O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 2. Betonning deformativ xususiyatlari



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

1. 2. Betonning deformativ xususiyatlari 
 
Tayyorlash, qotish, foydalanish va sinash davomida turli sabablar ta`siri 
bilan betonda hajmiy o`zgarishlar ro`y beradi, material deformatsiyalanadi. 
 
Uning 
qay miqdorda sodir bo`lishi betonning strukturasi, tarkibidagi moddalar xususiyati, 
texnologiyasini o`ziga xosligi va bir qancha boshqa omillarga bog`liqdir.
Konstruktsiyalarni loyihalashda betonning deformatsiyalanish xususiyatlari 
е`tiborga olinadi. Sababi, bu holat beton va temir-beton konstruktsiyalarning sifati 
va ishlash muddatiga ta`sir еtadi.
SHartli ravishda beton deformatsisini quyidagi turlarga bo`lib chiqish 
mumkin: betonda bo`layotgan fizik va kimyoviy jarayonlar ta`sirida ro`y beradigan
 
beton qorishmasining o`z deformatsiyasi
 
(betonning birinchi cho`kishi) va 
betonning deformatsiyasi (cho`kishi va kengayishi);
 
mexanik yuklar ta`sirida 
deformatsiyalanishi, 
bu erda qisqa muddatli yuklar va uzoq muddatli yuklar 
(betonni o`ziga cho`ziluvchanligi) ta`siridagi deformatsiyalarni ajratish lozim 
bo`ladi; 
betonning harorat ta`sirida deformatsiyalanishi.
 
Beton qorishmasi yotqizilgandan so`ng qattiq donalarning sedimentatsion 
cho`kishi va asta-sekin zichlashuvi yuz berishi mumkin. Bu jarayon ayniqsa 


29 
plastik va quyma qorishmalarda aniqroq namoyon bo`ladi. Bu holatda 
qorishmaning ustiga suv chiqib qolishi va aralashmaning hajmi o`zgarishi mumkin.
Buyum baland bo`lganda uning cho`kkanligini qarab ham bilish mumkin.
Nimagaki beton deformatsiyasi ko`p bo`ladi va qotgan oddiy beton odatdagi 
cho`kishidan o`n martalab ko`proq bo`ladi.
1. 9-rasmda birlamchi cho`kishning borishi ko`rsatilgan. Beton yotqizilib 
zichlanganidan so`ng deformatsiya jarayoni juda tez boradi va 30-90 daqiqalardan 
so`ng sekin to`xtaydi. Agar quyma qorishmalar ishlatilayotgan bo`lsa dastlabki 
davrda beton ustida suv paydo bo`ladi. Suv ajaralishi 10-20 daqiqalardan so`ng 
maksimal darajaga etib, so`ng, jadal o`tadigan sement hamirini kontraktsiyasi 
jarayoni sababli suv sekin betonga shimib olinadi.
Birlamchi cho`kishning miqdori beton qorishmasining tarkibi va ishlatilgan 
materiallarning xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Og`ir betonlar birlamchi cho`kish 
hajmi plastik, ayniqsa quyma betonlarga qaraganda kamroq bo`ladi.
1. 9-rasm.
 
Birlamchi ∆ξb. ch. Cho`kishning oquvchan (1) va xarakatchan (2) 
qorishmalarni quyilgandan keyingi o`tgan t vaqtga bog`liqligi 
Birlamchi cho`kish quyidagi hollarda kam bo`ladi: beton qorishmasida suv 
yoki sement hamiri sarfi kam bo`lganda; suvni yaxshi tutib turuvchi maydalangan 
qo`shimchalar (trepel, diatomit va h. k) qo`shilganda; beton qorishmasining asosi 
qattiq bo`lishini ta`minlaydigan yirik to`ldiruvchilar bo`lganda. 1. 3-jadvalda 
granit to`ldiruvchili oddiy beton qorishmaning balandligi 300 mm va diametri 100 
mm bo`lgan plastmassali maxsus silindr qolipda sinab ko`rilganda olingan 
birlamchi cho`kish ma`lumotlari ko`rsatilgan.
Betonning birlamchi cho`kishi 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin