O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


Taqrizchilar: i.f.d, prof. Shodmonov Sh.  i.f. n., dots. Jo’raev T



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
Taqrizchilar: i.f.d, prof. Shodmonov Sh. 
i.f. n., dots. Jo’raev T. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2
©
“IQTISOD-MOLIYA”, 2009 


1 – mavzu. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti
uslubi va Qadimgi Dunyodagi iqtisodiy ta’limotlar 
 
R E J A : 
1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi. 
2. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar. 
3. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy qarashlar. 
4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar. 
1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi 
 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida 
o’rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisod-chi mutaxassislarni 
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, mala-kasini oshirishda katta rol 
o’ynaydi. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o’rganish pred-meti – 
iqtisodiy jarayonlarga bo’lgan iqtisodiy qarashlar evolyu-tsiyasi
iqtisodiy g’oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari 
va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hi-soblanadi. Iqtisodiy 
ta’limotlarning vujudga kelishi va rivoj-lanishi tahlili yozuv ixtiro 
qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha 
tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi. 
Iqtisodiy 
ta’limotlar 
bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. 
Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati juda katta. Iqtisodiy 
ta’limotlar iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri aks etti-rish, ularga faol ta’sir 
ko’rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyot-ning tezlashishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik 
yoki keynschilik) davlatlar-ning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib 
kelindi. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda 
o’rganiladi. Shu bilan birga, shu narsani qayd qi-lib o’tish kerakki, 
iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rib 
chiqilayotgan muammolarning hozirgi kun-dagi dolzarbligi bilan 
ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’li-motlari tahlili ehtiyojlarni to’la 
qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni 
o’rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb 
muammo-larini to’la hal etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor 
javob topish qiyin, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari 
hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish va yangi 
g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shu-nisi 
3


bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini 
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o’rgangach, iqtisodchi 
mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqti-sodiyot 
rivojlanishining ob’ektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish, 
muqobil xo’jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga 
oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo’lgan o’zlarining tadqiqot 
mahoratlarini oshiradilar. 
Demak, 
iqtisodchi 
mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo’lgan 
fanlarning biri sifatida, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganish, bir 
tomondan, ularda umuminsoniy va professional madaniyatni 
shakllantirish maqsadida zarur bo’lsa, ikkinchi tomon-dan, turli 
davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo’na-lish vakillarining 
nazariy meroslarini yaqin zamondagi tarixi-mizga xos bo’lgan noto’g’ri 
talqin qilishdan holi bo’lishda sotsio-logiya va politologiya bilan birga 
yana tarixiy iqtisodiy bilim-larni egallash uchun ham zarur. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quyidagi bir qator progres-siv uslublarga 
asoslanadi: 
¾
har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialek-tika, 
induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez;
¾
o’tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o’rganishda abstrakt va 
konkretlikni ajratish;
¾
iqtisodiy nazariya va amaliyot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik-ning 
tahlili, iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni 
aniqlash.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganishda umumiylik, yago-na va 
alohidalik uslubini tovar tahlili misolida ko’rish mumkin:
umumiylik
– tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega 
ekanligi; 
yagona
– tovar konkret foydalikka ega ekanligi; 
alohidalik
– tovar ne’matlarning maxsus ko’rinishi ekanligi. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani boshqa iqtisodiy fan-lar, ayniqsa, 
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bevosita bog’liq. “Iqtisodiyot 
nazariyasi”da, asosan, eng muhim iqtisodiy katego-riyalarning so’nggi 
davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’li-motlar tarixi” fani kishilik 
jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy 
qarash, g’oya, nazariya va ta’limotlarni, ularning o’ziga xos 
xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq 
etadi. 
4



Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin