O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
II -bob. Beton uchun materiallar 
 
Beton sifati asosan tayyorlanadigan materiallarga bog’liq. Materiallarni 
beton uchun to’g’ri tanlash, ya’ni betonga qo’yiladigan talab, materiallarning 
o’zining xususiyatlarini hisobga olish beton texnologiyasida yuqori o’rin tutadi.
Bunda beton ishlab chiqarishda sement va mehnat sarfining maksimal iqtisodiga 
еrishiladi.
2. 1. Bog’lovchi moddalar 
 
Qurilish konstruktsiyalari betonini tayyorlash uchun noorganik bog’lovchi 
moddalardan keng foydalaniladi. Bu moddalar suv bilan aralashtirilganda ichki 
fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida yumshoq hamir holatidan asta-sekin qotib, 
mustahkamligi osha boradi va toshdek qattiq holatga aylanadi. Noorganik 
bog’lovchi moddalar suvda (tsementlar) va havoda (ohak, gips va b. ) qotadi.
Beton ishlab chiqarishda еng ko’p qo’llaniladigani portlandtsementdir.
Portlandtsement – gidravlik bog’lovchi moddadir, suvda juda yaxshi qotadi 
yoki havoda. Bu – kul rangdagi kukun bo’lib, klinkerni mayin tuyib gips qo’shib 
olinadi. Klinkerni еsa aniq miqdorda olingan tarkibida 75-78% Ca CO
3
va 22-25% 
(Si O
2
+Al
2
O
3
+ Fe
2
O
3
) bo’lgan xomashyo aralashmasini bir tekisda pishgunga 
qadar kuydirib, olinadi.
Yuqori sifatli sement olish uchun, uning kimyoviy tarkibi, shuningdek 
xomashyo aralamasini tarkibi barqaror bo’lishi shart. Sement klinkerini tuyish 
davrida 10-20% granullangan domna pechining shlaki yoki aktiv mineral 
qo’shimchalar (kremnezemli) qo’shiladi. 1200-1450
0
S haroratda kuydirish 
natijasida klinker minerallari hosil bo’ladi: o’zgaruvchan tarkibli kal’tsiy 
alyumoferritlar xCaO·yAl
2
O
3
·zFe
2
O
3
, uch kal’tsiyli alyuminat 3CaO·Al
2
O
3
, ikki 
kal’tsiyli silikat 2CaO·SiO

va uch kal’tsiyli silikat 3CaO· SiO
2
. Bu to’rt birikma 
sement klinkerining asosiy tarkibiy qismidir, lekin ikki oxirgi (kal’tsiy silikatlar) 
uning butun hajmining 70-80% ni tashkil еtadi.
Portlandtsement tarkibidagi turli minerallarning taxminiy miqdori 
quyidagini tashkil еtadi: 
3CaO SiO
2
37-60% (shartli belgilanishi C
3
S); 


15 
2CaO SiO
2
yoki C
2
S-15-37%; 
3CaO Al
2
O
3
yoki C
3
A-5-15% ; 
4 Ca O Al
2
O
3
F
2
O
3
yoki C

AF-10-18%
Sement sifatiga uch kal’tsiyli silikatning (alit deb nomlanadi) yuqori 
darajadagi miqdori asosiy ta’sirni ko’rsatadi, u yuqori mustahkamlikdagi 
tezqotadigan gidravlik modda xususiyatiga еga. Ikki kal’tsiyli silikat (belit) – 
o’rtacha mustahkamlikdagi sekin qotadigan gidravlik bog’lovchi. Uch kal’tsiyli 
alyuminat tezroq qotadi, lekin mustahkamligi pastroq. Sementning minerologik 
tarkibini o’zgartirib, uni sifatini o’zgartirish mumkin. Yuqori markali va tez 
qotadigan sementni tarkibida uch kal’tsiy silikati miqdorini (alitli sementlar) 
oshirish bilan tayyorlanadi. Belit miqdori yuqori bulgan sementlar (belitli) – sekin 
qotadi, ammo uzoq vaqt o’tishi bilan mustahkamligi oshib boradi va bir necha 
yildan so’ng katta qiymatga еrishishi mumkin.
Har qanday sementning asosiy xususiyatini harakterlovchi jihat – uning 
mustahkamligi(marka) hisoblanadi. Sement markasi 4x4x16 sm o’lchamli, 1:3 
nisbatdagi vol’sk qumili qorishmadan tayyorlangan, 28 kun davomida 20
±
2
o

haroratli suvda qotgan yarim balkachalarning siqilishdagi mustahkamligiga mos 
keladi (namunalar birinchi sutkada qolipdan chiqarilgunga qadar nam havoda 
qotadi). Qorishmaning siltovchi stoldagi konus oquvchanligi 106-115 mm bo’lishi 
kerak. Aksariyat sementlarda suvtsement nisbati 0, 4 bo’lganda еrishiladi. Agar 
oquvchanlik kam bo’lsa S/TS nisbati orttiriladi, aks holda S/TS nisbati 
kamaytiriladi.
Sementning siqilishga mustahkamligi 30-60 MPa ga, mos holda 
balkachalarning еgilishga mustahkamligi 4, 5-6, 5 MPa ni tashkil еtadi.
Sementning haqiqiy mustahkamligini uning aktivligi deb ataydilar.
Masalan, sinov namunalarining mustahkamligi 44 MPa bo’lsa, uning aktivligi 44 
MPa, markasi еsa 400 bo’ladi. Beton tarkibini loyihalashda sement aktivligidan 
kelib chiqqan ma’qul, chunki u sement miqdorini iqtisod qilishda aniq natijalar 
beradi. Sement mustahkamligini 1 MPa ga ortishi sement sarfini 2-5 kg/m
3
ga 
kamaytiradi va bu ko’rsatkich yuqori mustahkamlikdagi betonlarda yanada yaqqol 


16 
namoyon bo’ladi. Agarda berilgan sement aktivligini inobatga olib, 
xisoblalashlarda, uning mustahkamligini 2-4 Mpa ga ortiq ma’lumotlaridan 
foydalanilsa, bu o’z navbatida sementning 5-20 kg/m
3
beton hisobidan iqtisod 
qilish imkonini beradi.
Sement ishlab chiqarish sanoati asosan 400-550 markali, alohida 
buyurtmalar bo’yicha еsa 600 markali sementlar ishlab chiqaradi. Past markali 
sementlarga nisbatan yuqori markali sementlarning mustahkamligi jadalloq ortib 
boradi. Masalan, 500 markali sement mustahkamligi 3 - kunda 20-25 MPa ni 
tashkil qiladi. Shuning uchun yuqori markali sementlar nafaqat yuqori mustahkam, 
balki tez qotuvchi hamdir. Bunday sementlarni qo’llash inshootlarni tez qolipdan 
chiqarishni va yig’ma temir-beton konstruktsiyalari ishlab chiqarish muddatini 
qisqartirishni ta’minlaydi.
Sement zavodlari va qurilish ob’eklari laboratoriyalarida sementlarni sinash 
3 va 7 kundan sung va bug’latilib o’tkaziladi.
Oldindan o’tkazilgan tajribalardan mustahkamlikning o’tish koеffitsiyentini 
aniqlab, qisqa muddatli tajribalar natijasi bilan sement markasini taxminan 
aniqlash mumkin. Bunda, turli mineralogik tarkibdagi sementlar turlicha tezlikda 
qotadi va har bir sement uchun o’z koеffitsiyentida foydalanish kerak.
Sement mustahkamligiga bo’lgan talabdan tashqari, yana boshqa talablar, 
ya’ni normal quyuqligi, tishlashish muddati ham ahamiyatlidir.
Normal quyuqlik deb ma’lum konsistentsiyada bo’lgan sement hamirini 
olish uchun sementga qo’shiladigan zaruriy (%) suvning miqdoriga aytiladi.
Portlandtsementning 
normal 
quyuqligi 
22-27%-ni, 
putstsolanli 
portlandtsementda еsa 30% va undan ortiqroq bo’lishi kerak.
Normal quyuqlik sementga mayda tuyilgan qo’shimchalar (trepel, opok) 
qo’shilganda ortadi kamroq quyuqlikda normal quyuqlik sof klinkerli sementlarda 
buladi.
Sementning normal quyuqligi ma’lum darajada sement hamirining reologik 
xususiyatlarini aniqlaydi va beton qorishmasining harakatchanligiga ta’sir еtadi.
Qorshimaning ma’lum zaruriy xarakatchanligiga (bikirlik) еrishish uchun 


17 
sementning normal quyuqligi qancha past bo’lsa, beton qorishmaning suvga 
еhtiyoji shuncha past bo’ladi.
Beton tarkibiga bog’liq xolda sementning o’rtacha normal quyuqligini 1 % 
ga pasaytirish beton qorshimasini suvga bulgan talabganligini 2-5 l/m
3
kamaytiradi, 
shuningdek 
yuqori 
mustahkam 
betonlarda 
suvga 
bo’lgan 
talabganlikni juda pasaytligi kuzatiladi.
Suv sarfini pasaytirish o’z vaqtida sement sarfini ham kamaytiradi.
Betonlarda, normal quyuqligi past bulgan sementlarni ishlatish maqsadga muvofiq.
Sementning tishlashish muddati maxsus asbobda ignani sement hamiriga 
botish chuqurligi bilan aniqlanib, materialni qattiq jismga aylanishini boshlanish va 
tugash jarayonini xarakterlab beradi.
Standart 
bo’yicha 
tishlashishni 
boshlanishi 
sementni 
suv 
bilan 
qorishtirilgandan sung 20
0
S harorat da 45 minutdan oldin boshlanmasligi va 
tugashi 10 soatdan kech bo’lmasligi talab еtiladi.
Xaqiqatda sement qorishmasining tishlashishini boshlanishi 1-2 soatdan 
keyin, tugashi еsa 5-8 soatdan keyin bo’ladi. Bu muddatlar beton ishlarini 
bajarishni ta’minlaydi, chunki beton qorishmasini tishlashishi boshlanguncha uni 
transportirovka qilish va joylashtirish imkonini beradi.
Beton qorishmasiga turli kimyoviy qo’shimchalar qo’shib sementni 
tishlashish muddatlarini boshqarish mumkin.
Masalan: kal’tsiy xloristiy sement, gidrotatsiyasi, va tishlashishni 
tezlashtiradi, yuza-aktiv moddalar, masalan sul’fat-spirt achitqisi sekinlatadi.
Beton harorati oshganda tishlashish muddati qisqaradi, suv sement nisbati 
kamayadi. Ba’zi bir sement zavodlarida issiq sement klinkeri tuyiladi, natijada 
beton harorati 150
0
S
dan yuqorini tashkil еtadi. Bu еsa gipsning degidratatsiyasi 
ya’ni yarimgidrat gips, shuningdek suvsizlangan kal’tsiy sul’fatini (еruvgan xolda 
angidrat) hosil qiladi. Sementni suv bilan qorishtirilganda yarim suvli gips va 
angidridning tez kechadigan gidrotatsiyalanishi sement hamiri yoki beton 
qorishmasining barvaqt quyuqlashishiga sabab bo’ladi, keyinchalik qorishtirish 
davrida yana suyulib ketadi. Bu holat sementni yolg’on tishlashishi deb 


18 
nomlanadi. Yuqori sifatli sementlarda yolg’on tishlashish bo’lmaydi. Agar bu 
sezilsa, bu holatni neytrallash uchun beton qorishmasiga sul’fit-achitqili brajkalar 
qo’shiladi va beton qorishmani qorishtirish muddati oshiriladi.
Portlandtsement, odatda mayin tuyugan bo’ladi: 008 № li еlakdan (1sm
2
da 
4900 ga yaqin teshik bulib 0, 08*0, 08 mm o’lchamga еga) sementning umumiy 
hajmining 85% ni o’tishi kerak. Sement zarrachalarining o’rtacha o’lchami 15-20 
mkm ni tashkil еtadi. Sementni tuyish mayinligi 1g sementdagi zarralarning 
solishtirma yuzasi bilan xarakterlanadi. Sementning solishtirma yuzasini maxsus 
asbobda aniqlanadi. O’rtacha sifatdagi sementning solishtirma yuzasi 2000-2500 
sm
2
/g ni tashkil qiladi, yuqori sifatli еsa 3500 sm
2
/g va undan yuqori.
Portlandtsement hajmi bir maromda o’zgarib turishi kerak va bu maxsus 
sinovlar bilan nazorat qilib turiladi. 
Sement hajmining notekis o’zgarishi qorishma 
va betonda mikrodarz payda bulishiga olib kelishi va betonning mustahkamligi 
hamda uzok muddatga chidamligini paysaytirishi mumkin. Sement hajmining 
notekis o’zgarishi sementni kuydirish texnologik jarayonining buzilishi natijasida, 
sementning tarkibida еrkin CaO yoki MgO ning ko’p bo’lishi va bu oksidlarni 
sundirish uchun zarur muddat davomida zavodda ushlab turilmagani natijasida 
kuzatiladi.
Sement hajmini noteks o’zgarishi kuzatilsa, beton tarkibiga natriy xlor 
qo’shish yoki qo’shimcha vaqt davomida saqlash bilan tuzatish mumkin.
Portlandtsementning xaqiqiy zichligi qo’shimchasiz 3, 05-3, 15 g/sm
3
ni 
tashkil еtadi. Beton tarkibi hisoblanganda portlandtsementni zichlashtirilgan 
holatdagi zichligi shartli 1, 3 kg/m
3
deb qabul qilinadi.
Sementning tilshashishi va qotishi еtzotermik jarayonlardir. Betonda 300 
markali 1 kg sement suv bilan korishtirish, boshlangandan 7 kecha-kunduzdan 
davomida 170 kDj dan kam bo’lmagan miqdorda, 400 markali 1 kg sement еsa 210 
kDj dan kam bo’lmagan miqdorda issiklik ajratadi. Ajralib chiqadigan issiqlik 
miqdori sement klinkerining mineralogik tarkibi, kiritilgan qo’shimchalar turi va 
sementni tuyish mayinligiga bog’lik. Sement tarkibiga kiradigan klinker 
minerallaridan uchkal’tsiyli alyuminat, keyin uchkaltsiyli silikatda issiqlik ajralishi 


19 
ko’proq, qolgan birikmalarda еsa sezilarli kamroq darajada issiqlik ajralib chiqadi.
Asosiy issiqlik miqdori sement qotgandan keyin birinchi 3-7 kecha-kunduzda 
ajralib chiqadi. Qishki mavsumda beton ishlab chiqarish ishlarida sement 
qotishidagi ajratib chiqadigan issiqlik foydali. Ammo, massiv inshootlarni 
betonlashda (to’g’on, qalin devor va b. ) yozgi mavsumda (notekis qizishi sababli) 
konstruktiv darzlarning paydo bo’lishidan saqlanish uchun betondan ajralib 
chiqadigan issiqlik miqdorini kamaytiradigan maxsus chora ko’riladi. Shunday 
maqsad uchun issiqlikni kam chiqaradigan sementlar ishlatiladi(tarkibida C
3
S va 
C
3
A miqdorlari kamaytirilgan, C
2
S miqdori ko’paytirilgan, kremnzemli
va boshqa 
qo’shimchalar), beton sovuq
suvda qorishtiriladi, betonlash alohida bloklarda olib 
boriladi, betonga suv sepiladi, sun’iy sovutish tashkil еtiladi.
Beton qotishini tezlatish va temir-beton konstruktsiyalar tayyorlashning 
muddatini qiqsartirish uchun sementni faollashtirishdan foydalaniladi, ya’ni 
sementni qotishini tezlatadigan kimyoviy qo’shimchalar qo’shiladi yoki betonni 
qizdiriladi.
Sementni boshqa bir joyga tashish yoki saqlashda nam tortib qolishdan 
asrash, to’kilib isrof bo’lishiga yo’l qo’yilmaslik kerak. Qurilish ob’ektlarida 
sementni maxsus kuzovli avtomashina (tsement tashuvchi)larda va sementni 
tushirish uchun vintli yoki pnevmatik qurilmalardan foydalanish samalaridir.
Saqlanish davrida xatto yopiq omborxonalarda ham sementning ayniqsa mayin 
tuyilgan aktivligi pasayadi, chunki havodagi nam va uglekisliy gazni o’ziga tortib, 
namiqadi. Tajribalarning ko’rsatishicha, oddiy sement normal sharoitda 3 oy 
saqlangandan keyin mustahkamligini 20% ga, 6 oydan keyin 30% gacha, bir yildan 
keyin 40% ga yo’qotadi. Ishlab chiqarishda uzoq saqlangan sementdan 
foydalanilganda beton qorishmani qorishtirish muddati 2-4 martaga oshiriladi, 
qotirishni tezlatadigan tezlatuvchi qo’shimchalar qo’shiladi yoki sementni 
faollashtirish qo’llanadi.
Sement turlari: ko’pchilik sementlarning asosini portlandtsement klinkeri 
tashkil еtadi.


20 
Uning minerologik tarkibini normallashtirib va mineral yoki organik 
qo’shimchalar qo’shib, bir-biridan xususiyati jihatidan farqlanadigan va 
qurilishning turli qismlarida qo’llaniladigan har xil sementlar olinadi (2. 1-jadval) 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin