O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Eshnunn podshohi qonunlari 
(m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.)
ancha 
diqqatga sazovor. 
Eshnunn 
qonunlari 
matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho 
5


o’rnatishdan boshlanadi: “1 gur (o’lchov birligi, ba’zi ma’lumot-larda 
300, ba’zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) 
kumushga … 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog’ (sotilishi kerak) 
1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumot-larda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut 
yog’i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga 
…” va boshqalar ko’rsatilgan. 
Birinchi paragrafda arpa, yog’, teri, tuz, mis va boshqalarning 
kumushdagi narxi o’rnatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi 
kerakki, ularning qiy-mati 1 siklga teng bo’lsin); ikkinchi paragrafda har 
xil turdagi yog’ning arpadagi narxi ko’rsatilgan. Demak, asosiy 
umumekvivalent sifatida arpa bo’lgan. Buning ustiga, ushbu 
ekvivalentlar o’rtasida qat’iy muvofiqlik o’rnatilgan. Birinchi navbatda
arpaning kumushda ifodalangan narxining ko’rsatilishi tasodifiy emas. 
Qat’iy narxning o’rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi 
darajasini, jarima miqdorini, foiz me’yorini tarbiya uchun to’lov va 
boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz me’yori kumushda 20 
% va donda 33 1/3 % tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o’tish 
kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X-VIII asr m.o.) 
sudxo’rlik foiz me’yori tez-tez 100 %gacha ko’tarilib turgan. Eski 
Bobildagi uncha ko’p bo’lmagan foiz me’yori davlatning nafaqat 
mamlakat xo’jaligi hayotiga arala-shuvidan dalolat beradi, balki tovar-
pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi 
Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo’lgan. 
Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida 
ijobiy rol o’ynagan.
Qadimgi Bobilda Xammurapi (m.o. 1792-1750 y.) podsholik 
qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to’plami ancha obro’ qozongan.U 
nafaqat bir qator qadimgi huquq me’yorlarini qayta ishlab chiqqan, 
balki miloddan avvalgi XVIII asrga qadar Qadimgi Mesopotamiyada 
tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-larni ham tartibga solishga 
harakat qilgan. 
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo’yicha 282 
moddani o’z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda 
xo’jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa 
diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqaro-larining mulkini 
himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga yollash masalalari ko’rib 
chiqilgan. 
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya 
qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda 
“kuchlilar 
kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”
. Bunda asosiy e’ti-bor saroy, 
6


ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat 
xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya 
qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlarida ularning ulushi (erlari) 
sotilishi man etiladi. 
“Sipoh yoki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala, 
uy, bog’,
- deyiladi qonunda, - 
kumushga sotilishi mumkin emas”

Bundan tashqari, qonunda o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib 
olingan bobillik fuqarolar o’z vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi 
zikr etilgan.
Qonunda 
sudxo’rlar 
zo’ravonligiga qarshi qaratilgan modda-lar 
ham mavjud. Hosil kam bo’lgan paytlarda qarzlarni to’lash muddatini
bir yilga cho’zishga ruxsat berilgan (qo’shimcha foiz to’lovisiz). 
Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z holicha, qarzdor-larning 
ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular 
qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33 1/3 %) foiz 
me’yorini aniq belgilab bergan. 
Xammurapi 
kodeksida 
tutqunlarga nisbatan yomon munosabat-da 
bo’lgani uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo’l 
bilan ham) ko’zda tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga to’sqinlik 
qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch 
yil bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga erkinlik berilishi lozim 
bo’lgan). Biroq sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo’lmagan. 
Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash 
vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi 
bo’lma-gach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat 
qilishga majbur bo’lgan. 
Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga 
solishga katta e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakl-lari ko’rib 
chiqilgan bo’lib, hatto yollanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq 
qilib ko’rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq 
xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mehnatsiz daro-mad 
topishga qarshi kurashish bo’lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu 
jumladan, erga bo’lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning
xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar etkazgan-lar iqtisodiy 
jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat 
tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilish-ning turli 
shakllari ko’zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayon-larga, tovar-pul 
munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga 
7


o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar 
Osiyodagi boshqa mamlakatlarda iqtiso-diy fikrlarning rivojlanishida 
katta rol o’ynadi. 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar. 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari 
(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng 
qadimiy dinlardan biri - Zardushtiylik dini-ning muqaddas kitobi 
hisoblangan 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin