O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
polimertsement
 
deb 


11 
ataladi. Polimer sifatida suvda еriydigan smola va latekslardan foydalaniladi.
Noorganik bog’lovchilardan tayyorlangan betonlar xususiyatini g’ovaklar va 
kapillyarda qotuvchi monomerlarni shimdirish bilan yaxshilash mumkin. Bu 
tarkibdagi betonlar 
betonpolimer
 
deb ataladi.
Maxsus betonlar alohida bog’lovchi moddalarni qo’llash bilan tayyorlanadi.
Masalan: ishqor ta’siriga va issiqqa chidamli betonlar uchun kremneftor natriyli 
suyuq shisha, fosfat bog’lovchi qo’llaniladi. Ba’zi bir betonlar uchun betonga 
maxsus xususiyat beradigan maxsus bog’lovchi moddadan foydalaniladi. Sanoat 
chiqindilaridan olinadigan betonlar atrof-muhitni muxofazalash va sement 
iqtisodida alohida ahamiyatga еgadir. Maxsus bog’lovchi sifatida ularda shisha 
ishqorli, nefelinli shlaklar va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
Yig’ma 
temir-beton 
zavodlarida 
tayyorlangan 
betonlar 
turli 
xil 
konstruktsiyalar uchun qo’llaniladi. Bevosita konstruktsiyani qurilayotgan 
joyining o’zida tayyorlanadigan beton – 
monolit beton
 
deb ataladi (gidrotexnik, 
yo’l qurilish va boshqa turdagi qurilishlarda).
Betonlar qo’llanishiga ko’ra farqlanadi: temir-beton konstruktsiyalari uchun 
oddiy beton (fundament, kolonna, balka, devor, ko’prik va boshqa turdagi 
konstruktsiyalar); gidrotexnik betonlar suv omborlari, to’g’on, shlyuz, kanal 
sirtlarini qoplash, suv quvirlari vodoprovod–kanalizatsiya inshootlari va boshqalar; 
to’suvchi konstruktsiyalar (bino devorlari uchun engil beton); pol, piyodalar 
yo’lkasi, avto yo’l, aеrodromda uchish polosalari uchun mo’ljallangan betonlar
maxsus maqsadda qo’llaniladigan beton (o’tga, kislotaga chidamli, radiatsiyadan 
himoya) va boshqalar.
Belgilangan maqsadiga qarab betonlar qo’yiladigan talablarga javob berishi 
kerak. Oddiy temir-beton konstruktsiyalar uchun mo’ljallangan betonlar 
siqilganda kerakli mustahkamlikka еga bo’lishi kerak. Ochiq havodagi 
konstruktsiyalar uchun еsa, mustahkamlikdan tashqari sovuqqa chidamli ham 
bo’lishi kerak. Gidrotexnik inshootlar uchun qo’llaniladigan betonlar yuqori 
zichlikka, suv o’tkazmaydigan, sovuqqa chidamli, etarli darajada mustahkam, kam 
kirishadigan, fil’trlanadigan suvning ishqorli ta’siriga chidamli bo’lishi kerak.


12 
Isitiladigan binolarni devori uchun ishlatiladigan beton mustahkamlik bilan birga 
issiq o’tkazmaslik, pol uchun ishlatiladigan betonlar edirilmaydigan va еgilishda 
etarli mustahkamlikka еga bo’lishi, yo’l va aеrodromga yotqiziladigan betonlar bu 
xususiyatlardan tashqari sovuqqa chidamli ham bo’lishi kerak.
Maxsus mo’ljallangan betonlarga еsa talab qilingan xizmatdagi vazifasini 
bajarish sharti qo’yiladi. Beton va beton qorishmalariga qo’yiladigan talablar 
quyidagicha: beton qotgunga qadar oson quyiladigan, transportga qulay 
ortiladigan, oson qortadigan, qolipga bir tekisda joylashadigan, qatlamlarga ajralib 
qolmaydigan, qolipdan ko’chirilishi va konstruktsiya yoki inshootda ishlatilishi 
oson bo’lishi uchun ma’lum darajada qotish tezligi kerakli muddatda bo’lishi, 
sement sarfi va beton narxi iloji boricha kamaytirilishi va boshqalar.
Qo’yilgan talablarning barchasiga javob beradigan betonni olish uchun 
beton tarkibini to’g’ri loyihalash, beton qorishmasini yoyish va zichlashtirishda 
tegishli tayyorlov ishlarini to’g’ri olib borish va uning boshlang’ich qotish davrida 
to’g’ri tutib turish zarur bo’ladi.
Agar konstruktsiya turi va xususiyatiga bog’liq holda beton turi va 
xususiyati talab еtilsa, beton qorishmaga bo’ladigan talab tayyorlanadigan 
konstruktsiya sharoitiga, texnologik xususiyatiga (armaturalashning zichligi, qolip 
shaklining murakkabligi) va qo’llanadigan jihozlarga qarab aniqlanadi.
Beton va temir-beton va konstruktsiyalar tayyorlashning o’ziga xos 
xususiyati shundaki, olinadigan materialning sifatini oldindan bilib bo’lmaydi.
Betonga qo’yilgan talablar asosidagi zaruriy xususiyatlarini konstruktsiyani qurish 
jarayonida namoyon qiladi. Bunda, materialni to’g’ri tanlash, qabul qilingan 
texnologiya bo’yicha konstruktsiyaning tayyorlanishi uchun beton tarkibi 
loyihasini to’g’ri tashkil еtish, texnologik tartibga rioya qilish, jarayonlar bo’yicha 
ishlab chiqarishni nazorat qilish katta ahamiyatga еga.
Betonlar sun’iy tosh konglomerat (ko’p jinsli tabiiy tosh) turqumiga kiradi.
Bu turqum kompozitsion materiallar turiga mansub bo’lganligi sababli turli 
betonlar uchun tegishli bo’lgan xususiy qonuniyatlar bilan bir qatorda umumiy 
qonuniyatlarga ham bo’ysunadi. Beton soxasida olib borilayotgan zamonaviy 


13 
texnologik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar betonning tarkibi va tuzilishini uning 
xususiyatlari bilan o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu bog’liqliklar betonning 
fizikaviy-kimyoviy tabiatini, aksariyat ko’proq tajribaviy usulda olingan tabiatini 
hisobga oladi. Ular albatta ishlab chiqarish sharoitida sinab ko’riladi va zarurat 
bo’lganda aniq hisob ishlari yuritiladi. Beton murakkab material, ma’lum vaqt 
o’tishi va еkspluatatsiya jarayonida uning xususiyati sezilarli darajada o’zgarishi 
mumkin. Faqat bu materialning xususiyatlari va tuzilishi qoliplashini 
boshqaruvchi qonuniyatlar tabiatini chuqur o’rganish uni turli maqsadlardagi 
qurilish konstruktsiyalaridan samarali hamda unumli foydalanishni ta’minlashi 
mumkin.


14 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin