 foiz temir, 8,5 foiz nikel va 0,5 foiz kobolt bo‘lgan meteoritlar shaklida ma’lum edi. Temirni rudalardan eritib olish eramizdan bir yarim ming yil oldin boshlandi. 1500 yilda dunyo bo‘yicha temir ishlab chiqarish 50 ming tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 500 million tonnadan ortib ketdi. Sof holda temir olish uzoq davom etadigan va sarf harajat yuqori bo‘ladigan jarayon hisoblanadi, hamda sof holdagi temir ayrim sohalardagina qo‘llaniladi. Hozirda temir asosidagi qotishmalar keng qo‘llanilmoqda. Bularga birinchi navbatda cho‘yan va po‘lat kiradi. Cho‘yan qattiq, mo‘rt va qayta ishlash murakkab hisoblanadi. Cho‘yan asosan quyma mahsulotlar quyishda keng ishlatiladi. Bundan tashqari cho‘yanning asosiy qismi qayta ishlanib turli xil markadagi po‘latlar olinadi. Bundan kelib chiqib, hozirda po‘lat ishlab chiqarish quyidagi ikkita bosqichga bo‘linadi:
1. Ikkilamchi qora metall - cho‘yan olish.
2. Cho‘yanni po‘latga aylantirish uchun tozalash.
O‘zbekistonda, o‘tilgan mavzularda aytib o‘tilgandek, po‘lat ikkilamchi qora metall temir-tersaklaridan va ularning chiqindilaridan qayta ishlanish natijasida olinadi.
Ko‘rinib turibdiki, ko‘pgina hollarda temir turli xil chiqindilardan olinadi. Bularga ishlatish muddati tugagan va yaroqsiz holga kelgan turli xil asbob-uskunalar, buyumlar, marten shlaklari, svarka shlaklari, kuyindilar va turli xil ishlab chiqarish chiqindilari kiradi.
Bundan kelib chiqib, temir metallurgiyasini ikkiga: birlamchi va ikkilamchi metallurgiyaga bo‘lish mumkin. Temir olishni bu ikki usuli bir-biri bilan uzviy bog‘langan: ruda va konsentratlardan xomaki metall (cho‘yan) olish, olingan metallar va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarning temir-tersak va chiqindilardan metallni ajratib olish.
Ikkilamchi qora metallar va ularni qotishmalari metallurgik pechlarni shixtasi tarkibida po‘lat, cho‘yan, ferroqotishma (po‘latni legirlash va kisloroddan tozalashda qo‘llaniladigan qo‘shilmalar) olishda ishlatiladi. Turli xil temir-tersaklar va chiqindilar qayta ishlanib asosan po‘lat va cho‘yan olinadi.
Marten, domna, vagranka, konvertor va elektropo‘lat eritish pechlarida hozirgi kunda ikkilamchi qora metallarni asosiy qismi qayta ishlanmoqda. Har qaysi turdagi metallurgik agregat uchun davlat standarti bilan belgilangan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan temir-tersak va chiqindilar talab qilinadi.
Qoida bo‘yicha po‘lat tarkibiga uglerod, marganets, kremniy, oltingugurt, fosfor kiradi. Maxsus xususiyatli po‘latlarni olishda metall tarkibiga legirlovchi qo‘shimchalar: xrom, molibden, nikel, volfram, mis, niobiy, vannadiy va boshqalar, shuningdek marganets va kremniy orttirilgan miqdorda qo‘shiladi.
Toza holdagi temir olish qiyin bajariluvchi va qimmat turuvchi jarayon hisoblanadi. Po‘latni mexanik xususiyatlari, ayniqsa mustahkamligi toza holdagi temirga nisbatan sezilarli yuqori bo‘ladi. Toza holdagi temir qimmatbaho material hisoblanib, uni faqat maxsus maqsadlar uchun ishlatiladi. Odatda texnikada va maishiy ishlab chiqarishda ko‘proq po‘lat qo‘llaniladi. Cho‘yan va cho‘yandan yasalgan buyumlarning asosiy iste’molchisi kimyo, traktorsozlik, mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va avtomobilsozlik sohalaridir. Po‘lat tarkibiga kiruvchi asosiy qo‘shimcha uglerod hisoblanadi. Uglerod po‘latni xususiyatini belgilaydi va uni miqdori bo‘yicha temir uglerodli qotishmalar po‘lat va cho‘yanga bo‘linadi.
Po‘lat-bu temir, uglerod va boshqa bir qancha elementlarning qotishmasi bo‘lib, unda uglerodning miqdori odatda 2 foizgacha bo‘ladi.
Cho‘yan temir bilan uglerod qotishmasidir. Uglerodni miqdori odatda 2 foizdan 4 foizgacha bo‘ladi. Bundan tashqari cho‘yan tarkibida doimiy aralashmalar (kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor), ba’zi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, alyuminiy, vannadiy) bo‘ladi. Cho‘yan - mo‘rt qotishmadir. Cho‘yanni asosiy qismi (85 foizi) qayta eritilib, po‘lat olinadi, qolgan qismi quyma cho‘yan shaklda quyma olishda qo‘llaniladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin