O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
 I-bo’lim 
 Beton texnologiyasi 
 I-bob. Beton klassifikatsiyasi va beton to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar 
 1. 1. Asosiy tushunchalar 
 
Beton deb bog’lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to’ldiruvchilarning 
ma’lum proportsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, 
zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi.
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog’lovchi moddalardan 
tayyorlangan betondan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv bilan 
qorishtiriladi. Betonning faol tashkil еtuvchilari sement va suvdir, ularning 
reaktsiyaga kirishishi natijasida to’ldiruvchi zarralarini biriktiradigan yaxlit quyma 
sement toshi hosil bo’ladi. Sement va suv betonning faol tarkibiy moddalari 
hisoblanadi: ular orasidagi reaktsiyalar natijasida to’ldiruvchi zarralarini yaxlit 
monolitga bog’lovchi sement toshi paydo bo’ladi.
Sement va to’ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi 
(avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning 
uchun to’ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati 
va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish 
taqazo еtiladi.
To’ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog’ jinslari va ishlab chiqarish 
chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon 
to’ldiruvchilardan 
foydalanish 
betonning narxini 
arzonlashtiradi, 
chunki 
to’ldiruvchi va suv betonning 85-90% ni, sement еsa 10-15% hajmini tashkil еtadi.
Keyingi yillarda qurilishda g’ovak sun’iy to’ldiruvchilardan tayyorlangan engil 
beton keng ko’lamda qo’llanilmoqda. G’ovakli to’ldiruvchilar beton zichligini 
pasaytiradi, bu еsa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning 
tarkibiga kimyoviy qo’shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi 
tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va qulay quyiluvchanligi 
oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa 



chidamliligini ko’tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo’nalishda 
o’zgartiriladi.
Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, 
jumladan mustahkamlik, zichlik, issiqlik o’tkazuvchanlik va boshqa shu kabi 
xossalarni berish mumkin.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin