O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.)
alohida o’rin tutadi. 
Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan 
«Lun Yuy» 
(«Suhbat va mulohaza»)
to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, 
mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. 
Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqon-lar jamoasi mulki) va xususiy 
egalik (quldorlar mulki)ni farq-laydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu 
erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi. Konfutsiy
aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan 
«yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi 
qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib 
o’tadi. 
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u 
«xalqning 
otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsim-lashning
kafolati. 
Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomo-nidan jamiyat 
toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy 
yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan xurmat qoidalari to’g’risida, 
farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida
qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani 
ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda 
ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi». 
Xitoyda miloddan oldingi IV-III asrlarda Xitoylik mual-liflar 
birgalikda yozgan asar 
«Guan-tszi» 
g’oyalari keng tarqalgan. Bu 
asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsa-da, 
bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid 
alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik deb, eng avvalo, 
moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir 
tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», 
ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib 
xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi 
to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi tartiblanib 
turilsa, o’sha erda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. 
Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don 
zaxiralarini tashkil etishni, er egalariga imtiyoz-li kredit berishni, temir 
va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya’ni 
ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni 
kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guyan-tszi» mualliflari «davlatni boy, 
11


xalqni mam-nun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda er va suvlarni 
davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, 
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga molik 
iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin