O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


«Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto»  kitobining muallifi  Zardusht (m. av. 589-512 y.)



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Avesto»
ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto» 
kitobining muallifi 
Zardusht (m. av. 589-512 y.)
bo’lganligi qayd 
etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, 
faylasuf, shoir va tabiat-shunos olim bo’lgan. 
«Avesto» boshidan oxirigacha er yuzida adolat qaror topishi uchun 
kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar 
ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuv-chi jasur, halol, pok insonlarni 
shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning 
qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam 
to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini 
topgan. «Avesto»da Er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi 
okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning 
nomi ko’rsatilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, 
Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo 
hududida joylashgan. 
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana 
bordi. Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush 
tarzi o’rnini o’troq yashash egallay boshladi, sug’ori-ladigan 
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. 
Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq 
yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu 
o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan 
ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini 
ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiya-ti kattadir.
«Avesto»da: 
«… 
erga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq 
savob ish yo’q
…» deyilib, xalq xo’jaligi sohasida dehqon-chilikning 
muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. «
Olam go’zalligi 
dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’ qadabdiki, u odamiylikka 
iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir
», 
–deyiladi unda. Qo’riq va bo’z erlarni o’zlash-tirish, uni jamoa o’rtasida 
adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat 
tayyorlash, uy hayvon-larini va chorva mollarini ko’paytirishga ham 
alohida e’tibor berilgan. 
8


«Avesto»da er, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gu-noh 
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, 
atrof-muhitga aslo vaxshiyona munosabatda bo’lmas-likka chorlaydi. 
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda 
shunday deyiladi: 
«Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli 
ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi… Yomon 
ovqatlanishdan odob-ahloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l 
bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi»
. Bu erda biz 
sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish 
o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritil-ganligini 
ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdod-larimiz Qadimgi 
Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishgan-ligidan dalolat beradi. 
Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi 
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli 
ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» milod-dan avvalgi IX-VII asrlar 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayot haqida g’oyat 
muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy 
boyligidir. 
Artxashastra» ta’limoti
. Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy 
tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin