O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

3. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar 
 
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlan-tirildi. 
Ksenofont, Platon, Aristotel
asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus 
tadqiqot ob’ektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning 
zamondoshi 
Ksenofont (m.o. 430-355 y.)
asarlarida yaqqol ko’rish 
mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida 
«Daromadlar to’g’risida»
va 
«Ekonomikos»
(xo’jalik to’g’risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari 
alohida ahamiyatga ega. 
Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlati-ning 
iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya etadi: 
1)
xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ular-ning 
Afinaga kelishini rag’batlantirish; 
2)
kumush qazib olishni kengaytirish; 
3)
qullar savdosini tashkil etish. 
«Ekonomikos» asarida hamda Ksenofontning alohida mulo-
hazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma beri-ladi. 
Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng asosiy 
tarmog’i deb hisoblagan.
«Qishloq xo’jaligi rivojlansa,
deb yozadi u
– 
boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u 
holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat 
faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi». 
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo’lib mehnat 
taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining 
«Kiropediya»
asarida shunday yozadi: «Kichkina shahar-larda bitta 
ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha 
odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan 
shug’ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin 
emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning 
ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar 
etarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: 
masalan, bir usta erkak-larning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – 
xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot
tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi 
12


esa – ularning hammasini birlashtirib tikib xayot kechirish uchun xaq 
topadi. O’z-o’zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan 
shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir». 
Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya’ni uning 
foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushungan 
ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari, natural-xo’jalik 
kontseptsiyasi tarafdori va shunga ko’ra sudxo’rlikka qarshi bo’lganiga 
qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan ol-gan va unga xos 
bo’lgan muomala vositasi va jamg’arish vositasi funktsiyalarini 
ko’rsatib bergan. 
Natural-xo’jalik kontseptsiyasi grek mutafakkiri 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin